14
1.2. Logopediya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Logopediyaning
metodologik asoslari.
Reja:
1.
Logopediya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
2.
Tizim ichida va tizimlararo aloqalar
3.
Logopediyaning metodologik asoslari
Logopediya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Logopediya umumiy
anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq
jarayonining bosh miyada tashkil etilishi haqidagi, nutq faoliyatida ishtirok
etadigan analizatorlarni qurilishi hamda harakatga kelishi haqidagi, nutq
faoliyatida ishtirok etadigan analizatorlarni qurilishi hamda harakatga kelishi
haqidagi bilimlardan foydalanadi.
Logopediya-
otolaringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya,
oligofreniya klinikasi, pediatriya bilan uzviy bog’langan. Jumladan, nutq va
eshitish a’zolarining patologiyasi nafaqat buzilishlari etiologiyasini aniqlashga
balki tibbiy ta’sir ko’rsatish bilan bo’ladigan logopedik ishlarni to’g’ri qo’shib
olib boorish uchun imkon beradi.
Logopediya-tilshunoslik va psixolingvistika fanlari bilan uzviy bog’langan.
Nutq tillar birligining turli darajasi va ular amal qilish qoidalaridan
foydalanishni
ham nazarda tutadi. Logopediya umumiy, maxsus psixologiya va
psixodiagnostika bilan chambarchas bog’langandir. Logoped
uchun bolaning
ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini bilish, turli yoshdagi bolalar psixologik-
pedagogik hususiyatlarini aniqlash metodlarini bilish zarurdir. Tizimlar ichidagi
va tizimlararo aloqalar bor. Tizimlar ichidagi aloqalar pedagogika va maxsus
pedagogikaning turli soxalari:
surdopedagogika, tiflopedagogika,
oligofrenopedagogika, umumiy va maxsus psixologiya bilan bo’ladigan aloqalar
kiradi. Tizimlararo aloqalarga esa tibbiy-biologik va tilshunoslik fanlari
o’rtasidagi aloqalar kiradi.