M. V. Rats boshlang‘ich tartibdagi xilma-xillikga tektonik kuchlanishlarning hududiy maydonlari bilan bog‘liq 10 km dan katta chiziqli o‘lchamdagi bloklarga ajraladigan tog‘ jinsi massivining katta tektonik yori


Download 14.29 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi14.29 Kb.
#1457269
Bog'liq
INJENERLIK GEOLOGIYA MUSTAQIL TALIM


Tog‘ jinslari massivining turli xil tuzilmaviy ko‘rinishlari va ularning tasniflanishi.

Tog‘ jinslarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, ularning hosil bo‘lish joyi, tuzulishi va xossalarining o‘zgarishi, kelib chiqish xossalarining bir-biriga bog‘liqligi va rivojlanish tarixi, hamda ekzogen jarayonlar dinamikasining yuqori darajadagi xilma-xilligi hisoblanadi.

Har xil tog‘ jinslaridan tashkil topgan massivlarda yana ko‘plab yuqori darajadagi xilma-xilliklar kuzatiladi. Bundan tashqari tog‘ jinslari massivida ko‘plab geologik buzilishlar va barcha joyda rivojlangan tabiiy darzliklar ham uchraydi. SHuningdek, massiv doimiy ravishda kon ishlarini olib borish texnologik jarayonlari (masalan, portlatish ishlarini olib borish) bilan bog‘liq kon lahimlarining kesishishidan sun’iy (texnologik) yoriqliklarga ajratiladi.

Turli xil tog‘ jinslari massivining xilma-xil tuzilish yuzalari ajralishi natijasida aniq blokli struktura hosil bo‘ladi. O‘z navbatida xilma-xillikning turli ko‘rinishdagi tarqalish darajasi juda turlicha yuz byeradi. Buning uchun har qanday massivdagi tog‘ jinslarining blokli tuzilishi xaraktyerini, cho‘kindi tog‘ jinslaridan tashkil topgan massivlarda qoyali mustahkam tog‘ jinslariga nisbatan kichik ekanligini inobatga olish zarur.

Fizika-matematika fanlari doktori M.V. Rats tomonidan ishlab chiqilgan strukturaviy xilma-xillik tasnifining ko‘plab muvaffaqqiyatli takliflaridan biri strukturaviy xilma-xillikning bir necha turdagi tartibi belgilab byerdi.

M.V. Rats boshlang‘ich tartibdagi xilma-xillikga tektonik kuchlanishlarning hududiy maydonlari bilan bog‘liq 10 km dan katta chiziqli o‘lchamdagi bloklarga ajraladigan tog‘ jinsi massivining katta tektonik yorilishlarini kiritdi. Bu o‘zining mohiyati bo‘yicha yer qobig‘ining hududiy strukturaviy xilma-xilligining III-IV tartibiga kiradi.

Birinchi tartibdagi xilma-xillik massivda tog‘ jinslarining turli-tuman tarkibi, strukturasi va teksturasi, hamda katta geologik buzilishlar va tektonik ajralishlarning mavjudligi bo‘yicha ifodalanadi. Bu xilma-xilliklar massivi bir necha yuz metrdan kilometrlargacha bo‘lgan o‘lchamdagi bloklarga bo‘linadi.

Ikkinchi tartibdagi xilma-xillik bilan bog‘liq juda kichik bloklar o‘lchami bir necha o‘n santimetrdan o‘nlab metrgacha etadi.


Bu sinfga qatlamning bir pachkasi orasidagi tog‘ jinsining xilma-xil strukturasi va tarkibi, shuningdek tabiiy darzliligi tegishli bo‘ladi.

Uchinchi tartibdagi xilma-xillikga oldindan aniq bo‘lgan eng kichik darzliklardan tashqari har bir alohida minyeral ko‘rinishlar, zarralar va kristallar orasidagi bog‘lanishlar tegishli bo‘ladi. Bu yerda, byerilgan turdagi xilma-xillikda shakllangan bloklar o‘lchamlari birdan bir necha o‘n santimetrgacha bo‘lgan oraliqda o‘zgaradi.


Bundan tashqari, tog‘ jinslari ko‘pincha kristallari orasi hududida strukturaviy buzulishlar, shuningdek tog‘ jinsi hosil qiluvchi minyerallar panjarasida strukturaviy nuqsonlar bilan bog‘liq o‘zining ko‘p tarkibli ko‘p kristallashgan minyerallar majmuini namoyon etishi sababli to‘rtinchi tartibdagi xilma-xillikga ajratiladi. Bu holatda strukturaviy elementlarning o‘lchamlari millimetrning ulushidan bir necha santimetr orasida o‘zgaradi.

Tog‘ jinslari va massivlarning xossalari va deformatsiyalanishiga turli tartibdagi strukturaviy xilma-xilliklar ta’sir darajasini tasniflashning umummlashgan sonli ko‘rsatkichlari hali aniqlanmaganligini e’tiborga olamiz. Bu esa o‘rganilayotgan jarayonlarga bevosita tog‘ jinslari joylashgan joyida katta ko‘lamli tajribalarni o‘tkazishga xilma-xilliklarning ta’siri va boshqa omillar (massivning kuchlanganlik holati, sinalayotgan hajmni tajribaga tayyorlash usuli, namlik va boshqalar) tufayli olingan natijalarni tushuntirib byerish qiyinchiliklari bilan izohlanadi.



Turli tog‘ jinslaridan tashkil topgan massivlarning tajriba ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, massivlarda quyidagi umumiy moyillik kuzatiladi: deformatsiyalanish jarayoni nuqtai nazaridan hajmning ortishi bilan massivning deformatsiya moduli kamayadi, deformatsiya ko‘rsatkilari esa ortadi.
Download 14.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling