Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati


Download 0.63 Mb.
bet19/35
Sana16.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1490976
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
Madaniy tadbirlarni tashkil etish maxorati

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Diskoklub programmalari necha turga bo`linadi?

  2. Diskoklublar tarixi xaritasi qanday?

  3. O`zbekistonda diskoklublar qay yo`nalishda tashkil etilmoqda?



TAYANCH SO`ZLAR:
Diskoklub, diskoteka, Toshkentcha diskoteka.


MAVZU. KONTSERTLARNI TASHKIL ETISH VA UNING TURLARI
REJA:

  1. Kontsert turlari.

  2. Teatrlashtirilgan tomoshalar.

  3. Oddiy kontsert turlari.

  4. Kontsertlarni teatrlashtirish.

«Kontsert» deganda, keng ma`noda san`atkorlarning oldindan tuzilgan muayyan programma asosidagi chiqishlari tushuniladi.
«Kontsert» lotincha so`zdan olinib, «o`zishaman» degan ma`noni bildiradi. Avvalo, kontsertlar to`g`risida to`liq tushunchaga ega bo`lish uchun ularni turlarga bo`lamiz. Kontsertlar, asosan, uch turga bo`linadi.

  1. Umumlashma (yig`ma) kontsertlar.

  2. Tematik (mazmunli) kontsertlar.

  3. Teatrlashtirilgan kontsertlar.

Birinchi turdagi, ya`ni umumlashma kontsertlar kundalik hayotimizda ko`proq uchrab turadi. Bu kontsertlarni tayyorlash va o`tkazish unchalik katta tayyorgarlikni talab etmaydi. Buning uchun nomerlar tayyor bo`lsa bas, kontsertni tomoshabinlarga xohlagan paytda namoyish qilish mumkin. Havaskorlar o`z ijodini, erishgan yutuqlarini, qobiliyatlarini xalqqa taqdim etishadi. Bunda qat`iy mavzu bo`lishi shart emas, lekin kontsertning ta`sirchanligini oshirish uchun yordamchi vositalardan foydalanishni unutmaslik kerak.
Tematik kontsertlarda barcha foydalanilgan nomerlar yagona mavzuga bo`ysunadi. Bunda hamma nomerlar bir-biriga mantiqan bog`liq bo`ladi.
Odatda, havaskorlar o`z ijodini muhim sanalarga bag`ishlab, kontsertlar tashkil qilishadi. Bunda ta`sirchanlik vositalari, nomerlar mavzu bilan bog`liq bo`lishi lozim.
Teatrlashtirilgan kontsertda esa nomerlar teatrlashtirish metodi yordamida uyushtirilib, ular yagona syujet rivojiga amal qiladi.
Teatrlashtirilgan kontsertlar bu eng murakkab kontsert turi bo`lishi bilan birga, u eng ta`sirli va badiiy-estetik jihatdan kuchli shakldir. SHu sababli unga batafsil to`xtalamiz.
Teatrlashtirilgan kontsert degan tushuncha 50-60 yillarda paydo bo`lgan. Lekin, bu bilan o`zbek va boshqa xalqlarning qadimdan yagona muzika san`atida teatrlashtirilgan elementlar bo`lmagan, deyish albatta noto`g`ri bo`lur edi. Muzika san`atida teatrlashtirish elementlaridan hamda tomoshalarda muzikadan foydalanish milliy an`anaviy san`atda qadimdan mavjud hodisadir.
Qadim zamonlardanoq bayram, marosim, to`ylarda an`anaviy muzika va teatrlashgan tomosha san`ati bir-biri bilan bog`langan holda rivojlanib kelgan. Ayniqsa, bu hol maishiy marosimlarga bag`ishlanganda («YOr-yor», «Kelinsalom»), tabiat va mehnatga («mayda», «yozi») oid mavzularda aytiladigan qo`shiqlarda teatrlashtirish elementlari ancha jonli bo`lgan.
Teatrlashtirilgan tomoshalar (masxaraboz-qiziqchi, qo`g`irchoqboz) va tsirk san`atini muzika va ashulasiz tasavvur qilish mumkin bo`lmagan.
Bunday sintez, asosan, o`tgan asrning 30—40 yillarigacha davom etib keldi. Keyinchalik esa muzika san`ati va teatr san`ati bir-birlaridan bir oz ajrala boshladi. Bunga sabab, muzika san`atining yangi janr va turlar bilan boyishidir. Buning ustiga ular mustaqil ravishda rivoj topa boshladi. Muzika san`ati bilan shug`ullanadigan o`quv muassasalarining vujudga kelishi muzika san`atining rivojlanishiga hissa qo`shadi, lekin ular muzikani boshqa san`atdan ajratib qo`yishdi.
Bu, albatta, ijobiy hol, lekin har bir ijobiy hol-da zarracha bo`lsa ham salbiy tomon bo`lganidek, muzika san`ati teatrlashtirish elementlaridan borgan sari ajrala boshladi. «Birlashish uchun ajralish kerak» deganidek, yana muzika san`ati bilan teatrlashtirish elementlarini qo`shib, kontsertlar tashkil qilish vaqti keldi. Bu haqda keyingi paytlarda ko`p fikrlar bo`lmoqda, zamonaviy yangi yo`llar izlanmoqda.
Mamlakatimizda keyingi yillarda bu sohada ancha tajriba to`plangan. O`zbekistonda ham davlat va respublika ahamiyatiga molik bo`lgan ko`pgina kontsertlar teatrlashtirilmoqda. Lekin ularning ko`pchiligida kontsertning boshi va oxiri teatrlashtirilib, o`rtasida temaga mos bo`lmagan nomerlardan foydalanib kelinmoqda. Bunday kontsertlarni to`liq teatrlashtirilgan deb bo`lmaydi.
Hozirgi ko`pgina kontsertlar faqat muzikaviy nomerlar qo`shiq, raqslar yig`indisi bo`lib qolmoqda. Ularni tashkil qilishda g`oya va mazmun degan komponentlarga e`tibor berilmaydi.
Hayot kontsertlar saviyasini takomillashtirishni talab qilayotgan bir paytda, ko`proq teatrlashtirish metodiga murojaat qilish lozim bo`lib qolmoqda.
Buning uchun, zng avvalo, milliy an`analarga, uning progressiv tajribalariga diqqatimizni jalb qilib, undan teatrlashtirishning an`anaviy usullarini o`rganishimiz kerak. Undan keyingina teatrlashtirish borasidagi zamonaviy ish tajribalaridan foydalanmog`imiz lozim.
Bizningcha, teatrlashtirilgan kontsertlarni tashkil qilishda ikki asosiy talabga e`tibor berish lozim.
Birinchidan, butun kontsert programmasini dramaturgiya asosida (maxsus stsenariya bilan) umumiy g`oyaviy mavzuga bag`ishlab, badiiy-obrazli shaklda, qat`iy syujet liniyasiga amal qilgan holda (boshlanishi, rivojlanishi va yakuni bor) va kompozitsion tuzilishiga ega holda tashkil qilmoq kerak. Bunda kontsertdagi barcha nomerlar mavzuga yaqin bo`lishi shart.
Masalan, «Qo`shig`imdasan, O`zbekiston» nomli teatrlashtirilgan kontsertda O`zbekiston, Vatan, uning so`lim tabiati, dongdor kishilar haqidagi qo`shiqlardan, kuylardan, badiiy lavhalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, kontsertning samarasini oshirish maqsadida uning har bir nomerida ko`proq ta`sirchanlik vositalari (kino, slaydlar, suratlar va hokazolar)dan foydalanish kerak. Masalan, paxta bayramiga bag`ishlangan «Oq oltin karvon-karvon» nomli teatrlashtirilgan kontsertda paxta va paxtakorlar haqidagi, davlat rahbarlarining paxtakorlar bilan bo`lgan uchrashuvini tasvirlovchi kinolavhalardan, shu mavzudagi she`rlar, qo`shiqlar, raqslardan foydalanish mumkin.
Kontsertlarni teatrlashtirish uning nomerlarini real va mahalliy hayotga bog`lash, yaqinlashtirish demakdir. CHunki paxtakorlarga bag`ishlangan qo`shiq ijro etilayotganda zalda (sahna to`rida) paxtakorlarning mehnati va hayotini hikoya qiluvchi fotosuratlar ko`rsatib turilsa, bu nomer ularning real hayotiga yaqinroq bo`ladi. Ularning mehnatini targ`ib qiladi va ko`proq ta`sirchan kuchga ega bo`ladi.
Teatrlashtirilgan kontsertlar ko`pincha muhim sanalarga bag`ishlanib, ularning nomerlari shu mavzuga xizmat qilishi kerakligini aytib o`tgan edik. Tadbir tashkilotchisi mavzuga oid programma tanlashni bilishi, bunda havaskorlarning imkoniyati va kuchiga asoslanishi zarur.
Ba`zan badiiy kollektiv repertuarlarida g`oyaviy-badiiy jihatdan kuchli, xalqqa yoqadigan, lekin kontsert mavzusiga to`g`ri kelmaydigan nomerlar bo`ladi. Bu nomerlardan to`g`ridan-to`g`ri foydalanilsa, kontsert mavzusi va kompozitsiyasiga putur etadi. Agar foydalanilmasa, badiiy jihatdan yutqazish mumkin. Nima qilish kerak? Xuddi shu joyda kontsert rejissyorining ijodkorligi ish beradi. Bunday holatlarda quyidagi usullardan foydalanish mumkin.
1-usul. Mavzuga to`g`ri kelmaydigan nomerga shunday joy topa bilish kerakki, u programma mazmuniga tabiiy bog`lanib ketishi kerak. Masalan, Toshkent Davlat madaniyat institutining metodist-tashkilotchi bo`limi studentlari tayyorlagan «APUS» (Abiturientlik, Paxta, O`qish, Sessiya») nomli teatrlashtirilgan kontsertda o`sha vaqtda hammaga yoqqan R. Tursunovning «SHahlo» nomli kuyiga raqs tayyorlangan edi. Lekin raqs tadbir mantiqiga to`g`ri kelmadi. SHunda quyidagi yo`l topilgan edi. Tadbirning «Paxta» nomli epizodida studentlar tushlik paytida ashula, o`yin qilib o`tirgan paytda xayolparastligi bilan ajralib turadigan yigit bir chetda o`ylanib o`tiradi. U hammaning diqqatini tortgandan keyin undan: «Nima haqida xayol suryapsan?» deb so`rashadi. U «xalaqit bermanglar, men kontsert zalidaman. YAngi chiqqan «SHahlo» raqsini tomosha qilyapman», deb kuyni xirgoyi qila boshlaydi. Unga ansambl’ jo`r bo`ladi va sekin raqqosa chiqib, «SHahlo» raqsiga tushadi. SHunday qilib, studentlarning hayotiga bag`ishlangan bu tadbirni «SHahlo» raqsisiz tasavvur qilib bo`lmay qoldi.
2-usul. Bunda xalqni qiziqtira oladigan nomerlar bilan kontsert mavzusi o`rtasida kesishadigan bir nuqta topib, ularga programmadan qonuniy mantiqiy joy izlash kerak. Masalan, Marhamat shahrida «Gulla, yashna bizning rayon» nomli teatrlashtirilgan kontsertda xalq o`rtasida shuhrat qozongan havaskorlarning bir necha nomerlari rejissyorning diqqatini tortadi. U bu nomerlar tadbirning badiiy saviyasini yanada oshirishi mumkinligini tushunib, programmaga «Marhamat san`ati — yashamoqda» nomli maxsus epizod kiritadi. Bunda Marhamat rayoni san`atiga hissa qo`shayotgan havaskorlar va ularning yutug`i haqida gapirilib, ilova bilan ko`zda tutilgan hamma nomerlar namoyish qilinadi. Bu epizod ham teatrlashtirilgan kontsertning tarkibiy qismi bo`lib ketadi.
Teatrlashtirilgan kontsertning boshlanishi (prologi) va oxiri (finali) tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirish uchun yuksak g`oyaviy-badiiy shaklda o`tmog`i lozim.
Tadbirda nomerlar rivojlanib bormog`i va eng qi-ziqarli o`rinda epizodlar finaldan oldin qo`yilishi kerak.
Oddiy kontsert ikki qismdan (har biri, taxminan bir soatdan) iborat bo`lsa, teatrlashtirilgan kontsert (antraktsiz) yaxlit shaklda, taxminan bir soat ichida o`tadi, chunki tanaffus programmaning rivojiga, ritmiga putur etkazishi mumkin.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling