M. S. Tulayev


 Investorlar, kreditorlar va qarz beruvchilarni jalb qilish uchun


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/75
Sana04.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1425873
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
Bog'liq
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш

 
3. Investorlar, kreditorlar va qarz beruvchilarni jalb qilish uchun 
ijobiy auditorlik xulosasining o‘rni 
Auditorlik xulosasi yozma ko‘rinishda tayyorlanishi kerak. Auditorlik 
xulosasiga unga nisbatan fikr bildirilgan, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan sanasi ko‘rsatilgan va 
imzolangan moliyaviy hisobotning nusxasi ilova qilinadi. 
Auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti va auditorlik tekshiruvining 
buyurtmachisi o‘rtasidagi kelishuviga muvofiq belgilangan miqdordagi nusxada 
tayyorlanadi, bunda auditorlik tashkiloti va auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi 


69 
moliyaviy hisobot nusxasi ilova qilingan auditorlik xulosasidan kamida bir 
nusxadan olishlari kerak. 
Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobot bilan birgalikda xo‘jalik 
yurituvchi subyekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin. 
Auditorlik tashkiloti auditorlik hisobotlari va auditorlik xulosalarining 
nusxalarini, shu jumladan ushbu hujjatlarning elektron versiyalarini, kamida besh 
yil muddatda ishonchli saqlanishini ta’minlashi shart. 
Auditorlik tashkilotidan auditorlik hisobotlari va auditorlik xulosalarini 
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda 
faqat bunga vakolat berilgan organlar tomonidan olib qo‘yilishi mumkin. 
Auditorlik tashkiloti auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish uchun javobgar hisoblanadi. 
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi 
mumkin emas. Ushub axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik 
uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 
 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Majburiy va tashabbus shaklidagi auditning farqini aytib bering 
2. Ijobiy va salbiy auditorlik xulosasi turlarini sanab bering 
3. Investorlar, kreditorlar va qarz beruvchilarni jalb qilish uchun ijobiy 
auditorlik xulosasining o‘rni va ahamiyatini sanab bering 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling