Madaniy dam olish faoliyatining tarixiy jihatlari. Ibtidoiy jamiyatda dam olish faoliyati turlari. Qadimgi dunyoda dam olish faoliyati
Download 42.48 Kb.
|
2-mavzu animatorlik
Tosh asri davridan boshlanadi. O’sha davrda qadimiy ovchilarning ovdan qaytishi qabilada katta bayram sifatida nishonlanilgan. Ko’chmanchi va qishloq xo'jaligida ish bilan band bo’lgan o’troq qabilalarning ham butun bir bayramlar tizimi mavjud edi.
Vaqt o’tishi bilan, faoliyatlari bilan mos ravishda aholining turli udum va an’analari murakkab ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanishining turli bosqichlarida rivojlanib brogan va ularning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, madaniy, etnik va ma'naviy hayotini aks ettirishning vositasi bo’lgan. Ma'naviy va moddiy madaniyatning konsentrlangan ifodasi sifatida dam olish faoliyati ham etnik o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga vaqt inson madaniyati, tarixiy va madaniy aloqalar ta'sirini aks ettiradi. Qadim zamonlardan beri barcha jamiyatlarda dam olish ijtimoiy mavjudlikning zaruriy sharti hisoblanadi. M.M.Baxtinning ta’kidlashicha “Bayramlar (ommaviy) - inson madaniyatining muhim asosiy shaklidir”. Bayramlar inson madaniyatining ajralmas bir qismi sifatida murakkabligi va xilma-xilligi kishilarning ijtimoiy serqirra faoliyatida ifodasini topadi. Shunday qilib, bayramning quyidagi xususiyatlari mavjud: hayotni tantanali yangilash; kommunikativ va normativ vazifalari, hissiy psixologik, axloqiy va ta'lim vazifalari. Bu yo’nalishlarning har biri bizga bayramlarning mohiyatini tushunish va madaniyatning rivojida o'z rolini kengaytirmoqda. Shunga qaramasdan, odamlarning dam olish faoliyati ulaning hordiq chiqarishi bilan emas, balki madaniy jihati bilan ko’proq ahamiyat kasb etadi. IX asrning oxiri X asr boshlarida davlatchilik paydo bo’lgan vaqtlarda slavyanlarda madaniy bayramlar yaxshi rivojlangan edi. Bayramlarning ko’pchiligi ishning qizg’in pallalari - kech kuzda, qishda va erta bahorda nishonlanar edi. Download 42.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling