Maboni ul-lug`at
Download 15.33 Kb.
|
Maboni ul lug`at
Maboni ul-lug`at O‘zbek tilshunosligi tarixida grammatika masalalarini o‘z ichiga olgan lug‘atlardan biri Mirzo Mehdixonning ― Sangloh lug‘atidir. Bu lug‘at ― Maboni ul-lug‘at (Til asoslari) nomli grammatik ocherkni o‘z ichiga oladi.Ana shu ocherk asosida Mirzo Mehdixonning lingvistik qarashlari xaqida fikr yuritish mumkin. Mirzo Mehdixonning to‘liq ismi Nizomiddin Muhammad Hodi al-Husayni as-Safaviy, otasining ismi esa Mirza Muhammad Nosiriydir. U asli astrobodlik bo‘lib,Eron shohi Nodirshoh saroyida muarrix va xattot bo‘lib ishlagan. Mehdixon ― Sangloh lug‘atini milodiy 1760-yilda yozib tugallagan (1172-1173). Bu lug‘atning Moboni ul-lug‘at nomli grammatikaga bag‘ishlangan qismi Muqaddima, Tavsifdan (grammatika) iborat. Tavsif qismi olti mabna (qism)ni o‘z ichiga oladi. Muqaddima qismida asarning yozilish sabablari va Alisher Navoiyning bu asar uchun manba bo‘lib xizmat qilgan 12 nazmiy, 9 nasriy asarlarini nomi qayd etilgan. Mehdixon bu qismda turkiy tilning fors tilidan ham arab tilidan ham farq qiladigan o‘ziga xos grammatika qonuniyatlari mavjudligini ta‘kidlaydi. Tavsif qismida arab tilida fe‘llarning asosi masdar-infinitiv ekanligi, o‘zbek tilida esa II shaxs, birlik, buyruq maylining shakli ekanligi bayon qilinadi. Fe‘lning barcha shakllari shu asosdan hosil bo‘lishini aytadi. Shundan so‘ngi fe‘lning turli shakllari haqida fikr yuritiladi. Birinchi manba o‘n bobni o‘z ichiga oladi. Birinchi bobda masdar va uning nisbat shakllari haqida ma‘lumot beriladi. Ikkinchi bobda esa fe‘li moziy (o‘tgan zamon) shakllariga to`xtaladi. Fe‘li moziy shakllariga –di (-ti), ravishdoshning –n, -ban, sifatdoshning –mish, -gan, ( - g‘an, -kan, -qan) shakllari hamda fe‘lning –maydur shakli kiritiladi. Uchinchi bobda fe‘li muzori (hozirgi-kelasi zamon) shakllari tavsiflanadi. Bunday shakllar qatoriga –gay (-g‘ay, -kay, -qay), -sun, -dik, -a va –r shakllari kiritiladi. To‘rtinchi bobda ismi foillar (harakat qiluvchi shaxslar nomlari) o‘rganiladi. Bunday fe‘llar qatoriga –guchi, (-g‘uchi, -kuchi, -quchi), (ag‘an), -r shakllari hamda kasb nomlari hosil qiluvchi –chi, -gun (kun, -qun), -chak shakllari kiritiladi. Beshinchi bobda o‘tgan zamon sifatdoshi (-mish, -ling -lik) –lug, -gun (g‘un) kabi, oltinchi bobda fe‘li amr atamasi bilan buyruq mayli shakllari, yettinchi bobda fe‘li amrning bo‘l ishsizlik shakllari, sakkizinchi hol (ravish va ravishdosh) shakllari, o‘ninchi bobda affikslarning o‘zakka qo‘shilish usullari bayon qilinadi. Ikkinchi manbada fe‘l shakllari hosil qiluvchi affikslarning fonetik variantlari va ularning qo‘llanish xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Uchinchi mabna olmoshlarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Olmoshlar ismi ishora (ko‘rsatish olmoshlari), kishilik olmoshalri va –men, -sen, -biz, -siz kabi bog‘lamalar kiritiladi, zamoiri muttasila (bunga egalik qo‘chimchalari kiritiladi) kabi turlarga bo‘l inadi. To‘rtinchi mabnada harf atamasi ostida affikslar ro‘yxati va ularning tavsifi beriladi. Beshinchi mabna esa grammatikalashayotgan olmoq, tushmoq, bilmak, kirishmak yazmak, ko‘rmak kabi ko‘makchi fe‘llar tavsifiga bag‘ishlanadi. Oltinchi mabnada eski o‘zbek orfografiyasi tamoyillari va ayrim so‘zlarning imlosi bayon qilinadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Mirzo Mehdixonning ― Moboni ul-lug‘at asari orqali XVII-XVIII asr o‘zbek tilshunosligidagi grammatik tushunchalar haqida tasavvurga ega bo‘lishi mumkin. Sangloh lug’atiga grammatik ocherk ham qo’shimcha qilingan bo’lib,u Maboni ul-lug’at deb atalgan.Maboni ul-lug’at (chig’atoy tili)ga bag’ishlangan Grammatik asardir.U so’zboshi, muqaddima, tarsif ya’ni grammatika bo’limlaridan tuzilgan.Tarsif bo’limi 6 bobdan iborat.Har qaysi bob o’z ichida yana boblarga bo’linadi.Boblar muayyan qoidalarga bag’ishlangan. 1-bob turkiy fe’llarning ko’rinishlariga bag’ishlangan. 2-bob fe’l shakllarining yasalish usullariga bag’ishlangan. 3-bob olmoshlar va ko’rsatish ismlariga bag’ishlangan. 4-bob birikmagan holda ma’no anglatmaydigan so’zlarga (eski grammatikalarda bunday morfemalar harflar deb atalgan)bag’ishlangan. 5-bob mustaqil ma’noga ega bo’lgan,lekin o’z ma’nosini ifodalamaydigan so’zlar haqida. 6-bob imlo qoidalari haqidadir Mirzo Mehdixon turkiy tilde mavjud bo’lgan uyg’un tartib qoidalarga katta e’tibor qaratgan edi.U Maboni ul-lug’atning muqaddimasida shunday yozadi:,,Garchi Farog’iy o’z asarida turk so’zlari vazn (ya’ni arabchadagi so’z shakli) va masdar tartibiga ega bo’lmaganligi uchun o’z kitobimga qadimgilarning she’rlarini asos qilib oldim desa ham uning fikrlari haqiqatga to’g’ri kelmaydi.Chunki turk tilida aniq va mavjud bo’lgan uyg’un tartib va qoidalar na fors tilida boru na arab tilida.Uning barcha fe’l formalari qoidaga muofiq yasalgandir. Download 15.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling