Madaniy o‘zgarishlar uzluksiz ta'lim tizimida ham o‘z aksini topmoqda


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana27.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1234595
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.02 Pedagogik riskologiya



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
 
Mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va 
madaniy o‘zgarishlar uzluksiz ta'lim tizimida ham o‘z aksini topmoqda. Shu 
asosda ta'lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish eng dolzarb vazifaga 
aylandi.
Ushbu dastur pedagogikadagi yangi yo‘nalish hisoblanmish – pedagogik 
riskologiya, ya’ni pedagogning kasbiy faoliyatidagi muqarrar xatti-harakat 
yo‘nalishini tadqiq etuvchi, uning mazmun-mohiyatini o‘rganuvchi fandir. 
Pedagogik riskologiya ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik hodisa sifatida pedagog 
faoliyatining muqarrar tanlov vaziyatidagi xususiyatlarini, uning umumiy 
qonuniyatlarini o‘rganadi. Pedagogik riskologiya yangi integrativ fan bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Pedagogik 
riskologiya 
pedagoglarning 
pedagogika, 
psixologiya, 
madaniyatshunoslik, sotsiologiya fanlari bo‘yicha bilimlarini yangi mazmundagi 
darajaga ko‘tarib, ta’lim muassasalarini boshqarishda zaruriy ko‘rsatmalarni 
berishga mo‘ljallangan. Mazkur fan pedagogik faoliyatda uchrashi mumkin 
bo‘lgan ijtimoiy risk tizimlari va ta’lim boshqaruvidagi ichki nizolar, ziddiyatlar, 
qarama-qarshiliklarning umumiy jihatlarini o‘rganishga va shu asnoda 
o‘qituvchining innovatsion kasbiy faoliyatini oqilona tashkil qilishga yo‘nalganligi 
bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Magistratura yo‘nalishida tahsil oluvchi magistrant ta’lim muassasalari 
boshqaruvidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ruhiy risklarning kelib chiqish sabablari, ularni 
bartaraf etish yo‘llari va oldini olishga mo‘ljallangan strategiyalar, O‘zbekiston 
Respublikasining ta’lim siyosatida bu boradagi yangiliklar, izlanishlar, 
tadqiqotlardan xabardor bo‘lishi talab etiladi. Shu sababli, magistrant magistrlik 
dissertatsiyasini tayyorlashda pedagogik riskologiya fanining metodologiyasini 
mukammal egallashi, fanning metodlaridan foydalana olish ko‘nikmalariga ega 
bo‘lishi zarur. Magistrantlarni ta’lim muassasalarini boshqarish faoliyatiga 
tayyorlashda mazkur fan muhim ahamiyatga ega. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling