M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet16/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Dastur muallifi:

M.Baybayeva– “Pedagogika” kafedrasi professor vazifasini v.b., p.f.n.

E-mail:

ped71@bk.ru

Tashkilot:

Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi



MA’RUZA MASHG’ULOTLAR UCHUN MATERIALLAR



MA’RUZA MASHG`ULOTLARI


I – MODUL. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari
1.MAVZU:Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Mavzu rejasi:
1.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari.
2.Tarbiyaviy ish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy-tadqiqot metodlari..


Tayanch tushunchalar: tarbiya, guruh rahbari, guruhli va ommaviy tadbirlar, “Yil tarbiyachisi”, “Axloqi Muhsiniy”, “ijodkor tarbiyachi”, “novator o‘qituvchi”, kasbiy sifatlar tizimi, “Yashil daftar hikmati”, o‘qituvchi va tarbiyachi, ma’naviyat, axloq, barkamol shaxs.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni yoshlarga ta’lim tarbiya berish ishlarini tubdan isloh qilish masalasi qo‘yilgan. Jumladan, unda: “inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq- atvorning andozalarini o‘zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir” deb ta’kidlangan.


“Ma’naviy-ma’rifiy sohada oldimizda turgan eng muhim va dolzarb vazifamiz – mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish, farzandlarimizning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirishdan iborat.
Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosiga tayanamiz. Yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini kamol toptirish, ularni sog‘lom turmush tarzi ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytiramiz. Bu boradagi siyosatimiz yangi qabul qilingan Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun talablari asosida davom ettiriladi”1.
Yuksak ma’naviy madaniyat, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan barkamol shaxsni tarbiyalash muammosi siyosiy, iqtisodiy, fuqarolik va ma’naviy‑madaniy sohalarda islohotlar jadallik bilan amalga oshiriladigan bugungi kunda ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, jahon ta’limi standartlari darajasida shaxsga ta’lim berish va ijtimoiy samaradorlikni oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish talabi ta’lim tizimini takomillashtirishni taqozo etadi.
Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo‘lida, jami davlat va nodavlat manbalarini hisobga olgan holda, mavjud barcha resurs va imkoniyatlarni safarbar etishni ko‘zda tutadi2.
Islom Abdug‘anievich Karimov ta’kidlaganidek: “Albatta, ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi ”2.
Bunday sharoitlarda ta’lim muassasasini rivojlantirish va zamon talablari darajasida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar salmog‘i uzluksiz ortib boradi. Qo‘yilayotgan vazifalarning deyarli barchasi tamoyil jihatidan yangi talablarni keltirib chiqaradi va ularni xal qilishda jamoaning faqatgina mavjud tajriba asosida ish ko‘rishi yetarli bo‘lmay qoladi. Mamlaktimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning diqqat markazida shaxs turadi. Aynan shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasini amalga oshirishga qodir bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, unga ta’lim berish davlatimiz oldidagi eng asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolaveradi. Bugungi kunda oldimizda turgan o‘ta muhim, ulkan vazifalardan biri – bizning o‘rnimizga kelayotgan, o‘z fikri, o‘z dunyoqarashi, zamonaviy bilim va tafakkurga ega bo‘lgan yangi avlod tarbiyasidir. Bu esa pedagog-o‘qituvchilar oldiga Vatanimiz mustaqilligi yo‘lida boshlangan islohotlarni davom ettirishga tayyor bo‘lgan, o‘z fikri va dunyoqarashiga, zamonaviy bilim va tafakkurga ega bo‘lgan yangi avlodni tarbiyalashdek ulug‘ vazifa qo‘yilganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Har tomonlama rivojlangan shaxslargina mamlakat ravnaqi, farovonligi yo‘lida eng yorqin insoniy va fuqarolik fazilatlarini namoyon qilishlari mumkin. Xuddi shuning uchun ham mazkur qo‘llanmada kollej o‘quvchilarini har tomonlama rivojlangan shaxs qilib tarbiyalashda tarbiyaviy korreksion faoliyat metodikasi imkoniyatlaridan foydalanishga urinib ko‘rganmiz.
O‘zbekiston Respublikasi xuquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining ya’ni o‘sib kelayotgan yosh avlod va bo‘lajak mutaxassislarning ma’naviy shakllanishiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Muhimi yoshlarning ongi, tafakkuri va amaliy faoliyati bilan bog‘liqligida hamdir. Biz farzandlarimizni milliy tabiatimizga yot va zararli bo‘lgan ta’sirlardan himoya qilishimiz, ularni hayotga, yon-atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissi bilan yashaydigan, mustaqil fikrlaydigan, iymon-e’tiqodli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini bolalik paytidan boshlab barkamol insonlar etib tarbiyalashimiz lozim.
Yurtimizda yoshlarni nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo‘lida, jami davlat va nodavlat manbalarini hisobga olgan holda, mavjud barcha resurs va imkoniyatlarni safarbar etishni ko‘zda tutadi3.
Shaxs tarbiyasi o‘ziga xos murakkab jarayon. U amalga oshishi uchun bir nechta muhim omillarni talab qiladi. Tarbiya tizimiga to‘g‘ri va ijodiy yondashuv, tarbiyaning doimiyligi, tarbiya uchun jamiyat a’zolarining birdek mas’ulligi, tarbiyaning shaxsiy ibratga asoslanishi, oilaviy tarbiyaning ustuvorligi.
Bo‘lg‘usi tarbiyachilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashdan asosiy maqsad - har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash, ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi esa, o‘quvchilarning aqliy, ma’naviy, emotsional, mehnat va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, umuminsoniy qadriyatlarga oshno bo‘lishi uchun zamin hozirlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ichki imkoniyatlari va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishi, muvaffaqiyatlarga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.
Milliy mafkura vazifalari tarbiyaviy jarayonni maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar orqali amalga oshiriladi. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari olg‘a borayotgan respublikamizda 1999 yil 3 sentabrdagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining qo‘llab quvvatlash to‘g‘risidagi” farmoni zamiridagi g‘oyalar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni ustivorligi va barkamol shaxs tarbiyasida tarbiyaviy tadbirlarning alohida ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Tarbiyachi – boshqalarning aql idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.
I.A. Karimovning “Istiqlol va ma’naviyat” asarida O‘zbekiston yoshlarini tarbiyalashda 3 manbaadan foydalanish mumkinligini ta’kidlab o‘tadi:

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling