M to`Raqulov 5620500 «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi»
-rasm diffuziya sharbatini ohak suti bilan tuyintiruvchi defekator
Download 178.43 Kb.
|
Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy defekatsiyadagi kimyoviy reaksiyalar.
- Asosiy defekatsiyani o‘tkazish.
15-rasm diffuziya sharbatini ohak suti bilan tuyintiruvchi defekator
Dastlabki defekatsiyada, gidrooksil va kalsiy ionlari ta’siri ostida, diffuziya sharbatidagi kislotalar, kaogulyatsiya va kalloid despersli moddalarni cho‘ktirish, bundan tashqari fosforli, havel, limon, oksilimon, olma, uksus, vino kislotalari anionlaring katta qismi va magniy, alyumeniy, temir tuzlari kationlari neytralizatsiyasi to‘liq tugatiladi. Ammo diffuziya sharbatidagi bir qator organik shakarmaslarni parchalanishi gidrooksilionlari konsentratsiyasi yetishmasligi sababli endigina boshlanib, ularni tugallanishi uchun uzoq vaqt, yuqori temperatura va rN talb etiladi. Agarda sharbatni tozalash bo‘limida parchalanish reaksiyasi tugatilmasa, unda, texnologik sxemani keyingi pog‘onalarida davom etib shakar va siropni sfatini pasaytiradi. Asosiy defekatsiyaning vazifasi amid kislotalarini, ammoniy tuzlarini, redutsiyalovchi (kichraytirish) moddalarni, moylarning sovunlanishini parchalash, kislotalar anionlarini oxirigacha cho‘ktirish, bundan tashqari I- saturatsiyaga zarur bo‘lgan SaSO3 uchun oxakning ortiqchasi bilan ta’minlashdan iborat. Asosiy defekatsiyadagi kimyoviy reaksiyalar. Asosiy defekatsiyada diffuziya sharbatidagi organik shakarmaslarni parchalanishi oxakni yuqori konsentratsiyali gidroksil ionlari ta’sirida bo‘ladi. Ammoniya tuzlari, masalan NH4Cl, parchalanishida ammiak ajraladi, eritmada esa ekvivalent massadagi kalsiy tuzi qoladi: 2NH4Cl + Ca(ON)2 = 2NH4ON + SaCl2 NN4ON = NN3 + N2O Amid kislotalari (aspargen, glutamin, oksiamin kislotasi, allantoin) parchalanishi natijasida, ammiak ajraladi eritmada esa saxarozani yo‘qolishini oshiruvchi va kristallizatsiyasiga xalaqit beruvchi kalsiyni eruvchan tuzlari to‘planib boradi. Yuqori ishqorli defekatsiyalangan sharbat tarkibida eritma ko‘rinishida Sa (ON)2, KON va NaON, saxaroza, SaA2-ko‘rinishdagi eruvchan kalsiyli tuzlar, va erimagan Sa (ON)2 , shavel, fosfor va boshqa kislotalar (SaX2-ko‘rinishda belgilanadi), oqsillar kaogulyanti, pektin moddalari va soponin bo‘ladi. Bunday sharbat tarkibini quyidagi sxema bo‘yicha tasvirlash mumkin Eritmada: Ca (ON)2, KON, NaON, SaA2,saxaroza Cho‘kmada: Ca (ON)2, SaX2, kaogulyant Parchalanish reaksiyasini chuqurligi bir qator faktorlarga, jumladan temperatura, va jarayon davomiyligiga bog‘liq. Defekatsiya sharoitida redutsiyalovchi moddalar parchalanib, rang beruvchi moddalarni va organik kislotalar kalsiyli tuzlari poydo bo‘lib, bundan tashqari sharbatni sedimentatsion xsusiyatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy defekatsiya davomiyligi sharbatdagi shakarmaslar va qaytariladigan I-saturatsiya sharbati miqdoriga qarab boshqariladi. Masalan Asosiy defekatsiyani sovuq pog‘onasini 50 oS da ushlab turish uchun dastlabki defekatsiyaga quyiltirilgan suspenziya qaytarilishi kerak. Filtrlanmagan qaynoq I-saturatsiya sharbatini lavlagi massasiga nisbatan 100 % miqdorda qaytarilishi, sovuq pog‘onadagi defekatsiya sharbati temperaturasini 50 oS dan oshirib yuboradi. Sovuq asosiy defekatsiyani temperaturasi 50 oS gacha, davomiyligini 20-30 min o‘tkazilishi, I-saturatsiya sharbatini filtratsion xossalarini yaxshilab issiqlikka bardoshligini oshiradi. Asosiy defekatsiyani o‘tkazish. Asosiy defekatsiyani davomiyligi apparatdagi sharbatni sathi o‘zgarishiga qarab boshqariladi. Defekotor davriy ravishda hosil bo‘lgan cho‘kmadan patski qismidagi patrubka orqali tozalanib turadi. Cho‘kma esa dastlabdefekatorga yuboriladi. Diffuzion sharbatini asosiy defekatsiyalash, I-saturatsiya jarayoni bilan chambarchas bog‘liq, shuning uchun saturatorlarni normal ishlashini ta’minlash maqsadida defekatsiyalangan sharbatdagi oxak konsentratsiyasini davriy ravishda avtomatik boshqarib boriladi. Download 178.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling