M. S. Muxitdinova chdpu "Musiqa ta`limi kafedrasi"o`qituvchisi
Download 1.28 Mb.
|
P.Chaykovskiy bolalar uchun pyesalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamer-cholg‘u asarlari.
Baletlar.
Chaykovskiy dahosiga musiqaning nozik tovlanishlarini chuqur his eta olish xos bo‘lib, u yaratgan opera, simfoniya va romanslarda raqs ritmlari muhim ahamiyat kasb etadi. Chaykovskiy baletlari rus klassik baleti tarixini ochib beradi. Unga qadar balet janrida musiqa yordamchi ahamiyatga ega edi. Uning baletlarida esa musiqa bilan raqs aynan yaxlitlikda asar mazmunining ifodasini ochishga xizmat qiladi. Chaykovskiy yaratgan baletlar - asl dramatik asarlardir. Har bir raqs faqat musiqa bilan, ular orasidagi orkestr epizodlari esa bir-biri bilan mexanik tarzdagina emas, balki mazmun mohiyatiga ko‘ra ham bog‘langan. Chaykovskiy baletda mavjud bo‘lgan an’analarni buzmagan holda, musiqaning mohiyatini tubdan o‘zgartiradi. Kompozitor balet janriga yangilik kiritadi, ya’ni baletga dasturli simfonik asar sifatida yondoshadi. U an’anaga aylangan «mumtoz baletning divertisment turini uzluksiz simfonik rivojlanish bilan boyitib» qayta shakllantirdi, ya’ni baletni simfoniyalashtirish bobida islohot o‘tkazdi. «Axir, balet - simfoniyaning o‘zi-ku»,- deb yozgan edi kompozitor. To‘g‘ridan-to‘g‘ri musiqiy rivojlanish, yorqin individual xarakter, leytmotivga egalik, yaxlitlik kabi opera hamda simfoniyaga xos bo‘lgan dramatik tamoyillar baletga ham olib kirildi. Chaykovskiyning fikricha, operaning mazmunini haqiqiylik va haqqoniylik tashkil etadigan bo‘lsa, balet mazmuni ertak va sehrli uydirmalardan iborat bo‘lishi zarur edi. P.I.Chaykovskiy «Oqqush ko‘li», «Uyqudagi go‘zal», «Qarsildoq» baletlarini yaratgan. Ularning barchasida ertakka xos syujetlar mavjud. «Oqqush ko‘li» nomli birinchi balet teatr arbobi Begichev hamda xoreograf Gelser tomonidan 1877-yilda sahnalashtiriladi. Monumental xoreografik simfoniyaning namunasi bo‘lgan «Uyqudagi go‘zal» nomli ikkinchi balet SH.Perro ertagi asosida 1889 yilda, «Qarsildoq» nomli uchinchi balet 1892-yilda Gofman ertagi asosida yozilgan. Barcha baletlarni yovuzlik ustidan ezgulikning muqarrar g‘alaba qozonishi haqidagi yagona g‘oya birlashtirib turadi. Kamer-cholg‘u asarlari. Kamer-cholg‘u va vokal musiqasining barcha janrlarida dramatik holat milliy kuy tili, rus xalq qo‘shiqchiligi va maishiy romanslarning mushtarakligi, raqs unsurlaridan foydalanish, go‘zal ona-tabiatga muhabbat, insonning ichki ruhiy olamini tasvirlash kabi umumiy chizgilarni ko‘rishimiz mumkin. P.I.Chaykovskiy kamer-cholg‘uchilik sohasida o‘zining 3 kvartetini yaratgan. N.G.Rubinshteynning vafoti munosabati bilan kompozitor yaratgan trio diqqatga sazovor bo‘lgan kamer asari hisoblanadi. Chaykovskiy fortepiano uchun juda ko‘p sonli asarlar yozgan. Bular qatoriga uchta konsert, fantaziya, sonata va fortepiano uchun yozilgan 100ta asarlari kiradi. Chaykovskiy bu asarlarida o‘zining lirik tuyg‘ularini ifodalaydi, go‘zal tabiat manzaralari va xalq maishiy sahnalariga xos bo‘lgan chizgilarni ta’sirchan tarzda tasvirlab beradi. Uning «Bolalar albomi», «Yil fasllari» pesalar turkumi, «Nata-vals», «Sentimental vals», «Romans» kabi pesalari eng mashhur musiqiy asarlari qatoriga kiradi. Chuqur mazmun va yorqin tasvirga ega «Uch tulporda» nomli pesasi ham juda ajoyib asar. Nekrasovning «Uch tulpor» sheorining misrasi unga epigraf qilib olingan. Piesada keng kuylanuvchan, xalqona tuzilishga ega mavzu va o‘tkir ritm bilan qo‘ng‘iroqchalarini jiringlatib uchib kelayotgan uchta uchqur tulpor obrazi tasvirlangan. S.Raxmaninov bu pesani ijro etganimda, ko‘z o‘ngimizda quyidagi manzaralar namoyon bo‘ladi: «go‘yo uzoqdan aravakash qo‘shig‘i eshitiladi, qo‘shiq tobora yaqinroq yangraydi, birdan qo‘ng‘iroqchalarini quvnoq jaranglatib uchib kelayotgan uch tulpor namoyon bo‘ladi. Sekin-asta qo‘ng‘iroqlar jarangi pasayib boradi va biz uzoqlashib borayotgan uch tulporni go‘yo ko‘rayotgandek hamda uzoqda tinib borayotgan qo‘ng‘iroqchalar jarangini ham eshitayotgandek bo‘lamiz», - deb yozgan edi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling