Madaniyat fakulteti


Download 145.5 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1533300
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'zbek xalq musiqa ijodi 2 kurs sirtqi o\'quv dastur 2022 23 5 (1)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


Musiqa ta’lim va MADANIYAT FAKULTETI
MUSIQA ta’lim KAFEDRASI





“TASDIQLAYMAN”
O'quv ishlari bo`yicha prorektor
____________ D.Xolmatov
“___” ____________2022 yil

“TASDIQLAYMAN”
ishlari bo`yicha prorektor
____________2019 yil










O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI
FANIDAN
ISHCHI O‘QUV DASTURI
2022/2023 o‘quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 2-kursl sirtqi
ta’lim guruhi uchun
Bilim sohasi: 100000 – ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – ta’lim
Bakalavriat yo’nalishi: 60111300 – musiqa ta’lim


NAMANGAN – 2022

Fan/modul kodi
O’XMusIj1608

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
4

ECTS-Kreditlar
4

Fan/modul’ turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4 semestr - 2 soat



Auditoriya soati

Mustaqil ta’lim

1

Fanning nomi

Ma’ruza

Seminar

Amaliy

Labaratoria

Kurs ishi

Jami

Umumiy yuklama (soat)

O’zbek xalq musiqa ijodi

6

-

12

-

-

42

58

120




I. FANNING MAZMUNI
Fanni o‘qitishdan maqsad- O’zbek xalq musiqa ijodiga xos «binnigi» uslubida kuylash malakalarini egallash. Guruh bo’lib kuylashning tabiati, didaktik tamoyillari va boshqa qonuniyatlarni bilib olish.Xalq musiqa ijodi va maqom repertuarlari bilan bevosita tanishish va ularni tanlash bo’yicha Yuksak badiiy didga ega bo’lish.Jamoada kuylash va u bilan ishlash jarayonida inson organizmida Yuz beradigan psixo-fiziologik o’zgarishlarni xis qilish va unga ko’nikma hosil qilish.
Fanning vazifasi - Xalq musiqa ijodini o’rganish.
Xalq musiqa ijodida xalq qushiqlari 4 turi haqida tushuncha berish. Mehnat qo’shiqlari, mavsum marosim va urf-odat qo’shiqlari, lirik qo’shiqlari, termalar.
Xalq musiqa ijodi namunalari ijrosi bilan amaliy tanishish:
- talabalarning milliy musiqiy ma`naviyatimiz haqidagi bilim darajasini kengaytirish, repertuarini boyitish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog`lash;
- talabalarning milliy xalq musiqa ijodiga bo’lgan qiziqishi va xurmatini oshirish;
- o’zbek xalq qo’shiqchiligiga xos, nola, qochirimlarni maromiga etkazib, kuylashdan iborat.


II. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI)


II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-mavzu. O’zbek xalq musiqa ijodi fanni mashg’ulotlari mazmuni.
2-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni.
3-mavzu. Ibtidoiy jamiyatga oid ijod shakllari musiqa ijodiyoti kelib chiqish muammolari.
4-mavzu. O’zbek xalq musiqa ijodining o’ziga xos tomonlari hamda asosiy qatlamlari.
5-mavzu. O’zbek xalq musiqa ijodining tarixiy rivoji.
6-mavzu. Ilk ishlab chiqarish iqtisodiyot tizimida ohangdor uslublarning shakllanish xususida.



II.2. SEMINAR MASHG‘ULOT MAVZULARINI
1-mavzu. O’zbek xalq musiqa ijodi fanni mashg’ulotlari mazmuni
Ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining serqatlamligi. Uning marosim, urf-odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bevosita bog’langan, folg’klor, xalq ijodi deb nom olgan shakllari. Ustozona musiqa, og’zaki an’anadagi professional musiqa yo’llari - an’anaviy musiqa ijodining tarixiy ko’rinishlari
2-mavzu. Fanning pedagogika va san’at tizimidagi o’rni
O’zbek xalq musiqa ijodi fani ixtisoslik fani hisoblanadi. Talabalar o’zbek xalq musiqa va qo’shiqchilik ijodiyoti, an’anaviy musiqa shakllari bilan tarixiy-nazariy va amaliy (seminar) mashg’ulotlar jarayonida bevosita tanishib oladilar.
3-mavzu. Ibtidoiy jamiyatga oid ijod shakllari musiqa ijodiyoti kelib chiqish
muammolari
Ibtidoiy davr odamlarining hayot shart-sharoitlari hamda diniy qarash, e’tiqod va marosimlarining yuzaga kelishi haqida. Turli topinish va e’tiqodlar bilan bog’liq bo’lgan marosimlarning badiiy-ijroviy xususiyatlari haqida.
4-mavzu. O’zbek xalq musiqa ijodining o’ziga xos tomonlari hamda asosiy qatlamlari
An’anaviy musiqa ijodining hayotiyligi va mazmundorligi, xalq ma’naviy qadriyatlarini saqlash jarayonidagi ahamiyati. Musiqa janrlarining ijtimoiy-tarixiy sharoit, ma’naviy talablar rivoji ta’sirida o’zgarishi.
5-mavzu. O’zbek xalq musiqa ijodining tarixiy rivoji
Ovoz va qadimgi cholg’ular vositasida "ommaviy o’yin" va "yakkaxonlik" shakllarida namoyon bo’lishi. Mazkur ijroviy shakllarning musiqiy jihatlari hamda birlamchi janr andozalari (nutqdosh ohanglar, o’yin-raqs usullari, darak beruvchi iboralar va b.)ning qaror topishi to’g’risida. Musiqa cholg’ularining ilk shakl va turlari.


6-mavzu. Ilk ishlab chiqarish iqtisodiyot tizimida ohangdor uslublarning shakllanish xususida
Chorvachilik, dehkonchilik, hunarmandchilikka asoslangan iqtisodiyot tizimida ohangdor musiqa uslubining shakllanish xususida.






Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling