Madaniy dam olish faoliyatining tarixiy jihatlari. Ibtidoiy jamiyatda dam olish faoliyati turlari. Qadimgi dunyoda dam olish faoliyati
Download 42.48 Kb.
|
2-mavzu animatorlik
Mifologik tafakkur – bu predmetlilik – hissiy, jonli tafakkur yetarli rivojlanmagan mavhum tushunchalarga xos bo‘lib, bunday tushunchalarni ishlatish va so‘zda ularni ifodalashning sustligi va qiyinligidir (shumerliklar «o‘ldirish» deyish o‘rniga «boshiga tayoq bilan urish» deyishgan).
Qadimgi Sharq kishisi sabab-oqibat munosabatlarini tushungan va farqlagan, biroq ularni mujmal va qonunga mos bo‘lmagan hodisa sifatida, ko‘pchiligi esa shaxsiy qudrat sifatida ongli va ixtiyoriy idrok qilgan. Sabablarni izlashda «qanday» deb emas, balki «kim» deb so‘rashadi («hodisada kim aybdor»), «ixtiyoriy, aniq maqsadda harakat qilganni» izlashgan. «Sabablarni» bunday idrok qilish oqibatida mifologik tafakkur ayrim va butunicha, bir-biriga o‘xshash har qanday tashqi moslikni qabul qiladi. Xususan, «asl namuna» tamoyili keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra hayotdagi barcha muhim narsalar (ehrom, podsho hokimiyati, inson) ilohiy qudratning «asl namunasiga» muvofiq yaratilgan. Olamni mifologik tasavvur qilish uning nihoyatda tartibli, qat’iy iyerarxik qurilishda ifodalanib, uning asosi turli xil oppozitsiyalar tizimi hisoblanadi. Aynan shular mifologik ramziy tasniflashdagi dastlabki «poydevor» hisoblanadi (qarama-qarshi tiplar: yuqori-quyi, o‘ng-so‘l, osmon-yer, mag‘rib-mashriq, kuntun, biz-ular, katta-kichik, er-xotin, hayot-o‘lim va boshqa). Shuningdek, o‘ng, yuqori, katta, yaqin, o‘z, yorug‘ taomilga ko‘ra qarama-qarshilikning musbatijobiy tomonini, so‘l, quyi, kichik, uzoq, begona, qorong‘i esa manfiy-salbiy jihatini tashkil qiladi. Mifologik tafakkurning muvofiq va o‘xshash jihatlari uning an’anaviyligi bilan bevosita bog‘liq. An’ana bir-biriga yaqin, biroq mohiyatan boshqa-boshqa bo‘lgan hodisalar, urf-odat, marosim, ibodat, udum, odob singari faoliyatda namoyon bo‘ladi. Bularning bari u yoki bu vaziyatdagi aniq axloq dasturiga ega bo‘lib, harakatning to‘g‘riligini kafolatlaydi, noto‘g‘ri harakatlardan ogohlantiradi, negaki an’analar negizida sotsiumning katta tajribasi mujassamdir. Download 42.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling