Macroeconomics


Download 294.47 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi294.47 Kb.
#1527031
Bog'liq
Ппп

MACROECONOMICS

Tashqi savdo siyosati


RAHIMJONOVA GULASAL
ANTEP FISTIG’I

REJA

1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari

2.Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish

3.Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash

TASHQI SAVDO


Tashqi savdo siyosati – mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi boʻlib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni oqilona import siyosati hisobiga toʻldirish hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi oʻrnini mustahkamlash vazifasini hal etadi.

TASHQI SAVDO

  • Tashqi savdo siyosati chora-tadbirlarining ayrimlari davlat gʻaznasini toʻldirishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, ba’zilari import va eksportni cheklashga, yoki ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi.
  • Tashqi savdo siyosati chora-tadbirlarining ayrimlari davlat gʻaznasini toʻldirishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, ba’zilari import va eksportni cheklashga, yoki ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi.

Bojxona bojlari import va eksport bojlariga ajratiladi.


Import bojlari davlat gʻaznasini toʻldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el mahsulotlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Import bojlari eng kam va eng koʻp miqdordagi import bojlariga boʻlinadi. Eng kam miqdordagi import bojlari qulay savdo sharoitlarni yaratib berishni koʻzda tutuvchi savdo shartnomalari va bitimlari boʻlgan mamlakatlar mahsulotlariga nisbatan oʻrnatiladi.
Eksport bojlari mamlakat ichida talab koʻp boʻlgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.

Xalqaro savdoni tartibga solishda eng koʻp qoʻllaniladigan usul boʻlib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.

Tarif (arabcha — tushuntirish, aniqlash) — korxonalar, tashkilotlar, aholiga koʻrsatiladigan turli ishlab chiqarish. va noishlab chiqarish yoʻnalishidagi xizmatlar uchun toʻlanadigan haq; toʻlov stavkalari tizimi. Transport, aloqa, kommunal xizmati, bojxona Tariflarilari keng tarqalgan va ular monopol narx koʻrinishlari hisoblanadi

Bojxona tariflarini kiritishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga koʻra import tariflari: mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi; mamlakatda bandlilik darajasi oʻsishini ta’minlaydi va yalpi talabni ragʻbatlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport oʻsadi va joriy operatsiyalar boʻyicha toʻlov balansi holati yaxshilanadi; milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur; davlat byudjeti daromadlarini toʻldirish manbai boʻlib xizmat qiladi; milliy ishlab chiqaruvchilarni demping koʻrinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi; iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilgʻor siljishlar ragʻbatlantiriladi va h.k.


BOJXONA TARIFLARI
  • Bojxona bojlarini joriy qilishni qoʻllovchi fikrlarga aksincha boʻlgan mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab oʻtilgan natijalarga boshqa usullar bilan kamroq yoʻqotishlar hisobiga ham erishsa boʻladi degan fikrlar ham qaysidir darajada asoslidir.
    • Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga olib keladi.
    • Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
    • Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.

Bojxona
Birinchidan
Ikkinchidan
Uchinchidan

IMPORT LITSENZIYALARI

Import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar yordamida joylashtiriladi.

1. Ochiq auksion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab chiqaruvchilarga berishi

2. Afzal koʻrish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish hajmi jihatdan yirik boʻlgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va talablarsiz beradi

3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va resurslarga ega boʻlgan firma va kompaniyalarga beradi


Eksport subsidiyalari turli shakllarda qoʻllaniladi.
eksportyor
eksportyor
reklama
reklama
firmalarga
firmalarga
bevosita
bevosita

Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar yoʻqotishga duch keladilar. Tashqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega boʻladi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi boʻlib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan iborat. Bu yerda “ixtiyoriy soʻzi” shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida oʻz hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.


Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
Ixtiyoriy
Ixtiyoriy
ETIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT
Download 294.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling