Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 422.09 Kb.
bet17/39
Sana28.01.2023
Hajmi422.09 Kb.
#1136911
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
Majmua

Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Stanislavskiy K..Aktyorning o‘z ustida ishlashi. T.Xo‘jayev tarjimasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2011.

  2. Mahmudov J., Mahmudova X. Rejissura asoslari.-Toshkent: O‘DSI bosmaxonasi, 2008.

  3. Norboy Ortiqov Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. –Toshkent: O’zbekiston, 1997.

  4. Qorabayev U. O‘zbekiston bayramlari.-Toshkent: O‘qituvchi,1991.

19.Qorabayev U. O‘zbek xalq o‘yinlari.-Toshkent: San'at, 2001.
20 Musulmonova О. Ма’vaviy qadriyatlar– sod’lom avlodni tarbiyalash vositasi. –Т.: 1995.
21.Nоrboy Оrtiqov Ма’naviyat: Мilliy va umuminsoniy qadriyatkar. –Т.: O’zbekiston, 1997.
Internet sayti:

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.google.ru

  3. www.fikr.uz


Amaliy mashg’ulot
7-Mavzu: Ota-ona qadri
Reja:
1.Ota-ona qadriyatlari
2.Ota-ona qadriyatlariga oid rivoyatlar
3. Farzandning ota-onaga muhabbati
Ishning maqsadi: Ota-ona qadriyatlari, ota-ona qadriyatlariga oid rivoyatlar, farzandning ota-onaga muhabbati haqida bilimlarga ega bo’lish va bu boradagi bilimlarni mustahkamlash.
Ishning jihozi: Mavzuga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua materiallari va internet ma’lumotlari.
Ishning bajarish tartibi: Talaba amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi.
OTA-ONA QADRI
Avvalo olamni yaratuvchisi Allohning so'zi Kur'on» karim, payg'ambarimiz Muhammad Rasulilloh hadislarida hamda xalq odatnomasi, odobnomasi, ibratnomasi ichida ota-onani ulug'lash, e'zozlash, qadrlash, azizu mukarram bilish, ularga bo'ysunish, butun qalb bilan farzandlik burchini ado etib, xizmatda bo'lish kabi olijanob xislatlar alohida o'rin tutadi. Ular hayotiy udumlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an'analarda, xalq pandnomasida, hayotning o'zi — oilada namoyon bo'ladi. Dastavval shuni aytish kerakki, ota-onaning farzandga, farzandning ota-onaga mehr-oqibati, sadoqati,hurmati, e'tiqodi shunchaki hissiyot yoxud insoniylik oqibat-natijasigina emas, balki Alloh taolodan berilgan oliy ne'mat, muqaddas, tabarruk fazilatlar, chin muhabbat va oliy tuyg'ulardir. Bola, xoh u o'g'il bo'lsin, xoh u qiz, ota-ona uchun hamma narsa:hayot ham, jon ham, boylik ham, bor bisot ham. Ota-ona esa farzand uchun undan-da ziyoddir. Darvoqe, yo'q yerdan paydo qilish, bir parcha go'shtga hayot berish, shamolga yeldirmay, oftobga oldirmay, issik,-sovuqdan asrab-avaylab katta qilishning o'zi favqulodiy mo''jizalarning mo''jizasidir. Bu mo'jiza birgina dunyoga keltirish va asrab-avaylash bilan cheklan-sa edi! Unga Allohning ko'magi, yordamida aql-idrok,.bilim, fahm-farosat, kuch-quvzat ato qilish. Insoniylikning eng go'zal sifatlari, siru-asrorlarini sing-.dirish. yaxshilik, ezgulik, oliyjanoblikni yuqtirish.Eh-he, ota-onaning bola tug'ilib, o'sib-unib voyaga" yettungacha va undan keyin ham bergan ta'lim-tarbiyasi,odob-axloqqa oid yo'l-yo'riqlari, dasturlarini jamlasa, ming-ming jildlardan iborat kitob bo'ladi! Shular haqida o'ylar ekanman, rahmatlik onam Bibisora Xudoybergan qizining bir gaplari xotiramda tiklanadi: «Bolam, ota-onaning o'g'il-qizga yuqtirgan odobi, tarbiyasiga ketkazgan vaqti-soati, voyaga yetkazish uchun qilgan fidoyiligini yozaman desa siyoh daryo bo'lsayam yetmaydi,qalami o'rmon bo'lsayam kamlik qiladi!» Haqiqatan ham, onamiz-otamizning bizning unib-o'sishimiz yo'lidagi sa'y-harakatlarini, chekkan azob-uqubatlarini, boshlaridan ko'rgan-kechirganlarini qayd qilamiz desak,siyoh ham, qalam ham, daftar ham yetmasligi aniq keling, yaxshisi, yana xalqimizning ota-ona qadriyatlari bilan bog'liq va o'tmishdan buyuk meros sifatida davom etib kelayotgan udumlar, odatlar, an'analaridan ba'zi birlari sahifalarini varaqlaylik.Qadim-qadimlardan xalqimiz ota-ona haqida«Ota— aql, ona idrok» maqolini yaratgan va unga amal qilgan. Bolalarni shu aqidani so'zsiz bajarishga davat etgan. Ota, demak, u har qanday farzand uchun bitmas-tuganmas aql. Hamma vaqt va hamma joyda, har bir ish, har bir yumushda o'ylab, aql bilan ish tutish, unga munosib farzand bo'lish, ota-bobolar sha'nini sharaflash, unga dog' tushirmaslik, o'z aqli, odobi, mehnati va torish-turishi bilan otaga munosib bo'lish demakdir. xaql, demak, u bola uchun ibrat namunasi. Shu bois dan ham bolaning ota oldidagi burchi, qarzi bag'oyat yuksakdir. Hammasidan ham oliysi, «Otangga rahmat!» olqishiga sazovor bo'lishu «oqpadar» kabi dahshatli qarg'ishga yo'liqmaslik. Xalqimiz bolaning ota oldidagi burchi, odobi haqida son-saiodsiz afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, qo'shiqlar, maqollar, shuningdek, udumlar, odatlar, qoidalar, rasm-rusumlar, an'analar yaratgan. Buning uchun o'nlab hayotiy, fantastik, falsafiy, majoziy ertaklarni: «Alpomish», «Go'ro'g'li», «Rustamxon» kabi turkum dostonlarni, qanchadan-qancha didaktik-tarbiyaviy mavzulardagi maqollar, matallar, iboralar, qayroqi so'zlar va naql-rpvoyatlarni eslash kifoya. Mana, xalq ijodiyoti, xalq an'anaviy pandnomasi va oilaviy ta'lim-tarbiyasidan ba'zi bir namunalar:...Otaga tik boqish, uning gap-so'zini bo'lish, oldiga dushib yurish, ovqatga undan-oldin qo'l uzatish, eshikdan oldin chiqish, o'ltirganda yonida tik turish, gapini qay tarish yoxud ikki qilish, qo'lidan ishini olmaslik, yumushini oson qilmaslik, yo'l-yo'riqlari v,a ko'rsatmalariga quloq- solmaslik katta gunoh hisoblangan. «Oq-padar» qarg'ishiga uchrash esa har qanday farzand uchun, yuqorida aytilganidek, eng oliy jazo bo'lgan. Ota uyda bo'lsa, tom ustiga chiqish, huda-behudagaotadan pul so'rash, otaning kiyim-kechagini beruxsat kiyysh, o'ltirgan joyiga o'tirish, uning oldida yonboshlash, kerishish, ortiqcha qattiq kulish, baqirish-chaqirish, hushtak chalish, poxush qiliqlar qilish, so'roqsiz, bemaslahat safarga jo'nash, ko'chaga chiqish, beadab so'zlarni aytish, yuviqsiz ro'baro' bo'lish,. uni sensirash,yonidan besalom o'tish, oldida chekish, ichish kabi otaqadriyatlari bnlan bog'liq odobnomaga amal qilmaslik otani ranjitish, dplini og'ritish demakdir. Ota dilini og'ritishni e'sa hech qayday narsa yoxud tavba-tazarru bilan oqlab bo'lmaydi.
... Yuqorida sanab o'tganimiz, son-sanoqsiz ota obro'si, sha'ni, qadr-qimmati, nufuzi, mavqei, sharafi, qisqasi, qadrpyatini kamsituvchi odatlarning aksi o'laroq, xdlqimizda shunday tarbiya vositalari, ko'nikmalari borki, ularni har qancha e'zozlasak, ardoqlasak, amal qilsak shupchalik unib-o'samiz, kamol topamiz. Va el-yurtga kerakli zarur kishilarga, xususan, yoshlarga ibratli bo'lib yetishamiz. Mana, misollar: Qadim-qadimlardan ota-ona mushkulini oson, og'irini yengil, uzog'pni yaqin qilish, buyruqlari, topshi- riqlarini so'zsiz ado etish, holidan xabardor bo'lish. og'rintirmaslik, ranjitmaslik, yuziga tik boqmaslik. har kun ertalab qo'l-yuzini yuvgandan keyin salom berish va o'qishga, ishga jo'nash oldidan ziyorat qilib, duo fotiha olish, ko'cha-ko'ydan baholi qudrat biron-bir narsa (yegulik yoki kiyim-bosh) olib kelib, qo'liga tuqqazish, do'lidan ishini olish, hol-ahvol so'rash, shirige so'zlar, odobli ibora, muomala bilan erkalashlar,ko'cha-ko'yda, jamoat joylarida, ishda xushxulq, xush- muomala, xushtavozelik, shuningde o'qishda, mehnagda namunalar ko'rsatib, volidayu padari valine'matiga rahmatnomalar keltirish, bir so'z bilan aytganda, ota- ona sha'niga dog' tushirmaslik, nomiga isnod keltirmaslik va hokazolar. Ota qadriyatlari bilan bog'liq xalq odobnomasi, sahifalaridagi nuqtalarni aytib adog'iga, sanab-sanog'iga era olmaymiz. AMMO, ota, shuningdyoq ona qadriyatlaridan yana bir- dikkitasini aytib o'tmasak, ta'kidlarimiz mukammal bo'lmaydi. Donishmandlardan biri, onangni tunda uyqusini buzib bir bora seni emizgani haqiga ming tun uyqusiz tik turib berishing, kech qolganingda bir daqiqa bezovtalanishini yillar davomida azoblanish, seni dunyoga keltirish uchun o'limlarni dog'da qoldirib tortgan to'lg'og'i dardining bir onvdi umrbod tortishing bilan ham oqlay olmaysan. Mabodo, onangni tilla savatga solib yelkangda Makka-yu mukarramaga yetti marta olib borib-olib kelganingda ham uning seni omon saqlash, kamolatga yetkazish uchun tortgan dardu-alami, qayg'u-kulfatlarini bir-ikki daqiqalarini ham oqlay olmaysan, degan ekan. Haqqoniy gaplar! Onalarimiz- ning bizni dunyoga keltirish, sog'-omon, tetik unib-o'stiqish, kamolatga yetkazish o'yida qilgan xatti-harakatlari, kunu tun tortgan azobu 'uqubatlari, tashvish-nadomatlari, dardu alamlarini zarracha bo'lsa-da oqlash uchun kaftimizda ko'tarib Quyosh boboga olib chiqsak, Oy momoda sayr qildirsak, yulduzlardan ko'ksiga taqsak, butun jahonni oyog'iga poyandoz qilsak oz. Ammo, bular balandparvoz gaplar Onalarimizning minnatdor bo'lishi, bergan ok so'tini oqlashimiz uchun ko'p narsa talab etilmaydi.- Xalq iborasi bilan aytganda, farzand sifatida sadoqat ko'rsatib, og'rintirmay qadriga yetsak kifoya. Bu qadriyatlar esa, yuqorida aytganimizday, chuqur, keng va terandir. Ota-onaning oqargan soch tolalarini asl xrliga qaytarish, bukchaygan beliga beldosh bo'lib, qayta tik holpga keltirish, bujmaygan :yuzi, sarf qilgan sihat-salomatligini tiklash, oyoqqa turg'izish, o'tkazgan umrini «qaytib berish» uchun har qanday bola uchun bitta narsa talab etiladi: 'farzandlik burchini hadollik va poklik bilan ado etish, nafaqat Otaga, balki Onaga ham har daqiqa. har soat,har kun, har hafta va har yil rahmat, duo, olqnsh keltirishdir. Xalqda: «Ota rozi-—xudo rozi, Ona rozi el rozi» degan duo-olqish bilan birga, «Ota qarg'ishi o'q, Ona qarg'ishi—do'q» degan purhikmat ibora bor. Bu iboralarning ma'nosi nihoyatda teran bo'lib, myang yillik hayotiy tajribalarga asoslanadi.
Shuni ham aytish kerakki, xalq odobnomasida ota dadriyati ba'zi hollarda onanikidan balandroq, yuklakroq. Zero, ota oila gultoji, farzandlar kamolatingning asoschisi, rahnamasi. Xalq ota qadriyatlarini shun- halar yuksaklikky ko'taradiky, Xatto darajasigacha olib boradi. Bordi-yu ota alqab, duo qilsa farzand bezavol unib-o'sadi, kamolatga erishadi. Buning aksi — ota norozy bo'lsa, og'rinib, qarg'ab qo'yyea bola juvormak bo'lishi, tanazzulga yuz tutishi hayotda ko'p kuzatilgan. Darvoqe, ota harg'ishining o'qligini unutmaslik lozim. Otaning qarg'ishini tilga chiqaradigan darajada gunoh qilgan o'g'ildir-qizdir og'ir kulfatga duchor bo'ladi. Otaga tik qarash katta gunoh, unga qo'pol-qo'rs muomala qilish undan o'n chandan ortiq gunoh. Otasining gapini qaytarish, pandu-nasihatlarini mensimaslik, o'zbilarmonlik bilan ish tutish ham gunohi azimdir. Otaga qo'l ko'tarish esa, farzandning u dunyosiyu bu dunyosi kuyib ketish demakdir. Bunday noqobil, oq- ! padar farzandni na Alloh taolo va na inson zoti kechiradi. Xalq orasida shunday gaplar quloqqa chalinib qolganda har qanday kishi dahshatga tushadi, yoqasini tutib: «Alhazar, bunday so'zni eshitgandan ko'ra quloqlarim kar, shunaqa bolani ko'rgandan ko'ra ko'zlari ko'r bo'lgani afzalroq», — deydi. Darhaqiqat, «falonchi otasiga qo'l ko'taribdi, pistonchi otasini do'pposlab yoki o'ldirib qo'yibdi», — degan gap-so'zlardan ziyod dahshatliroq xabar bo'lmasa kerak! Bunday xabardan nafaqat inson, balki yer, samo larzaga tushadi, titraydi, qaqshaydi. Mashoyihlar naql qilishlaricha, bir yigit otasi bergan non-tuzini oqlab, uni rozi qilish uchun ulug'lardan maslahat so'rabdi. «Qanday qilsam otam rozi bo'larkinlar?» degan savoliga birov unday qil, birov bunday qil, debdi. Ammo ularning javoblari yigitni qanoatlantirmabdi. Shunda ulardan biri: «Otangni yelkangga mindirib., yalang oyoq holda yetti iqlimni aylantirib kelsang, shu joylardagi aziz-avliyolarning tabarruk maskanlarini ziyorat qildirsang, balkim bergan tuz-noniga rozi bo'lar», — deb maslahat beribdi. Bola uning aytganini qilib otasini yelkaspga mindirib, yalang oyoq holda piyoda uzoq safarga chiqibdi. To'qayzor-changalzorlarni, suvsiz cho'llarni, osmono'par tog'larni, o'tib bo'lmas botqoqlarni poyi piyoda kezib chiqibdi. Aziz-avliyolar qadamjolarida bo'libdi. Uyiga qaytib kelib: «otam bergan non-tuziga rozi bo'lgandir» deb turgan ekan, vahiydan «Shu sa'y-harakatingni qirq. marta qaytarsang ham otang oldidagi qarzingni uzolmaysan», — degan ovoz kelibdi.Xalq orasidagi mana bunday boshdan-oyoq haqiqat yoxud haqiqatnamo rivoyatlar ham ota-onaning ulug'ligiga taalluqlidir.Bir bola otasini qattiq ranjitib qo'yibdi. Uz navbatida ota bolasini astoydil qarg'abdi. Ertalab turishsa bolaning badanlari oppoq oqarib ketgan emish... Otasining qarg'ishiga uchragan farzandlarning sholbo'lgani, tildan qolishi yoxud qattiq shikastlangani hollari ko'p kuzatilgan. Otasini og'rintirgan bolaning boshiga og'ir kulfat tushganini o'z ko'zim bilan ko'rganman, — degan edilar janobi Mulla Mirodilla qori Ziyodilla o'g'illari,— mahallada bir yigit bo'lardp. SHu bola pashaga- o'rganib qolib, otasini ranjitishgacha borib yetdi. Bora-bora nazardan qola boshladi, bir kechada tildan qolib, soqov bo'lib qoldi. Dahshatlisi shunda ediki bolasi ham tilsiz tug'ildi. Bunday misollardan yana ko'plab keltirish mumkin. Xalqimizning: «Otaigni har bir olsishi — bir hovuch oltin», «Otangni boshga qo'y, onangni kiftga», «Otangga qilma— o'g'lingdan tortasan, onangga qolma—izingdan tortasan», «Ung ko'zing — otang, chap ko'zing onang», «Ota — bilak, ona — yurak», «Onalik uyning ori bor, otalik uynikg zari», «Ota-onang baxting, ular sening toj-taxting», «Ota-onang o'tirgan toshning ustiga chiqma», «Ota—hayot bog'boni» kabi donishmandlikning nodir namunalariga aylangan hikmatlar ham bejiz to'qilmagan, albatta.Ota-ona qadriyatlari bilan bog'liq xalq an'anaviy tarbiya usuli, odobnomasi va odatnomasidagi purma'no hikmatlarni, og'zaki ijod asarlaridagi ibratli yo'l- yo'riqlaru qoidalarni, ota-ona pandu nasihatlari, shuningdek, muqaddas va tabarruk kitoblarimiz bo'lmish «Qur'oni karim», «Hadisi sharif»lardagi bebaho ta'limni har qanday farzand—xoh u o'g'il, xoh u qiz bo'lsin, o'ziga qonun-qoida qilib olmog'i, unga amal qilmog'i loznm. Chunki, ana shu to'rt manba xulosalariasrlar davomida hayot sinovlaridan o'tgan, avlodu ajdodlar tarbiyasi va taqdirida hal qiluvchi rol o'ynagan bo'lib, bizning kunlarimizda ham zarracha ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Aksincha, ularning ta'sir kuchi,hal ^iluvchi ahamiyati tobora ortib boradi, zamonimiz ga kelib nursizlantirilgan, xiralashtprilgan vd hatto buzib yuborilgan ma'naviy, ruhiy, axloqiy tarbiyamizda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Holbuki biz uzoq vaqt diniy e'tiqoddan, xalqchil udumlardap yuz o'girib, faqat Urusiya yoxud Ovrupa, yoki sosial mafkura iskanjasiga tushib, ruhiy merosdan, milliy an'analarimizdan ajralib qolgan edik. Qonimizga yot mafkurani tiqishtirish orqali ota-bola, ona-bola munosabatlari, ular orasidagi go'zal axloqiy mo'nosabatlarva mehr-oqibatga ham rahna solindi. Holbuki hadisda shunday deyiladi: «...Ota-onalarning keksalik vaqtida har ikkisini yoki biri bo'lmaganda boshqasini rozi qilib, jannati bo'lib olmagan farzand xor bo'lsin, xor bo'lsin va yana xor bo'lsin! Qaysp bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qnlsa, unga jannatning bir eshigi ochiladi. Bola ota-onasidan qaysi birinixafa qilsa, uni rozi qilmaguncha All.oh taolo undan rozi bo'lmaydi!. «Agar ota-onalar bolaga zulm qilsa bola nima qilishi- kerak?» — deb so'radi Abdulloh. «Agar ular bolaga zulm qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak». Ota, xususan, Ona qadriyatlari haqida so'z borar ekan, quyida keltirilgan rivoyatni eslamay o'tolmaymiz. Qadim zamonlardan birida donishmandlar bahslashib qolishibdi. Biri donishmandlar donishmandidan so'rabdi:
— Ey donishmandlar donishmandi, qani ayt-chi, 'dunyoda eng jasur, dovyurak zot kim?
— Farzandi himoyasiga otlangan ona. Bolasining omon-esonligi, kamolatga yetishuvi yo'lida jon fidolikda Onaga yetadigani bo'lmaydi,
— javob beribdi u.
— Dunyoda eng tashvishmand zot kim? — so'rabdi yana.
— Farzandi kelajagi uchun kuyib-pishgai Ona. Bolasini unib-o'sishi, voyaga yetishi va hayotdan o'z o'rnini topishi uchun Onachalik qayg'uradigan, tashvashlanadigan zot yo'q bu dunyoda,
— debdi donishmandlar donishmandi.
— Eng go'zal mavjudot kim, — tagin ran qotibdi birovi.
— Bolasini bag'riga bosib erkalatgan, alla aytgan ayoldan go'zalroq zot yo'q— deb javob beribdi donishmandlar donishmandi. —- Ayt-chi, ey donishmandlar donishmandi, yorug' dunyoni tutib turgan amal nima?
— Farzandlik ayol qalbi, — javob beribdi u.
Shu-shu Ona farzandi uchun hamma narsaga qodirdeb e'lon qilishibdi...
Ota-ona qadriyatlarining nozik bir qirrasi borki, uni chuqur anglab yetmasdan turib buhaqda so'zlash yetarlicha bo'lmaydi. Bu ota-ona qadriyatlarining xalq, el-yurt qadriyatlariga bbrib taqalishidir,Darhaqiqat, farzandning ota-onaga mehr-muhabbati, sadoqati, oqibati, pirovardida o'z xalqiga bo'lganfarzandlik burchini anglash, qadrlash bilan chambarchasbog'liqdir. Haqiqatan ham ota-onasini hurmat qilgan,e'zozlagan, ardoqlagan farzand o'z xalqini ham o'ylashi, uning sha'ni, obro'si, shon-shuhrati uchun qayg'urishi,zahmat chekishi, kurashishi lozim. «El rozi — ota rozi»,0tang bolasi bo'lma, odam bolasi bo'l», «Er o'g'il el ug'il», «Yetti qo'shni — ota-ona», «Otangga bir xizmat qilsang, elga yuz karra xizmatda bo'l!» kabi maqol-larning mazmuni naqadar chuqur ekanligini e'tiborgaolaylik. Zero, farzand ota-onasiga ma'qul bo'lsa-yu,elga manzur bo'lmasa, dunyoga keltirgaplarga sodiq qolib xizmatda yursa-yu, EL-YURTI, XALQI, o'z dini ISLOM yo'lida g'amxo'rlik qilmasa, fidoyilik ko'rsatmasa, ko'pchilik olqish-duosini olmasa, bu ham odobdan emas!
Shunday qilib, yillar va asrlar davomida ardoqlanib, ko'klarga ko'tarilgan va doimo amal qilib kelingan OTA-ONA va BOLA, BOLA va OTA-ONA qadriyatlariga bizning davrimizga kelib, darz ketdi. Qizil imperiyaning bu sohadagi siyosati, turli millat,turli mazxab va turli din, iymonga mansub kishilarning har jihatdan haddan ziyod aralashuvi, sharqona qadriyatlar, shu jumladan, OTA-ONA va FARZANDo'rtasidagi ibratli munosabatlar, favqulodda go'zal,chuqur insoniy, nozik udumlar, odatlar, ko'nikmalar,an'analarni izidan chiqardp. Farzandning ota-onagagap-so'z, xatti-harakaxvda ozor berishi, haqoratlashlari,dilni ranjitishi, hatto qo'l ko'tarishi odat tusiga aylandi. Ro'znomalar va oynomalar sahifalarida, huquqni himoya qilish muassasalari qaydlarida ba'zi hollarda o'z ko'zing bilan ko'rgan, qulog'ing bilan eshitgan voqea-hodisalardan, ya'ni bolaning o'z ota-onasigamunosabatlari bobidagi noxush xatti-harakatlaridandahshatga tushasan, kishi. Qishilarimizning bunday holni ko'ra bila turib loqayd bo'lishlari, o'zlarini eshitib eshitmaslikka solishlaridan esa inson bo'libtug'ilganingga pushaymon bo'lib ketasan va bor ovoz bilan: «Hoy, farzandlar, dunyodagi eng aziz, eng mo’tabar, tabarruk va bebaho ota-onalarimizni saqlang, asrang-avaylang, ular nomiga, sha'niga gard yuqtirmang, qadrlang. Ular og'zidan zavollikka olib boruvchi qarg'ish, la'nat eshitmay, kamolatga erishtiruvchi olqish, duolar eshiting. Shu deganlarimizni qulog'ingizga isirg'a qilib taqib olingki, ota-onangiz hayotdan ko'z yumgandan keyin iziga zor, so'zlariga intizor bo'lsangiz—ana unda befoyda!» — deb qichqirging keladi. Xalqimizning mashhur baxshisi Qodir Rahim o'g'li o'gitlari yodga keladi: .
Otani osmon deng yulduzli, oylar,
Onamiz zamindir yomg'irli, sorli,
Ikki hurmatim keltira olsin
Senikidir, bolam, fasllar asli.
Quyosh doimo nur sochgan, ko'kida oyu yulduz porlab,qoru yomg'irdan zamini gullab-yashnab turgan insonning imon-e'tiqodi but bo'lib yashashi faqat o'zaro munosabatlar bilan bo'lmay, balki bu dunyo nozu-ne'matlaridan yemoq-ichmbq; 'bdhramand bo'lmoq tufayli hamdir. Xuda
o'z bandalariga rizq-ro'z yaratganda ularning boshida don, ya'ni non turgan ekan. Odam Ota avlodlariga zamin berilganda jannatdan doim rizq-ro'z qilib bug'doy qo'shilgandir. Shu bois ham Non qadri haqidagi odobnoma sahifalarini varaqlamoq xo'p savobdir.

Download 422.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling