Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati


Download 0.63 Mb.
bet14/35
Sana16.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1490976
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati

Askiya tarixi. Xalqimiz qadimdan hazil-mutoyibani, kulgini benihoya sevib keladi. O`zbek xalq madaniyati va san`atining ko`pgina an`anaviy turlari (masxaraboz va qiziqchilar, tsirk ustalari, qo`g`irchoqbozlar tomoshalari) hajviy xarakterda bo`lganligi bejiz emas. Askiya - o`zbek xalqining muayyan tarixiy taraqqiyot yo`liga ega bo`lgan qadimiy va eng sevimli san`at janrlaridan biridir. Ayniqsa, u Ulug`bek, Navoiy yashagan davrlarda nihoyatda rivojlanib, ko`pgina mashhur askiyachilar etishib chiqqan. Alisher Navoiy askiyani juda sevib, uning rivojiga o`z hissasini qo`shgan va o`sha davrning mashhur so`z ustasi Muhammad Badaxshini «askiya piri» deb tan olgan.
Askiya tarixiga murojaat etib, shuni aytish kerak-ki, bu so`z san`ati o`tmishda xalqning orzu tilaklarini, ozodlik va tinchlik, insonparvarlik va mehnatsevarlik his-tuyg`ularini ifodalab kelgan. Mehnatkash xalq orasidan chiqqan so`z san`atkorlari – askiyachilar til shamshirining o`tkir tig`i - so`z o`yinlari, chandish, o`xshatish, mubolag`alar orqali tekinxo`r boy va boyvachchalarning, firibgar qozi, eshonlarning, o`g`ri va qalloblarning qora niyatlarini ayovsiz fosh qilib, ular ustidan zaharxandalik bilan kuldilar, jamiyat illatlarini kulgi asosida tanqid qildilar, qashshoqlik bilan og`ir kun kechirayotgai mehnatkashlarni kuldirib, ularga ma`naviy ozuqa berdilar.
O`zbek askiyachilarining bu san`atiga, bu janrning betakror formasi, ekspromt ijrochilik xususiyati va boshqa antiqa jihatlariga turli xalq vakillarining lol qolganliklari haqida ma`lumotlar kam emas. Buyuk rus olimi, etnografi, O`rta Osiyo xalqlarining revolyutsiyagacha bo`lgan hayotining tadqiqotchisi, «Turkistonda yarim umr» («Poljizni v Turkestane») kitobining muallifi N.S. Likoshin san`atimizning bu turiga alohida e`tibor berib: «O`zbek xalq san`ati va o`yinlari ichida askiya eng fikrga boy, kishilar hissiyotiga va ongiga ta`sir etuvchi eng ta`sirchan vosita, kishini hayratda qoldiradigan original bahs (disputdir)» - deb baholagan edi.
O`zbek san`atining tadqiqotchilaridan biri, yirik sovet olimasi A. L. Troitsskaya askiyaga katta baho berdi va uning hayotdagi ahamiyati to`g`risida «askiya bo`layotgan vaqtda tinglovchilarning yiqilgunga qadar kulishganlarini kuzatgani» haqida yozadi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling