Mac adress nima


Download 0.73 Mb.
Sana13.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1193737
Bog'liq
MAC adress nima

MAC adress nima


MEDIA ACCESS CONTROL (MAC- MEDIA KIRISHNI BOSHQARISH) ADDRESS
Mac adres nima?
Har bir tarmoq bilan ishlovchi modulning o'z fizik adresi bo'ladi, misol uchun Wi-Fi modulda, kompyuterdagi tarmoq kartasida, bu modullar zavodda ishlab chiqarilish mobaynida o'z unikal fizik adresiga ega bo'ladi, demak bu fizik adres o'zgarmas va har bir modul uchun alohida bo'ladi, shu adresga MAC adres deyiladi.
MAC adres bu IP adresmi?
Shu ikki adresni aralashtirib yubormang, mac adres bu - fizik adres va o'zgartirilmaydi, IP adres esa - mantiqiy adres va uni bemalol o'zgartirish mumkin. Mac adres zavodda o'rnatiladi, IP adres esa foydalanuvchi o'zi o'rnatadi va o'zgartiradi.
Qanday qilib MAC adresni aniqlaymiz?
Kompyuterda(Windows tizimida):
  • Win + R -> cmd, orqali "Командная строка" oynasini ochamiz.

  • 2. ipconfig /all buyrug'ini teramiz va Enter.
    3. Hosil bo'lgan ro'yhatda, kompyuterda nechta tarmoq moduli bo'lsa har birining fizik adresini ko'rishimiz mumkin, uning uchun modul nomidan keyin "Физический адрес" degan qatorni topamiz.
    Smartfonda(Android):Настройки -> О телефоне -> Общая информация -> MAC-адрес Wi-FI.

 MAC adres tuzilishi
Standart MAC quyidagicha ko'rinadi: 00-50-B6-5B-CA-6A .
Uzunligi 48 bit
16 lik tizimda taqdim etiladi.
 
Misol -1:Agar siz kompyuteringizdagi tarmoq kartasini olib, do'stingizning kompyuteriga ulasangiz ham, tarmoq kartasining MAC adresi o'zgarmaydi.
Misol -2:Agar siz smartfoningiz tizimini yangilasangiz yoki eskisiga qaytarsangiz ham Wi-Fi modulning MAC adresi o'zgarmaydi.
Misol - 3:Agar siz kompyuteringizga Windows'ning istalgan versiyasini qo'ysangiz, hattoki Linux tizimini o'rnatsangiz ham tarmoq kartasining MAC adresi o'zgarmaydi.
Demak, MAC adres har bir tarmoq qurilmasida mavjud va u o'zgarmas.
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling