M. S. Nishonov Namdu "Pedagogika nazariyasi va tarixi" kafedrasi dotsenti, p f. n


Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy xizmat


Download 59.42 Kb.
bet4/17
Sana17.01.2023
Hajmi59.42 Kb.
#1097873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
5520100-Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan ishlash)

Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy xizmat

Ijtimoiy siyosat fani ijtimoiy fanlardan farqli o'laroq, aholining turmush tarzini yaxshilashga, farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar tizimini o'rganadi. 'ijtimoiy siyosat" atamasi faqat ilmiy tadqiqotlarni olib borish maqsadida qoilanilibgina qolmasdan, davlatning ijtimoiy dasturlari majmuasini ham o‘zida ifodalaydi. Ijtimoiy siyosat - aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qarorlarni ilmiy asoslarini o‘rganishga qaratilgan fandir.
Ijtimoiy siyosat iborasining xilma-xil talqinlari mavjud. Ba’zi bir manbalarda ijtimoiy siyosat bu - aholining turli guruhlarining manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat siyosati hisoblanadi. Ijtimoiy siyosat bu aholini ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan xilma-xil subyektlar faoliyatidir. Ijtimoiy siyosat deganda muayyan davlat hokimiyatining ijtimoiy soha bo'yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini amalga oshirish bilan bog’liq siyosati tushuniladi. XXI asrda Mustaqil Oczbekiston o‘z rivojlanishining yangi va muhim pallasiga kirdi. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyatga qaramasdan, bugungi kunda 0‘zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kechayotgan jadal rivojlanishni ko‘rishimiz mumkin. Bu xususda so’z yuritganda ayniqsa, so‘nggi yillarda ijtimoiy siyosatga doir masalalarning markaziy o'rin tutishini alohida e’tirof etish joiz. Bu o‘rinda “2017-2021 yillarga mo'ljallangan 0‘zbekistonni yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasini yaqqol misol qilishimiz mumkin.
Shuni aytishjoizki,strategiyaning to‘rtinchi ustuvoryo‘naiishi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo* lib, unda sog’liqni saqlash, aholini uy-joy bilan ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoya qiiish, davlatning yoshlarga doir siyosatini takomillashtirish kabi ijtimoiy siyosatning muhim sohalarini isloh qiiish mexanizmlari kengyoritilgan.
Mazkur sohalami isloh etishda ijtimoiy ish sohasi mutaxassislarining xizmati beqiyosdir. Binobarin, ijtimoiy ishning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘zlashtirgan soha mutaxassislari aholining ehtiyojmand qatlamiga samarali yordam ko‘rsatish kabi xayrli ishni amalga ohirishga bel bog’iaganlar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy siyosat jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi jarayonlar bilan bevosita bog‘liq.
Joriy yilning ikkinchi choragidan boshlab butunjahon miqyosida bashariyat boshiga tushgan Pandemiya ofati tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy tanglik kabi murakkab vaziyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni innovatsion usullar orqali tahlil qilishni va boMayotgan jarayonlarga ilmiy asoslangan bashorat qilishni taqozo etmoqda.
Inson hayoti uchun g’oyat tahlikali bo‘lgan shunday bir davrda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni chuqur va tizimli tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo'lgan mutaxassislar islohotlar jarayonida davlat va jamiyat tomonidan qo'yilgan vazifalarni samarali bajarish imkonini beradi.
Ijtimoiy siyosat fanining nazariy va amaiiy jihatlarini chuqur o‘zlashtirgan mutaxassislar bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish, bu borada mavjud bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar monitoringini olib borish, rivojlangan davlatlar tomonidan qo'llangan tajribalaridan kelib chiqqan holda, yangi huquqiy normalarni taklif qilish imkoriiyatiga egadirlar.


  1. Download 59.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling