Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua


«ISROF QILSANG NONNI —YUQOTASAN IMONNI»


Download 422.09 Kb.
bet21/39
Sana28.01.2023
Hajmi422.09 Kb.
#1136911
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
Majmua

«ISROF QILSANG NONNI —YUQOTASAN IMONNI»
(Nizomiddin Mir)u Kishilar xususan yoshlar axloqiy tarbiyasida nonning tutgan o'rni va o'ynaydigan roli haqida so'z borar ekan, o'zbek an'anaviy pedagogikasi, uning hamnafasi og'zaki ijod va hayotidan ko'plab qiziqarli, ibratli misollar keltirish mumkin. SHundaylardan yana biri quyidagi voqeadir.1968 yil. Ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 525 yilligiga qizg'in tayyorgarlik ko'rilayotgan bir payt edi.«Hazratimniig (ya'ni Navoiyning) to'ylarida biz hamz bo'laylik-da» deb, Toshkentga otam Murodilla ota Ziyodilla o'g'li yonida ikki-uch do'st-birodarlari bilan kelib qoldi. Ularni yoshlikdan taniyman, butun umrlarini mehnat, ya'ni dehqonchilik bilan paxtachilikda o'tkazishgan. Ulug' Navoiyning to'ylarini munosib kutib olishga tayyorlanayotgan Toshkentimiz o'zgacha tarovatli va fayzli edi. Bamisoli sohibjamol kelinchakday poytaxt jamolidan mehmonlar chunon xursand. bo'lishdi. Bir payt ko'hna Shayxantohurdagi yemakxonaga kirmoqchi bo'lib turgan edik, meni professor Hamid "Sulaymon (o'sha paytda u kishi Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining direktori, Navoiyning 525 yillik yubileyi komitetining a'zosi edi) zudlik bilan yo'qlayotganini aytib qolishdi. Mehmonlarga bemalol ovqatlanib, so'ngra muzey oldidagi «She'riyat bo'stoni»ga kelishlarini tayinlab, ishxonaga qaytdim. Ishlarimni bitirib, «SHe'riyat bo'stoni»ga chiqdim.
Dadam bilan yonidagi oshnalarining boyagi shodlik quvonchidan asar ham qolmagan, kayfi nihoyatda buzuq bir alpozda ko'rib, yuragim orqaga tortib ketdi...
— Io'q, domlangizdan xafa bo'lmadik, zarur bo'lgan ekansiz, yo'qlatibdilar. Bizni tez o'z qishlog'imizga jo'natib yuborsangiz bo'lgani.
— Ha, shu bugunning o'zidayoq poezdga chiqarsangiz,
—dadamning so'zini quvvatladi oshnasi.
— Anavu joydagi nonko'r — odobsizlar ranjitdi,
—Deb qoldi nihoyat mehmonlardan biri.
— Ochiqroq tushuntiringlar-chi,— so'radim toqatimoq bo'lib men.
— Bir ablah oshxonada ovqatini yeb tugatgach, og'zini nonga artib chiqindiga tashlasa bo'ladimi?—deb javob berdi hamrohi.
Bunday nonko'rni ko'rgan dadam chidab turolmasdan, uni koyiy boshlagan ekan, kimdir shunchalik to'kin-soyain paytda bu ochopat kishi qaerdan kelib qoldi deb, luqma tashlabdi, hatto jerkib beribdi, uni ikki-uch; kishi qo'llab-quvvatlabdi. Qeyin ota o'zini tutolmabdi. Dadamning bunday qilishining tag-zamini bor edi, albatta. CHunki xalqimizning birgina nonni dasturxon ustida sindirish va uni o'tirgan holda yeyishdek ajoyib udumini eslayman. Darhaqiqat, nonning kichik uvog'i ham uvol bo'lmasligi uchun ota-bobolar azaldan uni dasturxon ustida ushatish ya tanavvul qilishni odat tusiga kiritganlar, yosh avlodni bunga qat'iy amal qilishga odatlantirganlar kezi kelganda «Qizil imperiya» davrida non bilan bog'liq biz ovrupa, aniqrog'i, o'rus odatini ko'r-ko'rona qabul qilganimizni afsus bilan qayd qilib o'tmoqchimiz. Bu umuman Sharq, shu jumladan, o'zbek xalqi urf-odati, udumlari-yu an'analariga butunlay zid bo'lgan aziz mehmonlarni ko'ringan joyda, tik turgan holda non-tuz bilan kutib olishlikdir. Bu zo'rma-zo'raki, yuqoridan turib qabul qilingan, xalqimizning hayoti, xarakteri, milliy xususiyatlari, ta'lim-tarbiyasiga xech bir singmaydigan an'anadir. Balkim, u boshqa millatlar uchun xalqchil an'analardandir. Ammo, u o'zbek millati, o'zbekona tarbiya uchun mutlaqo yot bo'libgina qolmay, zararlidir. Zero, Allohi karimning inson uchun oliy ne'mati, rizq-ro'zi deb tan olingan, hadisi sharifda qayta-qayta ulug'langan nonni o'zbek kelgan joyda, tik turgancha uvoqlarini har tomonga sachratgan holda iste'mol qilmaydi, aziz mehmonni tik turgan holatda non yeyishga da'vat etmaydi uyning to'rida o'tirib dasturxonda yedirishga harakat qiladi. O'zbeklarning eng aziz mehmonni kutib olishlarini qadim-qadimdan sinovlardan o'tgan, suyak surib kelgan o'z milliy an'analary bor, chunonchi isiriq solish, erkaklar tomonidan shirinliklar tutish, qolaversa to'n, do'ppi kiygizish, belbog' bog'latgan va boshqalar. Non-tuz tutishni tugatib, asl qadriyatlari mizni tiklashning vaqti keldi. Dasturxonga nonni yuzini yerga qaratib emas (non yuzi inson yuzidek issiq, yoqimli va mo''tabar-da!), aksincha uni o'ng holda qo'yish, teskari ushlamasdan, o'ng, ya'ni to'g'ri ushlap (bu odat ham nonni e'zozlash, hurmatlash bilan bog'liqdir!), bir qo'l bilan sindirmasdan ikki qo'llab ushatish qabul qilingan. — Bir burdami yo bir tonnami, baribir non yetishtirish qanchalik qiyin ekanligini 'bilganda edi, degan edi o'shanda dadam,— ana shu yaramaslarga o'xshagan kishilar nonga bunchalik bee'tibor, behurmatda bo'lishmasdi. Hayron bo'laman, nonga 'og'iz artgan, uni oyoqosti qilganlar ham insondan tug'ilarmikan? Ota-onasi, qavmi-qarindoshi, mahalla-ko'yi bormikin? Bor bo'lsa nega endi nonni undoq qilma, bundoq qilma;uni uvol qilganni Alloh ham, bandasi ham kechirmaydi, non jannatdan chiqqan Alloh ne'matlaridan biri, unga iymondek hurmat-sadoqatda bo'l, deb o'rgatmagan, ta'lim bermagan. Nega endi maktablarda, hatto bog'cha-yaslilarda NON darslari, tarbiya mashg'ulotlari o'tishmaskin? Dadam so'zini ana shu nazarimda juda ham o'rinli savol bilan tugatgani hamon esimda. Darhaqiqat, dadam aytganlariday, nega katta-kichiklar orasida nonga bag'ishlangan axloqiy-tarbiya mashg'ulotlar o'tkazilmaydi? Maktablar, oliygohlar hamda maxsus o'quv yurtlarida «Non qadri», «Non — oliy ne'mat, rizq-ro'z» kabi mavzularda qiziqarli uchrashuvlar, savol-javob kechalari o'tkazilmasligini hatto maxsus darslar deyarli yo'sligini nima bilan izohlash mumkin? Maorif, madayaiyat muassasalarining non bilan bog'liq madaniy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiyaviy ishlarga bunchalik befarq qarashlarining boisi nimada?
Radio, oynaijahon, ro'znomalar, oynomalarning kishilarda NONga mas'uliyat bilan qarash, uni qadrlar bilan bog'liq onda-sonda chiqishlarining naqadar sayozligi, qiziqarli emasligi, yazmuni tor, shakl-shamoyili pastligini aytmay qo'ya qolaylik. Vaholanki, kishilar, xususan yoshlarning axloqiy, jismoniy tarbiyasida NON va NON mahsulotlari qadri bilan bog'liq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaning ta'sir kuchini, takror aytamiz, hech narsa bilan taqqoslab bo'lmaydi. Nonga hurmat, uning qadriga yetib e'zozlash — ona-elga, ota-yurtga, ota-onaga bo'lgan muhabbat, sadoqat, e'tiqod bilan bab-baravar turmog'i, har bir kishining bolaligidan qon-qoniga singdirilmog'i tarbiya sohasidagi muhim ishlarimizdan, oliyjanob burchlarimizdan bo'lmog'i lozim. Bizning da'vatimiz: «Nonning qadriga yetish — muqaddas burch; uni isrof qilish — vatangadolik, oqpadarlikdir!» bo'lmog'i kerak. Darhaqiqat, haqqoniy savol tug'iladi: mustaqiljumhuriyatimiz maktablar, maxsus va oliy o'quv yurt- lari dasturlariga non haqida dars . soatlari kiritishning vaqti yetmaganmikan? Qani endi non haqidagi chuqur, mazmunli suhbatlarni boshlab bog'cha, yasli bolalarini, maktab o'quvchilariyu oliygoh talabalarini XI asrdayoq Yusuf Xos Hojib: Qalyf tabranurg'a bulardan oziq, tuzurga tegir yem-ichimdan todiq, deb ta'rif-tavsif qilgan mirishkor dehqonlar dehqonchilikning don yetishtirishdek sermashaqqat mehnati jarayoni, non tayyorlashdek nozik va qiyip mehnatning butup qirralari, jozibasi, estetikasi, texnologiyasi bilan tanishtirilsa, bu ish nonvoylik kasbining ustalari ishtirokida olib borilsa edi.Bug'doyzor dalalarga va nonvoyxonalarga tez-tez eks kursiyalar uyushtirilsa, non haqida og'zaki jurnallar, bahs-suhbatlar, leksiyalar muntazam ravishda tashkil etilsa, kishilarda, xususan yoshlarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, zaminni sevish va ardoqlash, kasbga hurmat, isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslik, xullas, yuksak insoniy ideallarga, inson va uning mehnatiga sadoqat, el-yurt yo'lida fidoyilik ko'rsatish kabi axloqiy prinsiplarni shakllantirish va kamol tovtirish yo'lida qanchalar katta, amaliy va tarbiyaviy ishni amalga oshirgan bo'lar edik. Axir non mahsulotlari: bug'doy, shuningdek arpa, tariq, qo'noq kabi dukkakli ekinlarnipg qanday o'sishi, ularni yetkazishdagi mehnat jarayonlari, tandir va syexlarda non yetishtirish va non yetishtirish texnologiyasi kabilar bo'yicha yetarlicha bilim va tushunchalarga ega bo'lmagai yoshlarning ko'plab uchrashi sir emas-ku?
Biz Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat oliygohi madaniy-ma'rifiy kulliyoti metodist-tashkilotchi bo'limining kunduzgi I kurs talabalari bilan ba'zi maktablarning o'qituvchilariga «NON qadri haqida nima bilasiz?» Klublarda bolalar va o'smirlar bilan ishlash jarzspida «Kishi hayotida — nonning o'rni» borasida kanda tarbiyaviy soatlarni olib borish mumkin» kabi bir qancha savollardan tashqil topgan anketa tarqatib Mana studentlar javobidan ayrim namunalar: «Rizq ro'zimiz hisoblanmish nonni bobo dehqop manglay techri, saxiy qalbi, qaynoq mehri evaziga yetishtyrlar ha, har bir boshoq, demak, har burda non dezdon ko'lkch-ning qadog'i-yu olimning zakovati bilan dunyoga keladi. Biz yoshlar ham nonimizning hatto ushog'ini ham muqaddas bilib, uni e'zozlashimiz, ardoqlashimiz lozim. Nonga hurmat xalqing va ona diyoringga chin sadoqat hamda e'tiqod bilan chambarchas bog'liq bo'lishi kerak» (I-kurs talabasi Viloyatxon To'raxo'jaeva, toshkentlik). «...Xalqimiz muqaddas deb bilgan hamma narsa, shu jumladan, nonga ham yuksak insoniylik nuqgai nazaridan qaramog'imiz, bqilona munosabatda bo'lmog'imiz lozim. Xalq boyligi bo'lgan nimaikp bor ko'z qorachug'idek asrangiz, deb ta'lim beradi xalq an'anaviy namunasi. Non ham xalq boyligi. Ba'zi «boyvachchalarni hisobga olmaganda, ota-onalarimiz, o'zbek xalqi yaonga katta hurmat bilan qarab, uning isrofgarchili gpga qarshi kurashpb keladilar. Non isrofgarchiligiga ko'proq dehqon mehnatiga yetarlicha baho bera olmaydigan biz yoshlar aybdormiz deb bilaman. Shuning uchun ham nonnpng behuda isrofgarchiligiga qarshi kurashni yoshlar qo'lga olsa, to'ylarda ham, umumiy ovqatlanish va boshqa joylarda non isrofgarchiligiga yo'l qo'nilmaydi». (Sharifa Xvagova, I kurs talabasi, andijonlik). «Jonajon respublikamiz mustaqillikka erishdi. Demak, don biznnng asosiy boyligim.iz, kuch-qudratimiz, tinchliksevarligimiz ramzp. SHu boisdan hamnonga hurmat, uni qadrlash, non isrofgarchiligpga gaplira kurash bizning vazifamiz ekan, bu — bizning jumhuriyatimizda non yetishmaslpgpdan emas, balki ajoyib xalqparvarligimiz va yurtsevarligimiz ifodasidir». (Abdusami Sattorov, III kurs talabasi). «...Samarqand nonlarining,— deb yozadi II kurs talabasi Sharapov Obiddin,— ta'rifi hamma yerga tarkalganshsh bilamiz. Samarqand nonlarini ko'z o'ngingizga keltiripg, ular mazasi, ko'rinishi va katta-kichikligi bnlan barchaning diqqat-e'tiborini o'ziga tortadi, Samarqandga kelgan har bir mehmon albatta uzi bilan Samarqand nonidan slpb ketadi. Horijiy mamlakatlardan kelganlarni aytmaysizmi? Birdan hammalari o'zlarini non bozoriga urishadi. Uz yurtlariga qaytishda ham yurtimizning ajoyib sovg'asi bamisoli san'at darajasidagi «Samarqand noni»dan yuchib qaytishni unutmaydilar». Yuqoridagi so'zlar o'zbek noni, unp san'at darajasiga ko'tarib maqtagan xorijlik do'stlarimizning yuksak baholari bilan hamo hangdir. Bizningcha, mustaqilligimiz talab taqozosi bilan tuzilayotgan maktab, oliygohlarning yangi dasturlariga yuqorida qayd etilganlardan tashqari «Don yetishtirish mehnati», «Non te.xnologiyasi», «Non tayyorlash san'ati», «Non rizq-ro'zimiz», «NON haqida donolar», «Non qadri», «Non haqida nimalar bilasiz?» «Non haqida islom dinp» kabi mavzular kiritilib, non haqida mazmunli, quyuq fikrlar bayon etilsa ayni muddao bo'lardi. Markaziy matbuotlarda qayd etilishicha, Ukrainada, xususan, maktablarda «YAngi bug'doy unidan yopilgan birinchi non» degan bayram muntazam o'tkazilib turiladi. Masalan, V, A. Suxomlinskiy rahbar o'lgan Pavlish o'rta maktabida «YAngi bug'doy unidan yopilgan birinchi non» bayrami juda uyushgan, ko'tarinki ruh, haqiqiy bayramona holat vaziyatlarda tashkil; etiladi. Uzbekiston maktablaridagi ta'lim-tarbiya jarayonida ham ukrainaliklarning mehnat, vatanparvarlik va qadriyatlar bilan bog'liq ana shunday an'analarni har tomonlama qo'llab-quvvatlab, ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalansa xayrli va savobli ish bo'lar edi, Darvoqe, shu birgina dehqonchilik, xususan don va nonga bog'liq ta'lim-tarbiyaga oid amaliy ishlar bilan o'quvchilarda yuksak insoniylik fazilatlarini shakllantirish va kamolat toptirish bo'yicha yaxshi natijalarga erishish mumkin. Darhaqiqat, xalqdagi g'alla va paxtani, suv va yerni hurmat qilish, e'zozlash, qadriga yetish, har bir dona bug'doy boshog'i yoki paxta tolasini, har bir non uvog'iyu har bir tomchi suvni isrof qilmaslik, qisqasi, tabiat ehsoni va ter to'kib yetishtirilgan har bir mahsulotlar nes-nobud bo'lishdan saqlashga jonkuyarlik bilan harakat qilish an'anasining maktab o'quvchilarini axloqiy va jismoniy tarbiyasida juda katta roli borligini hayot allaqachon tasdiqlagan. Ha, inson aql-zakovati va sahovatiga to'la, qadoqli qo'li bilan yaratgan boyliklar, mo''jizalar orasida eng qimmatli, e'tiborli, bebahosi bo'lgan, jamyayat va insonlar hayotini usiz tasavvur qilish mutlaq mumkin bo'lmagan nonning qadriga yetishni, uning isrofgarchiligiga yo'l qo'ymaslikni bolalarimiz mukammal anglab yetsin. Hozirgina ajib yoqimli isi dinogkmga urilib, dil qulfini ochib yuborgan, o'tirgan dasturxeyaky bezab turgan nonning shu holga kelishida nafaqat qish demay, yoz demay, yomg'ir demay, quyoshning badan kuydirar taftida, garmsel azobida don yetishtirgan dehqonning beo'lchov mehnati; sizu-bizni sog'-salomat yashasin,hayot ’kechirsin deb pechlar oldida tunni tongga ulab ishlovchi nonvoyning san'ati, metallurg pshchining zakovati, mexanizatorning xizmati va yana qanchadan-qancha kasb-kor kishilarining ulushi, xissasi borligini,xar bir katta-kichik tasavvur etib, qalban his eta bilsin. Ana shundagina nonning qadriga yeta olamiz, uning isrofgarchiligiga befarq qarab tura olmaymiz. Ha, nonga hurmatsizlik, yuqorida ham qisman aytilganidek, dastavval o'zingga, elingga, yashab turgan zaminga, ota yurtingga, qadriyatlaringga hurmatsizlik. Nonni qadrlamaslik jamiki ezgulik va yaxshilikni, oliyjanoblik va tantilikni qadrlamaslikdir. Ota-bobolarimiznivg bag'oyat xalqchil, umumbashariy udumini mensimaslikdir. Nonni yetishtirgan va tayyorlagangina emas, uni iete'mol qiluvchi xoh yosh, xoh qari ham, qadrlashi lozim, Odamning katta-kichigi, qadriyatning birlamchi-ikkilaadchisi bo'lmaganidek, inson uchun eng birpnchi iste'mol, hayot ne'mati nonning ham butuni yo ushog'i bo'lmaydp, hammasp non! Modomiki shunday ekan, nima uchun oshxoialar va boshqa maishiy xizmat ko'rsatish joylarpda qolgan-qutgan ionlarni isrof qiluvchi ayrim hodpmlarpi tartpbga chaqirib qo'yishning iloji bo'lmaydi?! Axir, sshxona va choyxonalarda «NON — xalq boyligi», «Nonni isrof qilishga yo'l qo'yilmaydi!», «NONga e'tibor — elga e'tib,or», «NON iymon, nonga munosabat iymonga munosabat» kabn shiorlar, hadisdan olingan da'vatlar, ulug' allomalarning non haqidagi hikmatlari— ramziy shiorlar yozib qo'yilgan, llakatlar osilgan holda kyshplar oldidan ortib qolgan nomlarga befarq qarash, ularni chiqindi axlatlarga qo'shib yuborish hollari ozmuncha deysizmi? Yoxud katta-kichik shaharlarda, xususan, Toshkentda, ayniqsa o'ruslar ko'proq yashaydigan shahar markazida nonga munosabatni olaylpk. YUzlab, hatto minglab misollardan birini keltiraman. Mgn Markaz 6 da yashayman. Ertalab ishga ketish oldidan yo'lim axlat yig'iladigan joyga tushadi. Axlat ichidagp, ularga aralashib yotgan yarim-yorli bo'laklar, batonlarni ko'rib kuni bilan asabim buzilib yuradi. To'g'ri, axlat oluvchilar ahlatni olayotganda nonlarni alohida xaltachaga yitadilar. Ammo, meni bir narsa — loqaydligimiz azob- laydi. Yemakxonada ofisiantka qolgan-qutgan nonlarni ovqat qoldiqlari bilan aralashtirsa, kelgindilar nonga og'iz-burunlarini artsa, xonadonlarda, xususan, ko'p qavatli uylarda yashovchilar qotgan-qutgan nonlarni axlatga tashlasa, ko'rib-bilib turib ularni tartibga chaqirmaymiz, loqaydlik qilamiz. Demak, non qadri, uni e'zozlash borasidagi ma'naviy-axloqiy, madaniy-ma'rifiy hamda pedagogik tarbiyada hamma katta-yu kichik, bog'cha bolasi-yu maktab o'quvchisi, oliygoh talabasi-yu mahalla kishilari — hamma aktiv qatnashmog'i lozim. YAna bir ran. Bir paytlar do'konlardan dasta-dasta, buxonka-buxonka non olib qopga solayotgan kishilarni ko'rganda «Nega endi bir o'ziga bunchalik ko'p non oladi» deb taajjublanganingda, xaridordan oldin tomdan tarasha tushgandek, sotuvchining: «Xaridorning qancha non olishi bilan sizning nima ishingiz bor? Nonimiz sotilib, planimiz to'lsa bo'lgani», degan paytlarda x.am loqayd edik. Axir, hozirgina olingan nonlar ’ uynda sadlanayotgan qo'y, mollarga berilkshini bilganda ,edn, balki sotuvchi qizcha o'z vijdoni oldida uyalib qolarmidiykin? Yoxud ilojini topib do'kovdan ikkinchi-uchinchi nav unlarni, bozor-o'chardan bug'doy, makka, arpa va boshqa donlarni olib, uylarida boqayotgan hayvonlarga berayotganlarni ko'rib ham indamaympz, menga nima qabilida ish tutamiz. Men bunday holni jinoyatga, xal mulkiga xiyonat qilishga qo'shgan bo'lardim. Shuni aytish kerakki, bir vaqtlar respublika vaqtli matbuoti hamda ba'zi jurnallar non, uning kishilar hayotida tutgan o'rni, non qadri va non isrofgarchiligiga qarshi kurash olib borish, non sifatiga bag'ishlab «NON — xalq boyligi», «NONni ardoqlang»,«Nonlarning sifati xaridorlarning yuksak talabi darajasida bo'lsin» kabi rubrikalar ochib, bir qator qiziqarli materiallar e'lon qildi. Muhokamada olimlar, non yetishtirish korxonalarining vakillari,nonvoylar oddiy ishchi va kolxozchilarning ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalari bilan chiqishlari muhokamaning o'z vaqtida boshlangani, hamisha hozirjavob matbuotimizning hayot ilgari surgan muhim problyomani o'z vaqpgda payqab olib, uni hal qilishga amaliy ko'maklashishining yana bir ko'rinishi bo'ldi, deyish mumkin. To'g'ri, bunday chiqishlarning muayyan darajada ahamiyati bo'ldi. Ammo, qadimdan suyak surib kelayotgan xalq an'anaviy pedagogikasi, og'zaki ijodi va hayotiibratli faktlardan kamroq foydalanilgani va ayniqsa islomning non haqidagi ta'limini chetlab o'tilgani (o'sha paytlarda islom dinining hayotbaxsh ta'limi haqida qalam tebratganning boshi ketardi), ko'proq quruq, Xolastik, hamma biladigan faktlar, qoidalarga murojaat qilinganligi natijasida non haqidagi chiqishlardan ko'zlangan maqsad yoshlarga yetib bormadi. Endi tuzum ham o'zgardi, jamiyat ham yangilandi.
Mustaqillikka erishgach, ruhimiz ham poklanib, harom-harishning, savob-gunohning farqiga yetadigan bo'ldik. Mehnat, uning mahsulotlariga, Alloh bergan noz-ne'matlarga, birinchi navbatda nonga munosabatimiz ham o'zgarib, yangicha ma'yao kasb etdi. Mustasillikka erishgach, xalq tarbiyasi an'analarini tiklash, xalq ijodiga munosabatni aktivlashtirish, qadriyatlarimiz qadriga yetish va ulardan ko'proq foydalana bylssh jonlana boshlandi. Nonga munosabrtni olib ko'raylik. Bu munosabat faqat bozor iqtisodiyotiga o'tilayotganligi bilan bog'liqmi? Yo'q, albatta. Nonga bunchalik e'tibor bera boshlaganimizning ma'lum sabablari bor. Birinchidan,ba'zi xonadonlar, hatto umumiy maishiy xizmat ko'rsatish joylarida nonga nisbatan odobsizlarcha harakatlarga bundan buyon butunlay chek qo'yish, ikkinchidan, mustaqil jumhuriyatimizning har tomonlama garmonik rivojlangan yangi shaxsini tarbiyalashda, univd ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish va kamol toptirishda dehqon mehnatini qadrlash, har -bir moddiy ''boylikni, shu jumladan, nonni tejab-tergash, xullas, saramjon-sarishtalik ruhida tarbiyalash; uchinchidan, kundalik tanavvuldagi birinchi ehtiyoj bo'lgan bu mahsulotning sifatini yanada ko'tarish, go'zal zamonamiz va kishilarimiz didiga mos qilib tayyorlashga erishishdan iborat. SHunday qilib, nonga munosabat bizning kunlarimizda ham har vaqtdagidek hayotiy-maishiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'rifiy-tarbiyaviy hamda estetik masala bo'lib qolaveradi.Shu jihatdan marosimlar va rasm-rusimlarda, xoh, u an'anaviy, xoh u yangi bo'lmasin, nonga bo'lgan munosabat masalasi tashvish tug'diradi. To'g'ri, ko'pchilik joylarda mahalla va keng jamoatchilikning aktiv aralashuvi bilan marosimlar, xususan, to'ylar zamonamizdek go'zal va mazmunli qilib o'tkazilmoqda. Bunday marosimlar va to'ylarda amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiyaviy ishlar orasida nonga hurmat, uni e'zozlash, non isrofgarchiligiga qarshi kurash olib! borish kabi masalalar ham muhim o'rin tutmoqda. To'ylarda qop-qop un yopib, non tortish, marosim dasturxonlarini h’ad-behad nonga to'ldirib yuborish yoxud uy hayvonlariga un, non berish kabi yaramas hollarga xotima bergan, bu sohada ibratli ishlar olib borib, yaxshi natijalarga erishayotgan mahallalar, kvartallar va hatto tuman, qishloqlar ko'p, albatta. Lekin !hamma ran ana shu «lekin»da.Qasb-korim tufayli sha^ar va qishloqlarda xalq og'zaki ijodi, ana'anaviy xalq o'gitnomasi materiallarini izlashga to'g'ri keladi. SHunday payglarda ba'zas to'y va boshqa marosimlar ustidan chiqib qolaman.Shunda bir-ikki kunlik to'yni deb minglab, hatto o'n-o'n besh ming non sotib olish, yoxud o'n va undan ortiq qop undan non yopishlarni (bunga qanchadan-qancha pishiriqlarni qo'shmagan holda) o'z ko'zing bilan ko'rib,hayratdan yoqangni ushlaysan, k-pshi. Shu nonlar va pishiriqlar yeb to'gatilsa mayliku-ya, afsuski dasta-dasta nonlar ketma-ket ushatiladi, bir-ikki burda yeyilgan bo'linadi, lekin yana boshqasi burdalanadi, uning ustiga yana boshqasi ushatiladi! Bunday hollarda nonning qadri dasturxonga tortplgan mevalardan ko'ra ortiqroq tushib ketadi. Bunday xonadonlarda to'yning ertasiga butun, burdalangan nonlar qop-qop bo'lib, ko'ringan joyda isrof bo'lib yotsa, shu insofdanmi?! Nahotki bunga chek qo'yib bo'lmasa?! Nahotki non qadrini juda yaxshi biluvchi keksa ota-onalar, mahalla aktivlari, qolaversa, jamoa tashkilotlari tarbiyaga zid, axloq-odobga ters xatti-harakatlarga chek qo'yish, bunday nihoyatda zarur, hayotiy masalzga aralashib, uning jilovini qo'lga olishdan o'zlaripi chetga,olsalar. «Mening kasbim nonvoylik,—deydi «To'ylarimiz haqida o'ylarimiz» bahsida qatnashib K. I. degan ota.— Non qadrlansa, mening mehnatim qadrlangandek bo'ladi. Ammo... bozor iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan, og'ir ahvolda yashayotgan bo'lmaylik, shgng afsus to'ylarda non uvol bo'lyapti. To'yda ko'rganlarimni aytaversam daftar bo'ladi. Eng kichigini aytay. Tunov kuni bir lo'yda to'rt-besh yashar bola non so'rasa onasi uning qo'liga butun kulcha tutqazdi. Bola pondan ikki uch tishladi-da, bir chekkaga qo'yib ketdi. Men yana bir narsaga qarshiman. To'yga kelgan mehmoilarayans hammasi yangidan non ushataveradi. To'ydan keyingi savat-savat burda nonlarni qo'y, mollarga beradilar. Afsus... Menga qolsa, to'ylarda va marosimlarda dasturxonga o'ntalab, o'n to'rttalab non tugib qaytarishni 'ta'qiqlagan bo'lardim». Xaqqoniy gaplar! Quyunchaklik bilan yozilgan bunday maktublardan yana keltirish mumkin. Yaqinda qishloqda turuvchi bir tanishimnikida nikoh to'yida bo'lishga to'g'ri keldi. Marosim avvalgilardagidan ham haddan ziyod dabdaba bilan o'tdi, yuzlab mehmonlar qatnashdi. Tanishim halol, mehnatkash odam, orzu-havasni yaxshi ko'radigan, oriyatli kishi. Olti farzandning ichida tanho qiz bo'lgani uchun qanchalik orzu-havasi bo'lsa amalga oshirishga haqqi bor, albatta To'yda ishtirok etar ekanman, mazkur nikoh to'yi (va ming afsuski boshqa ko'pchilik to'y-marosimlar ham) «boshqalarnikidan ko'ra kamroq bo'lmasin», «Fadonchidan mening qaerim kam» qabilida o'tganligini ochiq-oydin angladim. Marosimning ertasiga uy sohibi to'yga o'n qop un yopilganini (uning yarmini kuyov tomon bergan emish) aytib qoldi. Yepilgan nonni marosim ishtirokchilarining tan boshiga hisoblaganda hayratga tushaspz. Darvoqe, har bpr qop un yetmish kilogrammdan ekanligini, har kilo undan o'rtacha 7—8 donadan non yopish mumkisligish! e'tiborga olinsa, marosimda ishtirok etganlarning har biriga taxminan 20—25 tadan non to'g'ri keladi! Nahotki, har bir kishi qanchadan-qancha “noz-ne'matlarga to'la dasturxon ustida o'tirib, ikki-uch soat ichida shunchadan non yesa. Albatta, yo'q. Balkim, «peshona teri — mehnati evaziga ko'p yillar davomida to'plangan halol davlatini o'z farzandining hayogida bir martaba bo'ladpgan muhim voqeaga sarf qilsa qilibdi-da», deyuvchilar ham topilib qolar. Ammo, yemay-ichmay, kiymay-netmay, qanch-alik tejab-tergaganda ham mazkur 1o'yni qarz-havolasiz o'tdi deb bo'lmaydi. Boshqa yana bir fakt. Mashhur paxtakor tumanlaridan birida yashovchi do'stimizning volidasi hayotdan ko'z yumgan xabarini eshitib uchquchda yetib bordik. Azizu mukarrama onaxonni oxirgi yo'lga kuzatib uyga qaytsak, qay ko'z bilan ko'raylik, doshqozonda to'la sho'rva qayiambdda, xuddi to'y-ma'rakalarda bo'ladigandek dasturxonlarda dasta-dasta nonlar, turli-tuman pishiriqlar. Tavba, bir tomonda eng yaqin kishi — onaizordan umrbod judo bo'lish iztirobining chegarasi yo'q, ikkinchi tomonda mato yirtish, pul, choy ulashish, ovqat tortish... SHunday dilxun paytda dasturxonga kim ham qarardi deysiz. SHuning uchun ham butun ushatilgan dasta-dasta nonlar hech kim qo'l urmagan dasturxonlarda qolib ketdi. Men do'stimdan «Bu yog'i qanday bo'ldi» deb so'ragan edim, chuqur xo'rsinib «Odat-udum. Uni bajarmasam bo'lmaydi. Marhumaning xotirasi», dedi. Na hayotda, na qadimiy udumda, na an'anaviy tarbiya qonun-qoidalarida (va hatto na islomda) uchramaydigan bunday isrofgarchilikka, boshqacha aytganda, odobsizlikka keskinroq munosabatda bo'lishning vaqti yetmadimikan?! Hayotdan abadiy ko'z yumgan kishining xotirasi nahotki tandir-tandir yopilgan non bilan, ularni dasturxonlarga tortib, behudaga isrof qilish bilan o'rniga qo'yilsa. Buni nima bilan izohlash mumkin?! Axir bu ham bizning xalqona odobimiz emas-ku. Darvoqe, hayot bildn vidolashgan marhum xotirasini joyiga qo'ymoqchi bo'lgan kishi isrofgarchilik o'rniga marhumga xotira yodgorligini o'rnatsa, uning qabrini ko'tarib, (shunda ham dabdababozlik, o'zligini namoyish qilish, mavqeini ko'z-ko'zqilish uchun emas) atrofini gulzorga aylantirsa chin insoniylik, odobdan bo'lardi, Uzingiz o'ylang, marhum xotirasini e'zozlash, motamsaroning ko'nglini ko'tarib unga bir oz bo'lsa-da tasalli berish uchun qadar ranjida qilgan kishi non-choy qilib o'tirishni o'ziga ep ko'radimi? Buni kimning vijdoni qabul qiladi-yu,odobnomaning qaysi bir qoidasiga to'g'ri keladi.Hamma uchun ibratli bo'lgan yana bir masalaga ham to'xtalib o'taylik. Xuddi bizda bo'lganidek, boshqa xalqlar orasida ham non qadri bilan bog'liq go'zalurf-odatlar, odobnoma sahifalari ko'p. Birinchy misol. Nonni qadrlashsi Sankt-Peterburgning matonatli aholisidan o'rgansa arziydi. Ha, non mehri Sankt-Peterburgliklarning dilida, tilida» e'zozida va amaliy hayotida juda zo'r va ibratlidir. Shaharning kattasidan kichigigacha nonga bamisoli hayotga e'tiqodday munosabatda bo'l-ishini alohida ta'kidlashni istar edik. Ha, Sankt-Peterburgliqlarning nonga hurmat va e'tiqodini kishilarda, xususan, yosh avlodda axloqiy tarbiyaning qaror topishiga yordam berish bilan qo'shib olib boryshlarining ko's shohidi bo'lganman. Sankt-Peterburg urush davridagi 900 kunlik dahshatli qamal kunlarida ro'y bergan ocharchilikni, bir burdv non uchun xuddi hayot uchun kurashylganidek kurashilgan yillarni aslo unutmaydi, aksincha, hamisha'yodida saqlaydi. Bu yerda non isrofgarchiligiga qarshi xoh oilada, xoh jamoat, maishiy xizmat ko'rsatish joylarida bo'lsin, keskin kurash olib borishlari, nonning har bir burdasiga alohida e'tibor berishlarining boisi ham ana shunda! Menda, bu joyda ro'y bergan bir voqea haqida yozaman, degan xayol yo'q edi-yu, ammo negadir u hecham esimdan chiqmasdi. Toshkent televideniyasining bosh operatori rahmatlik Qarim Maqsudxo'jaev rahbarligida bir guruh ijodkorlar o'sha 1941 yil fevral oyi qamaldagi shaharda Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyi tantanasiga oid teleko'rsatuv ustida, ish olib borayotgan paytlar edi. Kunlardan birida bu shaharga Samarqanddan kelib ilmiy ish olib borayotgan SamGU aspiranti do'stim Ahrol Inomovning tug'ilgan kunini o'tkazishga to'g'ri kelib qoldi. Non olish menga yuklandi.Buni qarangki, yoshgina sotuvchi diz: «Bir o'zingizga shuncha non olasizmi, keragini oling» deganicha ikki-uch buxankani olishga ruxsat etmay, o'z so'zida qat'iy turib olsa bo'ladimi! Uni xaridorlar ham do'llab-quvvatlashardi. Masalaga magazin direktorining o'zi aralashishiga to'g'ri kelgan edi o'shanda. Men avvaliga rannimada ekanligini anglay olmay qattiq ranjidim (bizda nonni qancha, hatto qopda olsangiz na sotuvchi va na navbatda turgan xaridor hech nima demasligiga o'nikib qolgan edim-da!), keyin do'konchi qizning «qaysarligi» sababini bilib xijolatda qoldim, ortiqcha tixirlik qilganim uchun undan, xaridorlardan astoydil kechirim so'radim.Ana nonga hurmatu, e'tiqod. Bu hol shaharda non yetishmasligidan emas, balki Sankt-Peterburgliklar o'z boshlaridan kechirgan og'ir kunlarni unutmasliklaridan dalolat beradi. Endi mana bu hayajonli voqeani eshiting: Dunyoga. mashhur Piskarev qabristonini ziyorat qilib yurgan edim, qabrlardan birining ustiga qo'yilgan bir bo'lak nonga ko'zim tushib, hayratdan yoqamni ushladim. Bu qor ustidagi bir burda nonni olaman, deb ochiq joyga chiqqanda fashistlar snayperining o'qiga duch kelgan olti yoshli leningradlik qizchaning qabri ekan- ligini aytishganda esa ko'zlarim jiqqa yoshga to'lib, ichimda bir narsa uzilgandek bo'lgan edi. Qizchaning tirik qolgan onasi har dam olish kuni qizalog'ini ziyorat qilgani kelar, uning qabri uzra bir bo'lak non qoldirib ketarkan. Oq qog'ozga o'ralgan nonni olib ko'zimga surtar va qizchaning qabriga mehr bilan tikilar ekanman, «Hoy, amaki, qornim ochgan edi, qor ustidagi non parchasini ko'rib qolib, olmoqchi bo'lganimda otib tashlashdi. Men to'ymagan nonga sizlar to'yinglar. Non isi qanday yoqimli, xuddioyimlarning siynalaridan keladigan hid kabi-ya»... deyayotganday tuyulardi. Non borasida ham «Hech qachon, hech narsa unutilmaydi!» degan shior ular hayotining mazmuniga aylangan. Men Sankt-Peterburg voqeasini eslar ekanman,Ulug' Vatan urushi yetgan va yetmagan joylarda vaqti kelganda bir parcha nonga yetolmay hayotdan ko'z yumgan ming-minglab kishilar, shu jumladan, aziz yurtdoshlarim ko'z oldimga keladi-da, «Hoy odamlar, siz bilan bizni doimo non hididan bahramand bo'lsin, uni to'yib-to'yib iste'mol qilsin, bir parcha nonga xoru-zor bo'lmasin», deb hayotdan ko'z yumganlar xotirasi oldida ham nonni qadrlang, uning isrofgarchiligiga aslo yo'l qo'ymang», deb qayta-qayta aytgim keladi. Urus olnmi Q. A. Timiryazov: «Qo'pdan buyon ayonki,biz g'oyat ajoyib voqealarga ham befarq qaraydigan bo'lib qolganmiz, chunki bular kundalik voqealarga aylanib, odatdagidek bo'lib qodganligi uchun ham shunday qilamiz. Axir bo'rsildosqina pishgan bug'doy nonni sindirib yeyilayotganda, mana. shu ne'mat ham. insoniyat donoligining buyuk kashfiyotlaridan biri ekanligi hammaning ham yodiga kelavermaydi»,— deb yozgan edi. Shunday ekan, biz ham hayotning ana shu aziz ne'matiga buyuk ehtirom va favqulodda ehtiyotkorlik bilan yondoshmog'imiz, uyi ardoqlamog'imiz lozim.Kezi kelganda hayotimiz ilgari surayotgan yana bir muammoga qisqacha to'xtalib o'tishni istar edik. Bu eng tabarruk va muqaddas kasb — nonvoylikni ulug'lash, e'zozlash, uning nozik va serqirra tomonlariga, jismoniy va aqliy tarbiyada tutgan o'rniga chuqur e'tibor bilan qarashlikdir. Shuni alohida qayd etish kerakki, non inson ijtimoiy faoliyatining buyuk kashfiyoti bo'lganidek, nonvoylik kasblarning kasbi, uning otasi deyish mumkin.Shu boisdan ham nonning. qadr-qimmati, ahamiyati. uyaing isrof bo'lish-bo'lmasligi nonvoyning o'z kasbiga munosabati, mahorati va san'atiga ham bog'liq. Xalq orasida o'z ishiga sadoqatli usta nonvoylarning obro'si zo'r bo'lgan, xususan, to'y-ma'rakalarda kishilar obro'sini olib berish, katta yig'inlarning ko'rkam bo'lishi ko'proq nonvoy bilan oshpazga bog'liq bo'lgan.Darvoqe, o'z kasbining mohir ustalari hadida so'z borganda qishloq yoxud shahar ahlining «mavlono oshpaz»,«mavlono nonvoy» kabi so'zlarni qo'llashi, yoshlarni bu kasb egalarining hurmatini bajo keltirishga da'vat etishi bejiz emas. Xalq esa kimni «mavlono» deb
atashni yaxshi biladi.Qashqadaryo viloyatining CHiroqchi tumani markazida nonvoylik qiluvchi xalq baxshisi Qo'zi shoir To'qlio'g'lining «Nonvoylik—eng oliyjanob kasb!» deb nomlab gazetaga yo'llagan xatida «Nonvoyning qaynoq vabebaho mehnati yuzlab, minglab va hatto millionlabkishilarga qishin-yozin, ertadan-kechgacha nasiba hadyaetadi. Xalqimiz orasida ardoqlanib kelayotgad qo'ligul nonvoylar ko'p... Men nonvoylik kasbini jamikikasblarning g'ultojisi-degim keladi. Bu kasb nihoyatda nozik ta'bni, tozalik, poklik, xushyorlik, uquvlilik, fahm-farosatni talab qiladi. Suning uchun hamnon yopishni uncha-buncha kishiga ishonib topshirib bo'lmaydi»,— deydi. Xatni o'qir ekanman, folklor-etnografik izlanishlardan birida uchrashganim Namangan viloyatining YAngiqo'rg'on tumanidagi Navoiy kolxozida istiqomat qiluvchi Rahmatilla nonvoy deb nomqargan otaning so'zlari esimga tushadi. Inson .uchun eng aziz va mo''tabar bo'lgan nonni, degan edi o'shanda Rahmatilla nonvoy,— yetkazib beruvchi kasbdan ulug'rog'ini bilmayman. Ayni chog'da, nonvoylik juda injiq, sermashaqqat kasb. Axir, har qanday non insonga atab yopiladi, odamning talab-ehtiyoji esa beqiyos nozik,.. Uzingiz o'ylang; kosib xatoga yo'l qo'ysa etigini tuzatishi mumkin, duradgor mixni noo'rin qoqsa uni sug'urib olib, boshqatdan qoqishi turgan ran. Xullas, dehqon noto'g'ri tortgan jo'yagini tuzatishi, bog'bon niholini qayta ekishi, chevar kiyim boshni buzib tuzatishi mumkin. Ammo, nonvoy?! Nonvoy xatoga yo'l qo'ysa bormy? Io'q, bundan xudo saqlasin! Axir, seni ertalabki nonushtadayoq kutib turishadi-ya! Bordi-yu tunda xamir qorayotib nonvoy unga me'yoridan shiqrod tuz solsin yoki g'aflat bosib tuz solishni unuu tib qo'ysin, dasta-dasta, savat-savat nonlar isrof bo'ladi, kishilarning ixlosi qaytadi, deyaversin...» .Darhaqiqat, tuzi kam yoki ortib ketgan non iste'mol qilinishi u yoqda tursin, uni hatto hayvon xam yemaydi. Ha, do'konlarda nonning turib qolishi, isrof bo'lishiga birinchp navbatda uni tayyorlovchilar aybdor emasmi?! Darvoqe, «bozor nonlari»ning ta'mi, sifati, ko'rinishi o'zgacha-yu «do'kon nonlar»iniki boshqacha. Axir, un bir, ishlov bir-ku... 'Do'kon nonlari orasida yog' dog'lari shundoqqina ko'rinib turgan, qobig'i iflos, kuydirib yuborilgan, qing'ir-qiyshiqlari uchrab turadi, ular orasida hatto ikki, ya'ni birinchi va ikkinchi navli unlar qorishtirib yuborib yopilganlari ham yo'q emas. Buni nima bilan izohlash mumkin? Bizningcha, bu hol yana non yetqizuvchilarning halol-pokligi, san'ati, mahoratiga bog'liq. Qizig'i shundaki, Toshkent shahri yoxud boshqa shaharlarnyng -bir joyidagi non bilan ikkinchi-yeridagi nonda ko'rinishida ham, ta^'mida ham ma'lum farqlar bo'ladi. Buni kishilar ishini osonlashtirgan texnikaga to'nkash kulguli bo'lar. edi. Bu nonvoylar faoliyatiga, ya'ni suv va tuzni beo'lchov yoki taxminan solish, xamirni yaxshi oshirmaslik yoki aytib yuborish, shuningdek, korxonalarda qoidalarga amal qplmaslik, texnologiya xizmatlarining ishini doimiy nazorat qilmaslik, texnika nazoratining bo'shligi, zavodlar qoshidagi laboratoriyalar rolini oshirmaslik, xususan, nonvoylarning o'z kasbi-koriga mehr-muhabbat bplan qarab, o'z mahoratlarini tinmay oshirish ustida bosh qotirmasliklari va h.k.larga bog'lash. Non qadri, uning sifati va non isrofgarchiligiga qarshi kurash haqida ran borar ekan, Toshkent shahrimisolida ham juda ko'p ran aytish mumkin. Chunki Toshkentda bir kunda yuz tonnalab un nonga aylantirilib,aholi iste'moliga chiqariladi! Demak, Toshkent o'zining yashargan so'lim qiyofasi bilangina emas, zo'r mahorat bilan yopilgan, bo'rsildoq nonlari bilan hammashhur bo'lishi kerak. Toshkentdagi korxonalarda anashu maqsad — azaldan non shahri deb tan olingan azizpoytaxtimizga mos nonlar yetkazishga erishish uchun ko'pishlar qilinmoqda. Ishlab chiqarish uchastkalari yangidan-yangi texiologiya uskunalari bilan jihozlanyapti, ishchilarning mehnat sharoitlari yaxshilanyapti, mahsulot assortimenti kengaymoqda. Jumladan, keyingipaytlarda «Rashenskiy noni», «Paxta non», «Mehmonnon», «Sovg'a non», «Non-tuz» non va boshqa xaridorbop obinonlar tayyorlash o'zlashtirildi. Toshkent bulka-konditer kombinatida Yugoslaviyadan keltirilgan50—70 grammli bulochkalardan sutkasiga 15 tonnagacha ishlab chiqaradigan liniya ishga tushirildi. Ammo, shunga qaramasdan Toshkent nonlarining sifati hali haridorlarning tobora o'sib borayotgan yuksak talablariga javob bermayati... Mana bir fakt. Davlat inspeksiyasi boshqarmasi Toshkent shahridagi non ishlabchiqaradigan 5 sanoat korxonasida tekshirish o'tkazgan,ulardan 29 tasida mahsulot standart talablariga javob bermagan. Tekshirilgan 213,7 tonna mahsulotning,25 tonnasi yoki 11,7 foizi brak qilingan. Bizningcha nonning uvol bo'lishi, uning isrofgarchiligiga yo'l qo'yilayotgani sababini, «to'qliyka — sho'xlik» tarzida hayot kechirayotgan ayrim kishilar' va xonadonlar xatti-harakati bilan izohlash bilan birga, sifat masalasini ham unugmasligimiz lozim. Darvoqe, tonna-tonna nonlarning magazinlarda turib qolishi, qilaversa, isrof bo'lishi tayyorlanayotgan nonlarning sifati, haridorbopligiga ham bog'liq, albatta. Aziz kitobxon! Inson borki unga doimiy hamroh bo'luvchi non haqldagi suhbatni yana davom ettirish,uning ta'rif-tavsifini yozishdan hali-beri to'xtamaslik mumkin. Yuqorida aytganlarimizga vaqtincha nuqta qo'yishdan oldin yana bir bor shularni ta'kidlashni istar edik. Non qadriga don yetishgirgan bobo dehqohchalik, non yongan nonvoychalik yetaylik! Nonni xalqimiz e'zozlaganidek e'zozlaylik! Endi inson tafakkurini, dunyoqarashini, ilm doirasini oshirish, olam sirlarini anglab olishi uchun, Alloh muqaddas Qur'onni nozil qilganini esga olaylik. Zero, kitob bu — o'n sakkiz ming olamning yaratilishi, undagi voqea-hodisalar, yaxshi-yomon narsalar haqida bandalariga bilim beradi. Binobarin, uning ma'naviy-ruhiy ahamiyati non qadar aziz va tabarrukligini his etgan xolda kitob haqidagi sahifalarnivaraqlashga o'tsak.

Download 422.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling