M to`Raqulov 5620500 «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi»


Download 178.43 Kb.
bet30/36
Sana27.07.2023
Hajmi178.43 Kb.
#1662937
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi-fayllar.org

Nazorat savollari.
  1. Diffuziya sharbatini tozalash prinsipial sxemasini tushintiring.


  2. Diffuziya sharbatini tozalashdagi prinsipial sxemasini asosiy reagent nima?


  3. Diffuziya sharbatini tozalashdagi prinsipial sxemasidagi asosiy jarayonlar qanday kechadi?


  4. Diffuziya sharbatini tozalashdagi dastlabki defekatsiyani tushintiring.




Adabiyotlar:
1.SapronovA.R. Texnologiya saxarnogo proizvodstva. Moskva agropromizdat 1986.
2. Instruksiya po vvedeniyu texnologicheskogo protsenta svyakgosax- go proizvodstva M.SNIITEI 1985.
3. Mixatova G.N. Rascheti produktov saxarnogo proizvodstva. pesh prom.1973.
4. Silin P.M. Texnologiya saxara-M pesh prom.1967.
9-Mavzu. DASTLABKI VA ASOSIY DEFEKATSIYADAGI KIMYOVIY REAKSIYALAR VA JARAYON O‘TKAZILADIGAN USKUNALAR
Dastlabki defekatsiyadagi kimyoviy reaksiyalar. Shakarmaslarni cho‘ktirish va koagulyatsiyalash. Cho‘ktirish va koagulyatsiya reaksiyalari asosan kalsiy ionlari ta’siri ostida kechadi. Bizga ma’lumki, diffuziya sharbatini ba’zi moddalari va birinchi navbatda oqsil moddalarini o‘z ichiga oluvchi yuqorimolekulali brikmalarni koagulyatsiyasi ikki optimal zonasiga ega: Bulardan birinchisi nordon muxitda rN20 3,5-4,5 bo‘lsa va ikkinchisi ishqoriy muxitda ya’ni rN20 10,8-11,6 ga bo‘ladi.
Nordon muxitda Yuqori Molekulalar Brikmasi (YUMB) kompleksi oqsillarni izoelektirik nuqtasidagi zaryadlarini neytralizatsiyalash natijasida koagulatsiyalaydi.Neytralizatsiyalangan zarrachalar bir-biriga yaqinlashishi natijasida vodorod bog‘lari yordamida yirik agregatlar hosil bo‘ladi.
Ishqoriy muhitda diffuziya sharbatidagi oqsillarda izoelektrik nuqta yo‘q. Ular amfoter brikmalar bo‘lganligi uchun ionizatsiya natijasida faqat manfiy zaryadlangan karboksil gruppalarga ega. Amin gruppalar ionizatsiyasi shunday to‘sib qo‘yilganki bunda oqsil molekulasini R- CHNH2-COO- ko‘rinishdagi anioniga aylanadi. Oqsilni bu anioni ishqoriy muhitda kalsiy ioni bilan reaksiyaga kirishib erimaydigan brikmalar hosil qiladi. rN optimal ko‘rsatkichdan ortib ketsa cho‘kmalarni qisman parsalanishi kuzatilib kaogulatsiya reaksiyasi qaytar reaksiyaga aylanadi.
Yukorida uqtirib o‘tilganidek, kolloid despersli moddalar qaytar reaksiya bo‘lganligi sabali va rN20 12,-12,3 (asosiy defekatsiya) gacha ko‘tarilsa ular peptizatsiyaga uchraydi. Ammo peptizatsiya tezligi kata emasligi tufayli, yaxshi o‘tkazilgan koagulatsiyadan keyin cho‘kma ma’lum darajada peptizatsiyaga chidamli bo‘ladi. Peptizatsiyaga yuqoridisperli, ammo kichik yuza maydoniga ega bo‘lgan cho‘kmalar uchraydi. Koagulatsiya optimumini aniqlash kriteriyasi (sharbatni dastlabki defekatsiyadagi optimal rN ko‘rsatkichi) kaogulyantlarni maksimal darajada cho‘ktirilishi tezligi bilan isbotlanadi. Datslabki defekatsiyada kolloid dispersli moddalar optimumini nazorat qilish sharbatga qo‘shiladigan oxak miqdoriga qarab emas, balki rN ko‘rsatkichiga qarab olib borish maqsadga muvofiq xisoblanadi, bunga sabab qayta ishlashga keltirilgan lavlagilar sfati, dastlabki defekatsiyada qo‘shiladigan oxakni miqdori lavlagi og‘irligiga qarab 0,15 dan 0,3 % gacha sarflanishi mumkin.
Kalsiyli tuzlarni cho‘kishi va kislotalar neytralizatsiyasi. Kalsiy ioni ba’zi bir kislotalar (shavel, limon, oksilimon, olma va x.k.) anionlari bilan kontaktida bo‘lib cho‘kmaga tushuvchi kuchsiz eruvchan kalsiyli tuzlarni xosil qiladi.
Diffuziya sharbatida shavil, limon, olma, vino kislotalari ko‘proq uchraydi, ularni sharbatdagi umumiy miqdori anionlarni 50% dan ortig‘ini tashkil etadi.
Eng ko‘p cho‘kadigan shavil kislotasi xisoblanadi, dastlabki defekatsiyada eritma tarkibida 13 % havil, 25 % limon kislotalari qoladi. Boshqa azotsiz organik kilotalar, bundan tashqari aminokilotalar, betain eritma tarkibida qoladi. Mineral kislotalardan to‘liq fosfor va qisman sulfat (RO4 3-, SO4 2-) kislotalar anionlar cho‘kadi.
Kalsiy ionlaridan tashqari, cho‘ktirish jarayonida sharbat tarkibida oz miqdorda uchraydigan magniy, alyuminiy, va temir kationlarini cho‘ktiruvchi gidroksil ionlar ham qatnashadi.
MgCl2 + Sa(ON)2= Mg(ON)2 + SaCl2

cho‘kmada


2AlSl2 +3Sa(ON)2 = 2Al (ON)3 + 3SaSl2

cho‘kmada


Cho‘ktirish reaksiyasi dastlabki difekatsiyada to‘liq tugallanmasdan asosiy ham defekatsiyada davom etadi.

Dastlabki defekatsiyani o‘tkazish. Optimal dastlabki defekatsiya. Optimal dastlabki defekatsiya 85-90 oS da lavlagi massasiga nisbatan 100-150 % normal saturatsiyalangan I-saturatsiya sharbati va lavlagi massasiga nisbatan 15-30 % defekatsiya sharbati bilan o‘tqaziladi. Sharbatlarni aralashtirish natijasida oldindan laboratoriyada aniqlangan rN-optimal ko‘rsatgichiga yetkaziladi.
Cho‘ktirgichlarni listli fitrlarga (FiLS) almashtirilishi dastlabki defekatsiyaga quyiltirilgan I-saturatsiya sharbatini qaytarilishni ta’minlaydi.
Ba’zi bir cho‘ktirgichlari yaxshi ishlaydigan zavodlar dastlabki defekatsiyaga I-saturatsiya sharbati o‘rniga quyiltirilgan sharbatni taxminan yarmini qaytaradi.
Optimal dastlabki defekatsiyani vertikal dastlabdefekatorlarda o‘tkaziladi (15-rasm).
Diffuziya sharbati, I-saturatsiya va difikatsiya sharbati dastlabdefekator silindirsimon 3-chi korpusini pastki qismiga bo‘lak-bo‘lak patrubkalardan uzatilib, bundan tashqari bu yerda, 4-chi lopastli aralashtirgich, ko‘pikni uloqtiruvchi 1 va cho‘kmani loyqalantirib turuvchi 5-chi arlashtirgichlar mavjud. Sharbatni aylana harakatini konturlopast 2-yordamida to‘xtatib turiladi. Defekatsiyalangan sharbat asosiy defekatsiyaga tukib beruvchi korobka orqali uzatiladi.
ASOSIY DEFEKATSIY.
Asosiy defekatsiya, dastlabki defekatsiya jarayoni tugashi bilanoq filtrlanmasdan o‘tkaziladi. Bu yerda ham sovuq, isssiq va qaynoq asosiy defekatsiya o‘tkaziladi, ya’ni sharbat oxak suti bilan 50 dan past, 50-60 va 85-90 oS temperaturalarda qayta ishlanadi.



Download 178.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling