M. T. Alieva Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro turizm” fakulteti


Download 24.65 Kb.
bet1/2
Sana21.11.2023
Hajmi24.65 Kb.
#1791304
  1   2
Bog'liq
Toxirjon maqola edited (2)


TURIZM SOHASIDA TA’LIMNING AHAMIYATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI*


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Turizm va servis” kafedrasi
professori,i.f.d., M.T. Alieva
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro turizm” fakulteti
3-kurs talabasi Abdug’aniyev Toxirjon


Anotatsiya: Ushbu maqola ta’lim tizimi va turizmni birlashtirib talabalarning hayotida turizmga bo’lgan qarashlarini o’zgartirish va yangicha g’oyalarni talqin qilgan holda turizmni rivojiga katta hissa qo’shadi degan umiddaman. Misol uchun maktab bitiruvchilarining orasida turizmga oid kitoblarni yoki joylarni bilmasligini ko’rib turibmiz. Men o’zimning go’yalarimni talqin etar ekanman turizmni bitiruvchi sinflarga fan sifatida o’tilishini istardim. Hozirgi globallashuv jarayonida turizmni rivojlantirishni yana bir yo’li bu- ijtimoiy tarmoqlarda dam olish yoki qadimiy qadamjolarni reklama qilib turistlarni jalb qilish osonroq boladi.
Kalit so’zlar: ta’lim, turizm, turistik firma.
Kirish
O’zbekiston sharoitida turizmni rivojlantirishning bir qancha rejalar ishlab chiqildi. Men bir narsaga amin bo’ldimki ta’lim tizimi bilan turizmni birgalikda olib boorish bu turizmni rivojiga katta foyda keltiradi deb o’ylayman. Eng avvalo o’quvchi yoshlarning jamyatdagi o’z o’rnini egallash uchun ham ta’lim tarbiya alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga, tarbiya yosh avlodning jamiyat hayotiga kirib kelishini va madaniyatni o’rgatish aniq tarixiy jarayonning faol subyektlari sifatida shakllanishini ta'minlaydigan avlodlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir mexanizmidir.
Turizm va ta’lim birlashib yosh avlodni tarbiyalash malakali kadr bo’lib tarbiyalash zarur bo’lib qolmoqda. Yoshlarni tarbiyalashga munosabatni tubdan qayta ko'rib chiqish, yangi yondashuvlarni izlash, mazmun va vositalarni ishlab chiqish, tarbiyalash amaliyotida samarali, ammo hanuzgacha to’la qonli foydalanilmayotganligini, atrofdagi tarixiy, madaniy, meroslarni o’rganilmayotganligi ijtimoiy-pedagogik va tabiiy muhit imkoniyatlarini aniqlash zarur bo'ldi. Bugungi kunda ta'lim metodikasi va nazariyasini ishlab chiqish, qanday shaxsni tarbiyalash kerakligi va qanday fazilatlarni shakllantirish kerakligini va bu sharoitda turizm nima qilishi mumkinligini tushunishga imkon beradigan kontseptual yo'naltirilgan istiqbollarni aniqlashga yangi yondashuvlar talab qilinmoqda. Ta'lim tizimida islohotlar boshlanganidan beri (shuningdek, butun mamlakatni isloh qilish) ko'plab tarbiya g'oyalari tanqid qilindi va qayta baholandi. Turizmdagi ta'lim faoliyati deganda biz ta'lim maqsadini - shaxsni o'z turistik faoliyatining sub'ekti sifatida shakllantirishni amalga oshirishga qaratilgan kasbiy faoliyatni tushunamiz. Shuni takidlash kerakki; bugungi kunda turizm sohasidagi mavjud imkoniyatlar bilan uning ta'lim fenomeni sifatida salohiyati yetarlicha o'rganilmagan va natijada to'liq amalga oshirilmagan.
Asosiy muammolar shundan iboratki, 
Birinchidan, turizm sohasida ta'lim faoliyatini modellashtirish uchun nazariy asosi mavjud emas;
Ikkinchidan, turizmda samarali ta'lim texnologiyalari to’liq ishlab chiqilmagan,
Uchinchidan, turistik turlarni tashkil qilish ta'lim yo'nalishlari mavjud emas,
To'rtinchidan, turizmning shaxsga ta'sirining psixologik-pedagogik mexanizmlari, uning turli ko'rinishlarida ko'p qirrali hodisa sifatida, ko'rib chiqilmagan.
Yana shuni takidlab o’tish kerakki, turizm sohasidagi ta'lim vazifalarini amalga oshirish zaruriyati bilan turizm mutaxassislarining ularni hal qilishga tayyor emasligi.
Shuning uchun hozirgi kunda, dunyo mamlakatlarida xalqaro turizmning rivojlanishida turistik korxonalarning ijtimiy-iqtisodiy ahamiyatini oshirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Dunyodagi to‘rtta ustuvor sohalardan biriga aylangan turizm sohasiga ham imkon qadar aholining keng qatlamini faol hissa qo‘shishlarini, ya’ni ularni turli xil turistik xizmatlarni tashkil qilishda keng miqyosda ishtirok etishlarini va buning natijasida mamlakatlarning ham ijtimoiy ham iqtisodiy jihatdan manfaatdorliklarini oshirishlarini ta’minlashda xususiy turistik korxona va tashkilotlarning o‘rni nihoyatda kattadir.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda hozirgi kunda, respublikamizda 60 mingga yaqin turli mulkchilik shakllaridagi kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu korxonalardan 96,1 % shaxsiy mulkchilik ko‘rinishidagi korxonalardir. Kichik korxonalar hissasiga jami mahsulot, ish va xizmatlarning 96 % to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turganidek, O‘zbekiston Respublikasida xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi turizmni rivojlantirishda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan xususiy turistik korxonalarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: bevosita turistlarni qabul qilish, ularning sayohatlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadigan firmalar hamda turizmni rivojlantirishga bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari. Birinchi toifaga kichik turistik firmalar, shaxsiy mehmonxonalar, kempinglar, transport korxonalari, restoran kabilar kirsa, ikkinchi toifaga an’anaviy-milliy xarakterdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan mahalliy kichik va xususiy korxonalar, hunarmandchilik korxonalari va shu kabilarni kiritish mumkin. Ma’lumki, mamlakatga tashrif buyuradigan turistlar oddiy taomdan boshlab qimmatbaho suvenirlargacha bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning ma’lum miqdoriga talab bildirishadi. Bu tabiiy ravishda, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan kichik va xususiy biznes korxonalariga o‘z imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun yo‘l ochadi. Fermerlar turistlar istiqomat qiladigan mehmonxonalarda toza mahsulotlarni yetishtirib turishadi, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida faoliyat ko‘rsatadigan kichik va xususiy korxonalar turistlar uchun zarur bo‘lgan yotoqxona jihozlari, xalatlar va boshqa shu kabilarni ishlab chiqishadi, kosmetika sanoati korxonalari shampun, sovun va dezodorantlarni ishlab chiqarishadi. Hunarmandchilik ustaxonalari va an’anaviy milliy mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar ham turistlar uchun buyurtmalar tayyorlashadi. Umuman olganda, hozirgi kunda respublika turizm sanoatida xususiy turistik korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi sezilarli darajada emas. Buning asosiy sabablari quyida o‘z ifodasini topgan.
Birinchidan, respublikada turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ayrim kompaniyalarning monopollashishi. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra, ushbu kompaniyalar tarkibidagi ob’yektlarning xususiylashtirilish jarayoni ancha sust amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, yangi tashkil qilinayotgan kichik turistik firmalarning ayrimlari ham yirik turistik kompaniyalarda mavjud bo’lgan resurslarga ega emasligi.
Ikkinchidan, turizm sohasida yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi oqibatida yangidan-yangi kichik turistik firmalarning tashkil etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishda ancha katta muommo bo’lmoqda;
Uchinchidan, respublika viloyatlari va tumanlarining ko‘pchiligida mahalliy vakillik organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan amaldorlarning turizmni iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini to‘g‘ri baholay olmasligi natijasida va ularning ishga eskicha tafakkurda yondashishlari turistik firmalarning tashkil etilishi, shuningdek, turizm bozoriga bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan kichik va xususiy biznes bilan shug‘ullanuvchi turistik korxonalarning ochilishiga ko’maklashmayotganini.
To‘rtinchidan, yangi tashkil etilgan turistik firmalar tor faoliyat doirasi bilan cheklanib qolmoqda. Bundan tashqari ular “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi uchun an’anaviy hisoblangan ayrim xizmat turlaridan tashqariga o‘tishmayapti. Buning natijasida, bu firmalarning xorijiy turistlar tomonidan qiziqishiga yetarlicha imkon yaratilmayapti.
Agarda turistik firmalar noan’anaviy xizmat turlari, masalan, mamlakatimizning go‘zal va serjilo tabiatiga o‘zaro ajoyib sayohatlarni uyushtirish, turistlar uchun mahalliy qishloqlar va ovullarda xalq milliy urf-odatlari bilan tanishtirish ekskursiyalarini tashkil etish, shuningdek, turistlar uchun milliy ruhdagi konsert va tomoshalarni uyushtirish kabi xizmat turlarini tashkil etishsa ular o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlari mumkin.
Beshinchidan, mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini, milliy ruhdagi kiyim-kechaklarni, milliy taomlarni va boshqa shu kabilarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son farmoniga muvofiq 2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va omillarni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ulushini oshirish, xizmatlarni diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan.
Xulosa qilib shuni aytishim kerakki yuqorida berilgan takliflardan kelib chiqib ta’lim va turizmdagi bir qancha muommo va salbiy fikrlarga ega bo’layotgan narsalarni oldini olish osonroq bo’lar edi. Men o’zimni yozgan maqolamdan kelib chiqib shuni ayta olamanki turizmda hali yechilmagan muommolar ko’p o’sha muommolarni hal qilishni birdan bir yo’li yuqorida qayd etganimday. Malaki mutaxasislar kamligi.

Download 24.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling