Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda Reklamaning o'rni
Download 27.05 Kb.
|
1 2
Bog'liqMadaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda Reklamaning o\'rni
Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda Reklamaning o'rni Reja: Reklama hamda Marketing tushunchasi. Madaniy-ma’rifiy tadbirlarga tomoshabinlarni Reklama orqali jalb qilish. Madaniy-ma’rifiy tadbirlarning ommalashuvidagi ahamiyati. Reklama (Lotinchadan reklamo — qichqirmoq so’zidan olingan) — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingning tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona imijini yaratish joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), xaridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning asosiy vazifasi — xaridorni qiziqtirish, mijoz xaridorlarni yoʻqotmaslik va ularni kengaytirish hamda ularni saqlab qolishga qaratiladi. Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda XIX asrning 2-yarmida birinchi reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan va reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama xaridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial xaridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborot reklama eʼlonlari paydo boʻldi. Reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, radio, televideniye,) jalb etildi. Reklama bir necha vazifani bajaradi: 1)tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot berish vazifasi — reklama eʼlonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari haqida maʼlumot beriladi. 2) ishontiruvchi reklama — mavjud tovarga isteʼmolchi va haridorlarlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 3)eslatuvchi reklama — mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, xaridorlarning oʻzlari uchun maʼlum boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim oʻrinda turadi. Bunday reklama davriy yangilanib turadigan va mavsumiy tovarlar uchun qoʻllaniladi. Har bir firma oʻz reklamasining faoliyatini reklama agentlarini yollash yoki reklama xizmatini tuzish yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish asosida amalga oshiradi. Reklamaning samaradorligi koʻp jihatdan talabni oʻrganishni tashkil qilishga bogʻliq boʻlib, xaridorlar doirasini aniqlash va ularga taʼsir oʻtkazish usullariga yordam beradi. Hozirgi davrda reklama matbuot, radio, televideniye orqali olib boriladi, maxsus reklama filmlari namoyish etiladi. Reklama qilish maqsadida plakat, buklet, tovar kataloglari kurkam qilib chiqariladi va tarqatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama xizmatlarining ahamiyati kuchayib, muomala xarajatida reklama xarajatlarining hissasi ortib boradi. Reklama tadbirkorlikning alohida bir tarmogʻiga aylanadi va reklama maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqlilik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish Reklamaga doir asosiy talablardir. Oʻzbekistonda reklama tayyorlash va tarqatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining „Reklama toʻgʻrisida“ (1998-yil 25-dekabr) qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunga koʻra, isteʼmolchilarni chalgʻitadigan yolg‘on yoki noaniq maʼlumotlarni reklama vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki faoliyat sohalarini reklama qilish qonun yoʻli bilan taqiqlanadi. Marketing (ingliz tilidan market — bozor so’zidan olingan) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga XIX asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida AQShda ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, xaridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika marketing milliy uyushmasi tuzildi. XX asrning 50—60-yillarida xalqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi. Marketing zamonaviy kasblardan biri deyiladi marketing. Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi. Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar: rejalashtirish va mahsulotni yaratish; mahsulotning navi va standartlarini belgilash; mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish; sotish; omborga joylash; transport xizmati; marketing faoliyatini moliyalash; xatarlar va bozorga oid axborotlar to‘plash. Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni Reklama qilishda, eng avvalo, biz quyidagi savollarni o’z oldimizga qo’yishimiz kerak: Qanday madaniy tadbir tashkil qilish kerak, Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni qanday tarzda tashkil qilinsa odamlarni qiziqtira oladi, Tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbir tomoshabinlarga nima manfaat hamda foyda bera oladi, Madaniy-ma’rifiy tadbirlarni qanday tashkil etilsa tomoshabinlar ushbu tadbirdan rozi bo’ladi hamda keyingi tadbirlarga ham kelishiga turtki bo’ladi, Madaniy-ma’rifiy tadbirni qachon tashkil etilsa odamlarga qulaylik bo’ladi. Reklama madaniy-ma’rifiy tadbirning ommaviylashuvida katta ahamiyatga ega. Madaniy tadbirlar insonlarning madaniy ehtiyojini qondirish, madaniy hordiq chiqarishi va bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishi uchun tashkil qilinadi. Reklama madaniy-ma’rifiy tadbirning tashkiliy ishlarida birinchi qilinadigan ishdir. Chunki har qanday madaniy-ma’rifiy tadbirni tashkil etishdan oldin uni odamlar e’tiboriga yetkazish talab etiladi. Madaniy tadbirlar reklamasini shunday tuzish kerakki, reklamani ko’rgan inson o’zining bo’sh vaqti mazmunli o’tishi, madaniy tadbirdan nimadir olib ketishiga ishonishi kerak. Hozirda madaniy tadbirlarning reklamasi jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Biron konsert, teatr tomoshasi kabi madaniy tadbirlar reklamalarini televideniya, radio, matbuot kabilarda va shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ham e’lon qilinib borilmoqda. Madaniy tadbirlarning reklamasi uning tashkil etilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy tadbirlar reklamasi yordamida odamlar madaniy tadbirlar haqida dastlabki ma’lumotlarga ega bo’ladi, madaniy tadbir qayerda, qanday o’tkazilishi, nima haqida o’tkazilishi, nima maqsadda o’tkazilishi kabi ma’lumotlarga ega bo’lishadi. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar reklamasi orqali biz odamlarga nima sababdan madaniy tadbirga kelishi kerakligini, o’zlarining bo’sh vaqti mazmunli hamda foydali o’tishi mumkinligini, ushbu tadbirdan biron foyda olib ketishlariga ishontira olishimiz kerak. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar reklamasi turiga va tuzilishiga qarab turli joylarda (televideniya, radio, matbuot, ijtimoiy tarmoq) kabilarda e’lon qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Misol uchun keksa yoshdagi insonlar uchun tashkil qilinadigan tadbirlarni televideniyeda yoki radioda e’lon qilinsa, yoshlar uchun mo’ljallangan tadbirlarni ko’proq ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishi kerak. Chunki keksa yoshdagi insonlar orasida ko’proq televizor tomosha qilish yoki radio eshitish ommalashgan. Bugungi yoshlar esa deyarli televizor ko’rishmaydi va umuman radio eshitishmaydi. Yoshlar o’zining vaqtini hozirda ko’proq ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazganligi bois, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish yaxshi natija beradi. Albatta kundan-kunga rivojlanib, yangilanib borayotgan ijtimoiy tarmoqlarda reklama e’lon qilinishida reklamaning sifatiga, vizualizatsiyasiga, zamonaviy bo’lishiga e’tibor qaratish kerak. Download 27.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling