M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Mavzu: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. tashkil etish, o‘tkazish va natijalarni tekshirish
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
Mavzu: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. tashkil etish, o‘tkazish va natijalarni tekshirish
Reja: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. tashkil etish, o‘tkazish va natijalarni tekshirish Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. tashkil etish, o‘tkazish va natijalarni tekshirish Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. tashkil etish, o‘tkazish va natijalarni tekshirish Darsdan tashqari faoliyat tizimi o‘qitishning nazariy va amaliy tizimini to‘ldiradi. Uning asosiy vazifasi o‘quvchilarning o‘qishdan tashqari vaqti mobaynida o‘zini-o‘zi tarbiyalash va ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish uchun oqilona taqsimlashga yordam berishdir. O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: -ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va o‘quvchilarning ijtimoiy harakatchanligini ko‘rsatish; bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilarni mustaqil ravishda ta’limni davom ettirishga yo‘llash; har bir o‘quvchining qobiliyati, qiziqishi va ishtiyoqlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilarga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish va dam olishga o‘rgatish. Darsdan tashqari faoliyat tizimi ko‘p komponentli bo‘lib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini quyidagi tarkibda, tartibda, shaklda va joylarda o‘tishi mumkin: -o‘quv guruhi tarkibida; o‘quv yurti jamoasi tarkibida; individual (yakka tartibda); ijtimoiy birlashmalar va tashkilotlarda; klublar, to‘garaklar, muzeylarda; mehnat jamoalarida; alohida fanlarni chuqur mustaqil o‘rganish chog‘ida; ta’lim muassasasidan tashqaridagi madaniy dam olishning turli shakllarida. O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyat tizimining o‘ziga xosligi shundaki, uning har bir komponenti alohida loyihalashtiriladi va har doim ham pedagogik ta’sir doirasi bilan qamrab olinmaydi. O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyat tizimini rejalashtirish shakllari: -o‘quv yurtining ish rejasi; o‘quv yurtining o‘quvchilar bilan olib boradigan ma’naviy-ma’rifiy ishlari rejasi; o‘quv guruhlari o‘quvchilari bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi va boshqalar. O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishning asosiy tartib va qoidalari: -diagnostik asos; o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, jamoaning mahorat darajasi va shakllanganligini hisobga olish;tarbiyaviy jarayonda asosiy mazmuniy komponentlarga muvofiq faoliyat aniq yo‘nalishlarini belgilash;tadbirlarni o‘tkazishning muddatlarini, shakllarini, ishtirokchilarini aniq belgilash;tarbiyaviy ishlar rejasining qulayligi, hayotiyligi va aniqligi; tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda o‘quvchilarning shaxsan ishtiroki. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling