M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Bayramga tayyorgarlik ishlari
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
1. Bayramga tayyorgarlik ishlari.
1. Institut Hududiga karashli barcha maydonlar, Hovlilar, bog‘lar va binolarni obodonlashtirish ( barcha fakultetlar jamoalarining binolari, biriktirilgan joylar bo‘yicha). (Mas’ullar: xo‘jalik rahbarlari, barcha fakultetlar dekanlari va fakultet kafedralari mudirlari. 2.Milliy taomlar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan masalliqlarni Hozirlab qo‘yish (mas’ullar: fakultet jamoalari). 3.Bayram tantanalari o‘tadigan joylarni jihozlash, bezash uchun tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish (institutda bayram tadbirlarining asosiy qismi institut Hovlisida o‘tkaziladi); A) Hovliga kirish joylari va Hovli atroflarini jihozlash (ma’sullar...) B) institut Hovlisidagi tomoshalar o‘tkaziladigan( Har 0ar bir dekanatga ajratilgan) joylarni bayramga tayyorlash ( ma’sullar: ...); V) bayram kuni milliy taomlar tayyorlash va uni tarqatish ishlariga yordam berish (mas’ullar...) 4. Televidenie, radio, matbuot vakillarini Hamda mehmonlarni taklif etish (mas’ullar:); 5. Mehnat faxriylarini yo‘qlash, ularga tabrik qog‘ozlari yuborib, bayram tomoshalariga taklif etish. 6. Bayramona shiorlar va suratlar tayyorlash va ularni 19 mart kuni institut peshtoqiga joylashtirish ( mas’ullar....) Eng yaxshi “milliy taomlar”ni, “devoriy gazetalar” ni, “milliy kiyimlar”ni, va yaxshi o‘qish, jamoat ishlarini yashi tashkil etgan jamoalarga mukofatlar topshiriladi. Ko‘rik-tanlovlar Har o‘quv yilida turli xil mavzular asosida o‘tkaziladi. Masalan: «Hayot ona allasidan boshlanadi», «Farzand kamoli-Vatan jamoli», «Mening oilam mening boyligim», «Ayol Hayot gultoji», «Eng yaxshi oshpaz», «KVN»lar kabidir. Bunday mavzudagi ko‘rik-tanlov festivallarida ayniqsa, talabalar tomonidan tanlanib, namoyish etilgan ta’lim-tarbiyadagi salbiy Holatlar, ko‘rinishlar, muammolar yechimining berilishi, ijrochilarning muammolarini bartaraf eta olish qobiliyatlari va istagi kuchliligi, o‘zlari bunday muammolar uchrashini bilgan Holda bu kasbni sevib tanlaganliklarini ko‘rsatib berishlari quvonarli holdir. An’anaviy talabalarning bahorgi festivali o‘zida fakultetlararo eng yaxshi madaniy-ommaviy, tarbiyaviy ishlar, talabalar o‘rtasidagi badiiy Havaskorlik chiqishlar ko‘rigini mujassam qiladi. 2009 yil festivali «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi» yiliga bag‘ishlangan shiorlar ostida o‘tkaziladi. Bahorgi festivalni badiiy Havaskorlikda qatnashuvchi o‘qituvchi-murabbiylar, talabalarning san’at sohasidagi eng yaxshi yutuqlari, xalq ijodi, milliy musiqiy an’analarni asrash va rivojlantirish, yosh avlodni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash, insoniy qadriyatlarni ulug‘lash, shuningdek kelgusida ijodiy kamkorlik doirasini kengaytirish borasida umumjahon qadriyatlarini targ‘ib etish, do‘stlik, o‘zaro bir-birini tushunish, o‘qituvchi va talabalar orasidan sanatning turli ko‘rinishlari, janrlar borasida iqtidorlarini topish ularning bu sohalarida erishgan yutuqlariga suyangan Holda, ularning badiiy ijodiyotlari uchun sharoit yaratgan Holda Respublika miqiyosida o‘tkaziladigan Festivallar, «+uvnoqlar va zukkolar» musobaqalari, Respublika Oliy o‘quv yurtlarining badiiy jamoalari orasida o‘tkaziladigan «nihol» teatr festivalida ishtirok etish uchun layoqatli yoshlarni tanlab olish maqsadida: Festival mart oyida o‘tkaziladi. Goliblarning yakunlovchi konserti 20-mart kuni o‘tkaziladi. Festival o‘tkazilishini nazorat qilish uchun tashkiliy qo‘mita tuzish to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling