Madaniyat tushunchasiga tarixiylik va ilmiylik
Hozirgi bosqichda O’zbekistonda madaniy hayot
Download 32.18 Kb.
|
MADANIYAT VA UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O’RNI
4. Hozirgi bosqichda O’zbekistonda madaniy hayot
Mustaqillik eng ulug’ va eng aziz ne’mat. Ozodlik, hurriyat, erkinlik. Bu oiliy tushunchalarni yurakdan his qilish, anglab yashash – buyuk saodat. Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy-ma’naviy merosni tarixiy-me’moriy obidalarni asrash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayapti. Mustaqil rivojlanish yillarida tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo’lga kiritdi. Buning natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o’zgarib, jahon hamjamiyatidagi o’rni va nufuzi yuksalib bormoqda. “Pathcon-Assas Paris 11” Universiteti professori Jek Baraning ta’kidlashicha, madaniy va ma’naviy merosga, iqtisodiy, sayyohlik va inson salohiyatiga ega bo’lgan O’zbekiston mamlakatini modernizatsiya qilish va demokratik yangilash yo’lidan shahdam borib, xalqaro munosabatlar tizimida alohida o’rin tutgan holda, jadal sur’atlarda rivojlanmoqda degan edi. Parij shahrida joylashgan Fransiya Geografiya jamiyatida O’zbekistonda olib borilayotgan demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar hamda dolzarb mintaqaviy muammolarga bag’ishlangan anjumanda: Yurtimizda madaniyat va san’at, jumladan, musiqa rang-barangligini ta’minlash doimiy etiborda. Zero, ota-bobolarimiz asrlar mobaynida milliy san’atimizni taraqqiyettirish bilan bir qatorda, jahon san’atining ilg’or namunalarini ijodiy o’zlashtirgan va rivojlantirgan. Mustaqillik yillarida zamonaviy O’zbek san’ati dunyo miqyosida yanada yuksak obro’ va e’tibor topayotganda iqtidorli yoshlarimizning xizmati kattadir, iste’dod egalarining baland parvozida ijodkor yoshlarni qo’llab quvvatlash mamlakatimizning davlat siyosatiga aylangani muhim ahamiyat kasb etdi. Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o’tgan murakkab rivojlanish yo’llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki qayerda davlat va jamiyat taraqqiy etsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi o’z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo’yib, yashashi uchun yetarli sharoit yaratilgan bo’lsa, o’sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviy yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug’uladi. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakillantirish masalasi biz uchun g’oyat dolzarb ahamiyatga ega. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohatlarimizning samaradorligi avvalo xalq-ma’naviyatning shakillanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan bog’liqdir. “Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalarni ko’z o’ngimizdan o’tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojlariga bevosita dahldor dolzarb masalalarni hal qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab tomonlari, milliy qadriyatlar tarixiy an’analar, umuminsoniy, ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak” Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bo’lishi lozim? Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligimizning ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Bizning vazifamiz – shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish kerak. Masalaning boshqa tomoni ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Insonning to’la qonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo’lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o’choqlarini ko’paytirish va ularning sharoitini yaxshilash. Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma’rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim. Va nihoyat shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi o’qtuvchilar va shifokorlar madaniy muassasalardagi va boshqa sohalardagi ko’plab mutaxasislar – chinakam ziyolilardir. Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimiga e’tiborni ko’paytirish kerak. Chunki ma’naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalgam oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarning amaliy natijasi o’laroq, adabiyot va san’at, madaniyat matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo’lganini qayd etish joyiz. Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashmiz kerak. Ulug’ adib Cho’lpon aytganidek adabiyot yashasa – millat yashaydi. Qachonki milliy madaniyatning uzviy qismi bo’lgan teatr san’ati xususida so’z borar ekan, buyuk marifatparvar maxmud Xo’ja Behbudiyning “Teatr bu ibratxonadir” deb aytgan fikrini eslash o’rinlidir. Kino san’atining inson ongi va tafakkuri, jamiyat hayotiga ta’siri beqiyos ekanini hisobga olgan holda istiqlol yillarida milliy kinomotografiyani ham har tomonlama rivojlantirish, bu borada zarur moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha amalgam oshirilgan keng ko’lamli chora tadbirlar tufayli yangi-yangi filmlar suratga olinmoqda, ular orqali tariximiz va bugungi hayotimiz bilan turli mavzular yoritilmoqda. Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimining rivoji tasviriy san’at namunalarimiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’zbek rassomlarining keyingi yillarda samarali ijod qilib, yangi-yangi yutuqlarni qo’lga kiritayotganni, bu sohaga ko’plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani uchun uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi. Bugungi kunda poytaxtimizning Amir Temur, Samarqanddagi Ko’ksaroy, Shaxrisabzdagi Oq saroy maydonida Sohibqiron siymosida doimo nur jilvalanib turganini ko’rishimiz mumkin. Farg’ona shahrida Ahmad Farg’oniy, Urganchda Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida Alisher Navoiy, Poytaxtimizda G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari yozuvchi va shoirlarimiz haykallarini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa “El-yurt tayanchi” va boshqa ko’plab monumental san’at asarini barpo etishga muyassar bo’ldik. 2010- yida Ko’hna va Boqiy Buxoro “manument”i ham bunga misol bo’ladi. Download 32.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling