M. S. Tulayev
-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
IqtTahlilAudit Kaf 03 Мутахассисликка кириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari
6-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir: auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish; auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash; auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshirayotgan moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish; auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish; uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektdan olish; ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan bosh tortish; auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish; 121 auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo‘jalik yurituvchi subyektga professional xizmatlar ko‘rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno; auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lib kirish. Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 7-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug‘ullanishi mumkin hamda u: auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi; auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi; xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarining talablari to‘g‘risidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi; auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya etishi; auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarining hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi; auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlanishini ta’minlashi; auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini ta’minlashi; auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra axborot taqdim etishi 122 xo‘jalik yurituvchi subyektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur xollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishi; auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini ta’minlashi shart. Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling