Madaniy taraqqiyot muammolari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana05.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1427111
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-MAVZU. MA\'NAVIY HAYOTDAGI TUB O\'ZGARISHLAR, MADANIY TARAQQIYOT MUAMMOLARI



8-MAVZU. 
MA’NAVIY HAYOTDAGI TUB O‘ZGARISHLAR, 
MADANIY TARAQQIYOT MUAMMOLARI 
Mavzuni o‘rganishdan maqsad: Talabalarga O`zbekistonda ma`naviy ruhiy 
poklanish. Milliy qadriyatlarning tiklanishi.Milliy istiqlol mafkurasi. ―Avesto‖. 
Din va davlat o`rtasidagi munosobatlar. ―Navro‘z‖ning tiklanishi. Milliy istiqlol 
g`yasi.Ma`naviy me`rosning tiklanishi. Tarixiy xotira. Milliy, diniy urf-odatlar, 
qadriyatlar vaan‘analarning tiklanishi.Mustaqillik va Amir Temur omili.Ta`lim va 
madaniyat ravnaqi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi.Madaniyat va sport. O`z 
kelajagini qurmoqchi bo`lgan har qanday davlat albatta o`z milliy g`oyasiga 
suyanishi darkor. Insoniyat tarixi g`oyalar tarixidir.
Kalit so‘zlar: Milliy istiqlol g`yasi. Ma`naviy me`rosning tiklanishi. Tarixiy 
xotira Milliy, diniy urf-odatlar, qadriyatlar vaan‘analarning tiklanishi. Mustaqillik 
va Amir Temur omili.Ta`lim va madaniyat ravnaqi, Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi. Madaniyat va sport. 
Asosiy masalalar (Reja): 
1. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‗oyasi va mafkuraviy masalalar. 
2. O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar 
merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. 
3. Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. 
Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti. 
4. O‗zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni 
ta‘minlash borasidagi davlat siyosati. 
 
1. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ma`naviy – ilmiy hayotida, afkori ilm 
maydonida muhum voqealar ro`y berdi. O`tgan yillar mobaynida Yurtboshimiz bir 
guruh yetakchi tarixchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan 
uchrashdilar. Bu uchrashuvda Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev tarix fannning 
muammolari haqida mutaxassislar bilan fikr almashdilar, kuuynib gapirdilar. 
Mustaqil O`zbekiston tarixchi olimlar oldida turgan va tezda hal qilinishi kerak 
bo`lgan qator masalalarni ochiq – oydin ko`rsatdilar. Prezidentimiz ushbu masala 
bilan bog`liq bo`lgan aniq vazifalar haqida so`z uyritib, shunday deydilar: ―Buyuk 
tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida 
saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u 
qudratlidir.Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga 
qoldirish vatanimiz siyosatining eng muhim ustivor yo‘nalishlaridan biridir‖
1

Davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston Respublikasi milliy 
davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o`zining 
barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy 
merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug` tarata boshladi. Garchi mustabid 
Sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston tarixi fani to`laqonli tadqiqotinini 
amalga oshirish imkoniyatlari cheklangan bo`lsada, o`zbek xalqi o`zining boy 
1
Mirziyoev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat`iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Tom 1. 
Toshkent: O‘zbekiston, 2017. B-29. 


tarixiy merosini ko`z qorachig`idek asrab keldi. Bu haqda so`z yuritar ekan, 
O`zbekiston Respublikasi Prezdenti Shavkat Mirziyoyev o‘zlarining 2018 yil 28 
dekabrda, 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor 
vazifalari toʻgʻrisidagi Parlamentga qilgan Murojaatnomasida quyidagi so`zlarni 
alohida takidlagan edi: « Oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda 
biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarur. 
Xususan, milliy oʻzligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini 
oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari 
faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimiz lozim. Oʻtmishga berilgan baho 
albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli boʻlishi zarur. 
Afsuski, yurtimiz tarixini oʻrganishda oʻtgan davrda arxeologik tadqiqotlar 
yetarli darajada olib borilmadi. Shuning uchun Fanlar akademiyasining 
Arxeologiya va Sanʼatshunoslik institutlari faoliyatini, oliy oʻquv yurtlari va 
muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish 
zarur. 
Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, 
yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda 
milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz 
kerak. Shu maqsadda, Oʻzbekiston Milliy teleradio kompaniyasi tarkibida 
―Oʻzbekiston tarixi‖ kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz 
bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Mamlakatimiz 
muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, har bir 
muzeyning katalogini yaratish lozim»
2

Natijada, nafaqat Respublikamizda milliy qadriyatlarini tiklash, necha ming 
yillik ma`naviy – ma`rifiy merosni asrab – avaylash, mustamlakachilik davrida 
chetga olib chiqib ketilgan madaniy yodgorliklarni aniqlash va uyrtimizga 
qaytarish borasida ko`plab xayrli shilar amalga oshirila boshladi. Bu ishga xorijda 
yashayotgan hamyrtlarimiz ham o`z hissalarini qo`shmoqdalar.
3
Xususan, Turkiyada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz ulug` 
bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning ―Xazoyinul - maoniy‖ majmuasining 
o`tgan asrning yigirmanchi yillarida O`zbekistondan olib chiqib ketilgan 
qo`lyozma nusxasini Prezident Islom Karimov uyborishdi. 
Mamlakat Prezidenti bu benazir ―Ma`nolar xazinasi‖ asarini she`riyat mulki 
sultonining ramziy uyi – Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga tuxfa 
etdi. Mazkur qo`lyozma XVIII asrda Samarqandda Usta Bobojon o`g`li Mulla 
Muqimjon Samarqandiy ismli xattot tomonidan ko`chirilgan. Bunaqangi nodir 
qo`lyozma, arxiv hujjatlari ham chet elda ko`p bo`lib ularni qaytarish yoki nusxa 
olish burch va vazifamizdir. 
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum 
mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‗liq o‗zgarishlarga yuz 
tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‗zbekiston tarixchilari 
zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori 
2
O
ʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasi/ Xalq so‘zi 29 dekabr. 
3
Prеzidеnt tuhfаsi, Mаrkаziy Оsiyo mаdаniyаti. 2001. №12. 


ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‗nalishlarni o‗zlashtirish 
kabi vazifalarni yuklamoqda. 
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi huzurida O‗zbekistonning eng yangi tarixi bo‗yicha 
jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi qarori kengash 
ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‗onaga ko‗tarish hamda bu 
boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir. 
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‗zbekistonning eng yangi tarixini 
tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‗rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va 
o‗quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‗rni va 
rolini ko‗rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‗yilgan. Mazkur hujjatda 
ko‗rsatilgan vazifalarni bir-birini to‗ldiruvchi ikki yo‗l orqali ro‗yobga chiqarish 
lozim. Birinchi yo‗l – yangi avlod ilmiy va o‗quv adabiyotlarini yaratish.Ikkinchi 
yo‗l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‗ib etish va o‗qitish. 
O‗zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‗z yuritilganda, biz uchun, avvalo, 
mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‗tgan tarixiy yo‗li mohiyati va 
mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, 
mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday 
muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‗zbek jamiyatida qadimgi 
davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‗zini o‗zi boshqarishning jamoa 
shakli, mahalla yig‗inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud 
edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an‘anaviy funksiyalar 
bajarilishining o‗zi bilan qanoatlanib bo‗lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi 
davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‗ldirishimiz maqsadga muvofiqdir. 
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining 
eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti 
Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok 
etishini ta‘minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi 
demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e‘tibor qaratgan. 
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi 
hukmronligini 
o‗rnatgan 
edi. 
Fuqaroning 
huquqiy 
himoyalanmagani, 
boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning 
tazyiq ostiga olinishi ko‗p odamlarda chorasizlik tuyg‗usini uyg‗otib, real hayotdan 
uzoqlashish istagini oshirdi. ―Siyosiy autsayderlar‖ deb ataluvchi kishilar sonining 
o‗sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab 
bo‗ldi. 
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‗lgan ijtimoiy 
ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‗zbekistondagi siyosiy 
partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta‘kidladi: ―Ochiq aytish kerak, 
siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‗tirish 
kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‗lmagan majlislar soatlab davom 
etmoqda, tanqidiy tahlil o‗rniga mayda masalalar bilan o‗ralashib, dolzarb 
muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda‖. Bugun kuchli fuqarolik 


jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‗proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga 
oshirilishi real va faol ko‗p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir. 
O‗zbekistonning eng yangi tarixini o‗rganishda yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan 
vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‗zbek modelining 
konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya 
jarayonlarida ishtiroki bilan bog‗liq masalalarning to‗g‗ri va haqqoniy tahlilini 
xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir. 
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy 
davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini 
o‗rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‗quv-metodik, ma‘rifiy adabiyotlarni 
tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. 
Institutda O‗zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi ―Yangi 
va eng yangi tarix‖, ―Etnologiya va antropologiya‖, ―Tarixshunoslik va 
manbashunoslik‖ bo‗limlari faoliyat ko‗rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni 
o‗rganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, 
etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi 
fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda.Yana ahamiyatli jihati, 
institutning olti nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a‘zosi hamdir. 
Olimlar tomonidan ―Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor‖, ―O‗zbekistonning 
eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‗rganish tajribasi, manba va 
uslublar‖, ―O‗zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida‖, 
―O‗zbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar‖, ―Farg‗ona vodiysi shaharlarida 
iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996-yillar)‖ kabi qator to‗plam va 
monografiyalarning nashr etilishi O‗zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga 
oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin. 
Institutda xorij davlatlari bilan hamkorlikda ishlash yanada takomillashib 
borayotir. Bugun ―Yangi va eng yangi tarix‖ bo‗limi xodimlarining ilmiy 
ishlanmalarini chet elda nashr etilgan yigirmadan ortiq monografiyada o‗qish 
imkonimiz bor ekanligi quvonarli. Bundan tashqari, Rossiya, Germaniya, 
Yaponiya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Shveytsariya, 
Shvetsiya, Gollandiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Turkmaniston kabi davlatlar 
ilmiy nashrlarida yuzdan ortiq maqola chop etilgan. Bo‗lim xodimlari eng yangi 
tarixning dolzarb masalalariga bag‗ishlangan va jahonning turli mamlakatlarida 
o‗tkazilgan o‗nlab nufuzli xalqaro konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda. 
Bugungi kun talab va ehtiyojlari asosida institut xodimlari va yetakchi 
malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ―O‗zbekiston Respublikasining 
eng yangi tarixi‖ darsligi chop etilish arafasida. Jamoa O‗zbekiston tarixi davlat 
muzeyi, ―Qatag‗on qurbonlari xotirasi‖ muzeyi, O‗zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlari davlat muzeyi bilan hamkorlikda ishlab, ularga doimiy amaliy ko‗mak 
berib kelmoqda.Shu bilan birga, institutimizning xorijiy mamlakatlar ilmiy 
markazlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib borayotir. 
Bu kabi sa‘y-harakatlar albatta e‘tiborli. Lekin shu kungacha O‗zbekistonning 
eng yangi tarixini o‗rganish chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan emas. 
Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar to‗laqonli bajarilmaganligi 
sababli ilm-fanning ta‘lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi 


mexanizmlari yetarli darajada faollashmadi. Kengashning ishchi organi – 
O‗zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‗yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik 
markaz cheklangan imkoniyatlari sabab bu davr bo‗yicha mavjud adabiyotlarni 
qayta ko‗rib chiqishni talab darajasida amalga oshirmadi. Ayniqsa, O‗zbekiston 
tarixi bo‗yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‗quv adabiyotlarini o‗rganish va tahlil 
etish mohiyat jihatidan qoniqtirmaydi. 
Bundan tashqari, bizda, afsuski, O‗zbekistonning eng yangi tarixi turli 
aspektlarini o‗rganish bilan shug‗ullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, 
sotsiologlar, siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) 
tarqoqligi, ular faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol 
ko‗rinib qolmoqda. Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz 
va birgalikda sarflanadigan kuch-g‗ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini 
tushunish murakkabligi barchaga ayon. 
Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‗zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi huzurida O‗zbekistonning eng yangi tarixi bo‗yicha 
jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risidagi qarori kengash va 
tarixchilarga muhim yo‗riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va 
kengashning faoliyatini qayta ko‗rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan 
tadqiqotlar, kitoblar, monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal 
etmoq talabini qo‗ymoqda. 
Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a‘zolari qator rejalar, 
amalga oshirilishi zarur bo‗lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, 
iqtisod, madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‗layotgan 
voqealar asosida O‗zbekistonning eng yangi tarixini o‗rganish bo‗yicha kompleks 
yondashuvni ta‘minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi 
va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik 
arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda O‗zbekistonning eng yangi tarixiga 
oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shug‗ullanayotgan barcha ilmiy 
yo‗nalishlarning nazariy salohiyati yangilanishi bilan bog‗liqdir. 
Umuman olganda, O‗zbekistonning eng yangi tarixini o‗rganish va uni 
o‗qitishning dolzarb muammolari bo‗yicha keng munozaralarning zaruratini 
chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa 
vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda 
matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod 
ona Vatanimizning yaqin o‗tmishini tushunishga, murakkab, jo‗shqin va 
jadal sur‘atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix 
solnomasini tizimli o‗rganishga, uni to‗laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj 
sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o‗zbek 
tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir. 
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan 
ko‗pasrlar mobaynida yaratib kelingan g‗oyat ulkan, bebaho ma‘naviy va 
madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‗tarilgan nihoyatda 
muhim vazifa bo‗lib qoldi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta‘kidlaganlaridek, ―Biz 
hozirgi vaqtda yirik bir loyiha-O‗zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil 


etish bo‗yicha katta ishlarni boshlab yubordik. Bu markaz avvalo xalqimizning 
yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosni har tomonlama chuqur 
o‗rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti 
va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‗otish, xalqaro miqyosda 
dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‗lga qo‗yish, bugungi murakkab 
davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi 
ma‘rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‗oyalar, milliy g‗urur va iftixor 
ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarni ko‗zda tutadi‖.
4
Tarixdan ma‘lumki, O‗rta Osiyo xalqlari azaldan bashariyat tafakkur 
xazinasiga ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga unutilmas hissa qo‗shib kelganlar. 
Ajdodlarimiz tomonidan ko‗p asrlar mobaynida yaratilgan asarlar, madaniyatning 
barcha sohalariga taalluqli nodir asarlar, qimmatbaho fikr-mulohazalar hozirgi 
kunda ham jahon xalqlari ma‘naviy dunyosini boyitib, ularning ma‘naviy 
kamolotiga xizmat qilib kelmoqdaki, bundan biz faxrlansak arziydi. 
Bugungi kunda ma‘naviy merosimizni, qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz, 
jumladan, yoshlarimiz ma‘naviyatini boyitish, o‗zligini anglash, xususan 
kelajagimiz bo‗lgan, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli 
mutaxassis kadrlarni tayyorlash ularning ma‘naviyatini yuksaltirishga erishish 
g‗oyat muhimdir. 
O‗zbek xalqining boy ma‘naviy qadriyatlarini qaytadan tiklash, ularni 
xalqimizga qaytarish mustaqillik davri tariximizning ajralmas qismidir. Shu 
ma‘noda bu tarixni yoritmay turib, umuman musaqillik davrining to‗la tarixini 
yaratib bo‗lmaydi
5
.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling