M. S. Maxmudova Logopediya (Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar)


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/70
Sana21.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1217689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
Bog'liq
logopediya

Logopediyaning asosiy vazifalari: nutq buzilishining turli shakllarida nutq 
faoliyati ontogenezini oʻrganish; nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, kelib 
chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi, alomatlari va darajalarini aniqlash
nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning oʻz-oʻzidan va biror maqsadga qaratilgan 
rivojlanish dinamikasini, shuningdek, nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida 
yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, tur
li koʻrinishdagi faoliyatlarini namoyon 
qilishga, oʻzlarini tutishlariga taʼsirini aniqlash; rivojlanishda turli xil farqlar 
boʻlgan bolalarda (eshitish, koʻrish, fikrlash qobiliyati hamda tayanch-harakat 
apparatining buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va buzilishlari 
xususiyatlarini oʻrganish; nutq buzilishlarining pedagogik diagnostikasi 
metodlarini ishlab chiqish; nutq buzilishlarini tartibga solish; nutq buzilishini 
bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metod va vositalarini ishlab 
chiqish; nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish; logopedik 
yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. Logopediyaning yuqorida 
koʻrsatilgan vazifalarida uning nazariy va amaliy yoʻnalishlari belgilab berilgan. 
Logopediya nazariy 
yoʻnalishi nutqdagi buzilishlarni oʻrganish, uning 
sabablarini aniqlash, oldini olish va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini 
ishlab chiqish, amaliy yoʻnalishi esa ana shu metodlarni tezroq tatbiq etib, mazkur 
nuqsonlar va ularni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf etishdan iborat. 
Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan chambarchas 
bogʻliqdir. 
Logopediyaning yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham 
amaliy yo‘nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni – nutq 
buzilishlarini o‘rganish, hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning 
ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni – nutq 
buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. 
Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas 
bog‘langandir. 


13 
Logopediya fan sifatida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. U 
tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, bolaning nutqi, tafakkuri va butun ruhiy 
faoliyatning chambarchas bog‘liqligi bilan belgilanadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling