Madaniyat va san`atning sohasi boshqaruvi Tashkiliy huquqiy asoslari


Natija va ishlab chiqarish o'rtasidagi farq nima?


Download 217.54 Kb.
bet7/10
Sana21.06.2023
Hajmi217.54 Kb.
#1638397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Reja

Natija va ishlab chiqarish o'rtasidagi farq nima?
Chiqish nima ishlab chiqarganingiz yoki tashkilotingiz faoliyati haqida hikoya qiling. chiqish chora-tadbirlar sizning mijozlaringiz uchun xizmatlaringizning qiymati yoki ta'siriga ta'sir qilmaydi. Boshqa tomondan, an Natijasi bu sizning tashkilotingiz ko'rsatgan faoliyat yoki xizmatlar tufayli yuzaga kelgan ishlash yoki yutuq darajasi.
Operatsiyalarni boshqarish asosan qaysi uchta texnologiya bilan bog'liq?
Kirishjarayon-Chiqish (IPO) modeli (yoki IPO diagrammasi) - bu a ning ingl jarayon yoki tizim tuzilishini tavsiflash uchun tizim tahlillari va dasturiy ta'minot muhandisligida yondashishda foydalaniladigan tizimning hayotiy tsiklining natijalari, kerakli boshqaruv elementlari va muhim imkoniyatlarini ko'rsatuvchi tizim.
Operatsiyalarni boshqarishda ishlab chiqarish nima?
Operatsiyalarni boshqarish kirimlarni (ishchi kuchi, kapital, asbob-uskunalar, erlar, binolar, materiallar va ma'lumotlar) o'zgartiradi Chiqdi xaridorlarga qo'shimcha qiymat beradigan (tovarlar va xizmatlar).
Amaliyot jarayonlari nima?
Operatsiyalarni boshqarish is birinchi navbatda tegishli bilan uch xil texnologiya: mahsulot va xizmat texnologiya, jarayon texnologiya, va ma'lumot texnologiya (IT). Hammasi uch xarajatlar, samaradorlik va raqobatbardoshlikka katta ta'sir ko'rsatishi mumkin
tushunchalari har qanday jamiyat hayotining ajralmas qismidir. Maqsad –bu tashkilot istiqbolda erishishga harakat qilayotgan istalgan holatdir. Maqsadning ahamiyati tashkilot qandaydir natija uchun mavjudligini aniqlashda namoyon bо‘lsada, maqsadlar nafaqat natijani aniqlashda, balki xodimlar va jamiyat uchun u haqda ma’lumot yetkazishda imkon tug‘diradi. Reja belgilangan maqsadlarga qarab, tashkilot harakatining “yо‘nalishi”ni ifoda etadi. Rejalashtirish esa tashkilot maqsadlari va ularga erishish usullarini belgilashni anglatadi.
1.2.1-rasmda tashkilotdagi maqsad va rejalar darajasi kо‘rsatilgan. Rejalashtirish jarayoni missiyani ifodalash bilan boshlanadi. Missiya eng avvalo chetdan kuzatuvchilar nuqtai nazaridan tashkilotning bosh maqsadini yoki faoliyatining natijasini aniqlaydi. Missiya maqsad va rejalarning strategik darajasi (kompaniya darajasi) uchun asos bо‘lsada, strategik reja о‘z о‘rnida taktik darajasini (bо‘linma darjasi) shakllantiradi. Taktik daraja esa operatsion (bо‘lim) darajasiga asos bо‘ladi.
Maqsadlar vazifaga erishish vositasidir. Tashkilot vazifasini aniqlashda quyidagilarni kо‘rsatish kerak:
a) tashkilot qanday mahsulot(xizmat) ishlab chiqaradi?
b) tashkilotning tashqi muhitga nisbatan ishlash tamoyillari
qanday?
v) tashkiliy madaniyati: ichki muhit va bu muhit odamlarni о‘ziga qanday jalb etadi?

1.2.1-rasm. Tashkilotdagi maqsad va rejalar darajasi
Maqsad sо‘zi turli ma’noga egadir. Turli olimlar uni har xil tushunchalar bilan taqqoslab tushuntiradilar. Misol uchun, Y.Chang va F.Kampo-Flores 1 maqsadni tashkilot siyosati bilan, B.Karlof2 xissiyot bilan , R.Akoff3 esa rejalashtirish bilan qiyoslaydi.
Lekin bu tushunchalarni ikkita umumiy hal qiluvchi tomoni birlashtiradi. Birinchidan, maqsad tashkilotning ma’lum vaqt mobaynidagi rivojlanish yо‘nalishini belgilab beradi. Ikkinchidan, ma’lum vaqtdan sо‘ng tashkilotni belgilangan holatda bо‘lishini bildiradi.
Maqsadni belgilash jarayoni shartli ravishda ikki bosqichdan iborat bо‘ladi:

  1. tashkilot missiyasi va oliy rahbariyat qadriyatlarini aniqlash;

  2. rivojlanish maqsadilarni belgilash.

Missiya bu bosh maqsad bо‘lib, boshqaruv qarorlari kompleksini qabul qiladi, boshlang‘ich nuqata va mezondir.
San’at muassasalari о‘z missiyasini ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga rioya qilishi maqsadga muvofiqdir:

  1. Missiya muassasa rolini uning iste’molchi, hamkor va boshqa unga aloqador auditoriyalari nuqtai nazardan tasvirlanishini о‘z ichiga qamrab olishi lozim.

  2. Missiyada muassasa о‘z mahsuli bilan qanday extiyojlarni qondira olishi aks etiladi.

Missiyada muassasa qanday imkoniyatlarga egaligi, nimani taklif qila olishi va qanday yakuniy maqsadga butun uning faoliyati qaratilishi namoyon bо‘ladi. Unda muassasaning istiqbollari ham о‘z aksini topishi kerak. Bu borada san’at menejmenti mutaxassisi Jillian Xenberi Pul shunday deydi: “Siz shaxar muzeyining rahbarisiz. Sizning muassasangiz qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi hammaga ma’lum. Bu holda missiyangizni ifodalash nima uchun kerak? Yoki siz balet truppasisiz? Siz balet qо‘yasiz. Siz uchun qanday missiya kerak? Yana nimalar haqida gapirish kerak?”
Qisqa javob: “Xali yana juda xam kо‘p narsa haqida gapirish kerak”.
Shaxar muzeyi:

  • Bu qanday muzey? (tarixiy, ekologik, badiiy)

  • Nima uchun u yaratilgan?

(marifiy maqsadlarda, ilmiy izlanishlar, ilmiy kadrlarga ish berish uchunmi?)

  • Kimlarga qaratilgan ?

(olimlar, bolalar, turistlar, boshqa mamlakatlardan kelgan tadqiqotchilargami?)

  • Qanday dasturlar taklif qiladi?

(leksiyalar, ekskursiyalar, noyob eksponatlar kо‘rgazmalari?)

  • Qanday noyob predmetlar uning tо‘plamlarida mavjud?

(shaxar, viloyat va mamlakatlar uchun?)
Shaxar baleti:

  • Nima kо‘rsatyapsizlar?

(klassik repertuari, zamonaviy balet) • Siz mavsumiy tarzda faoliyat yuritasizmi?

  • Kimlarni jalb qilmoqchisiz?

(ota-onalar bolalari bilan, bolalarni yoki xorijiy turistlarnimi)

  • Qanday maxsus dasturlarni siz taklif qilyapsiz?

(ma’rifiy yoki yosh raqqoslar uchun maxsus dasturlar)

  • Qanday noyob imkoniyatlarni taklif qilyapsiz?

(shahar, viloyat yoki mamlakat uchun)
Barcha san’at muassasalari yuqoridagi kabi savollarga javob berishi kerak, chunki missiyasini aniqlash bugungi kun talabi bо‘lib kelmoqda4.
Missiyani ifodalash kо‘rinishdan osonga о‘xshasa ham lekin ayrim qiyinchiliklar mavjud. Missiyaga qarab muassasaning maqsadi va vazifalari aniqlanadi. Missiya menejer qaror qabul qilishi va tanlashida asosiy о‘lchov sifatida xizmat qilmog‘i lozim.
San’at muassasida biron bir dasturni amalga oshirishdan oldin uni muassasa missiyasiga qarshi emasligini tekshirish kerak. Misol uchun, agarda etnografik muzeyiga badavlat bir homiy tomonidan muzey zallarida ma’lum vaqtga avangard yо‘nalishiga bag‘ishlangan kо‘rgazma о‘tkazish taklifi tushgan bо‘lsada, menejer bu taklifni qabul qilishdan oldin har tamonlama о‘ylab kо‘rishi lozim, chunki muzey missiyasiga bu taklif tо‘g‘ri kelmasligi hammaga ma’lum.
Bugungi kunda samarali boshqarishni amalga oshirish va kelajakka rejalar tuzish uchun gallereya о‘z missiyasini aniqlamog‘i lozim. Uni tuzishda birinchi loyihalari barcha bо‘lim boshliqlari bilan muhokama qilinadi.
Ayrim yirik san’at muassasalar amaliyoti shuni kо‘rsatadiki, missiyani tuzishga kirishish bо‘lim boshliqlarining menejer tomonidan
tuzilgan namunaviy rejani tо‘ldirishlaridan boshlanadi.
Jillian Xenberi Pul tomonidan tavsiya etilgan “Missiyani tuzish” bо‘yicha namunaviy reja quyidagi qismlardan iboratdir:


  1. Download 217.54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling