Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 422.09 Kb.
bet15/39
Sana28.01.2023
Hajmi422.09 Kb.
#1136911
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Majmua

QAYNONA HAM ONA
« Xalq an'anaviy ta'lim-tarbiyasida qaynonaning onalik burchi va mas'uliyati ham alohida o'rin tutadi. Xalq e'tiborini qaynotadan ham ko'ra qaynonaga ko'proq qaratadiyi, bolaning obyektiv sabablari bor, albatta. Zero, yosh oilaning mustahkam izga tushib, barqaror yashab qolishiga, kelin-kuyov bilan qaynona-qaynota o'rtasida yaxshi, iliq munosabatlar o'rnatilishida, o'g'il yo qizning farzandlar orttirib, uvali-juvali.Hayot kechirishida qaynonaning o'rni qaynotaga nisbatan ko'proq. Buni ularning ona bo'lishlarigina belgilamaydi, aksincha, qaynotaga nisbatan qaynona ko'proq oila davrasida bo'ladi, «mayda-chuyda» (aslida-ku ular ham mayda-chuyda emasku-ya) ishlar bilan ko'proq shug'ullanadi. SHunday qilib, qaynona, qaynotachilik tu- shunchalari va kelin-qaynona munosabatlari siz-biz (o'ylagandan ko'ra murakkabroq bir tarzda ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Kasbim taqozosi bilan turli joylarda og'zaki ijod, elshunoslik, xalq an'anaviy tarbiya usullari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishga, turli xonadonlarga tashrif buyurib, ular bilan axloq-odob, ta'lim-tarbiya yuzasidan qizg'in muloqotda bo'lishga to'g'ri keladi. Bunday paytlarda, tarki odat amri mahol! deganlaridek, folklor namunalari bilan bir qatorda xalqimizning chin insoniy fazilatlar, oilaviy munosabatlar kabi sof axloq-odob mavzulari aks etgan asarlarni yozib olaman, tinch, osoyishta turmush kechirayotgan kishilarning ibratumuz hayotlari, turmush tarzlariga oid qog'ozga tushiraman. Qaynona-keli.n, kuyov-qaynota yoxud kelin-qaynona, kuyov-qaynota munosabatlari ifodalangan xalq og'zaki ijodi, xalq an'anaviy tarbiyasi namunalari, bevosita o'zim shohidi bo'lgan voqealar, quloqqa cha- lingan iboralar shular jumlasidandir. Darvoqe, qaynona bilan kelinning, xuddi tug'ishgan ona-boladek juda inoq, ahil yashashlari, ular o'rtasidagi havas qilgudek iliq munosabatlar, izzat-ikrom va oqibatni ko'rib
zquvonganimdan o'zimni qo'yarga joy tuyolmay qolgankunlarim ko'p bo'lgan. Va aksincha, qaynona-kelinning,xalq iborasi bilan aytganda, bir hovlida it bilanmushukdek yashayotganligidan voqif bo'lganimda qalbimzirqiragan damlar ham yo'q emas... Keling, yaxshisi xalqimizni odobnomasidagi qaynona-kelin munosabatlari aks etgan asarlar bilan tanishish navbatini boshlay qolaylik. Zero, oila totuvligi va osoyishtalignbirinchi navbatda mehribon, munis va xonadon jon-kuyari qaynonaga bog'liqdir.
Naql qiladilar: bir ayol qiz ko'ribdi, buni eshitgan qo'shni: «Eg'achi, o'g'il muborak»,— debdi. Ona hayron bo'lgan ekan: «Boshingiz qotmasin, keyin bilasiz»,— debdi qo'shnisi. Oradan bir yil o'tib, haligiayol o'g'il tug'ibdi. Buni eshitgan qo'shnisi: «Qizingizqutlug' bo'lsin»,—debdi. «Nima balo, ko'shnim qiznio'g'il deydi, o'g'ilni qiz deydi», deb hayron bo'libturgan ekan, qo'shnisi: «Gapishing ma'nosini keyinbilasiz»,— debdi.Bolalar voyaga yetib o'g'il uylanibdi, qiz kuyovga chiqibdi. SHunda qo'shnisi: «Ana, ko'rdingizmi, qizingiz o'g'illik, o'g'lingiz qizlik qildi. Farzandingiz ikkita edi, to'rtta bo'ldi! Endi keliningizni qizim deb,yovingizni o'g'lim deb bilsangnz, hecham kam bo'lmay» og'zingizdan osh, yuzingizdai kulgu arimaydi»,—debdi. Ona kuyovini — o'g'lim, kelinini — qizim deb, ularni astoydil mehr bilan suyubdi. Qarabsizki, uydagi saranjom-sarishta bo'lib, hammalari rohat-farog'atda yashay boshlashibdi. Ammo, oralariga shayton pralabdimi yo yomonlar gapiga kiribdimi, ona qaynonalik qila boshlabdi. Qelinni o'tirsa o'poq, tursa so'poq,deb, ko'zini ochirmay qo'yibdi, kuyovdan o'g'il chiqmas, deb kuyovini ham bezdira boshlabdi. Qelin bilan kuyovham qarab turmabdi. Qaynona «a» desa, kelin «be»debdi, qaynona birni desa, kelin ikkini debdi. Bir payt, qarabsizki, oraga sovuqlik tushibdi. Qelinga
ergashib kelgan Oqibat, Fayz, Saranjom-sarishtalik, kuyov bilan uyga kirgan Baraka, Hurmat, Izzat-ikrom, Sadoqat, Mehr bu xonadonni tark etibdi, ularning o'rnini Sovuqlik, Janjal, Dilxunlik egallabdi-da, oila poydevorini yemira boshlabdi. Aqli rasolar qaynonani o'rchaga olishibdi. U tushgan yo'ldan qaytib, kelini bilan kuyovga bo'lgan sovuq munosabatlarni o'zgartiribdi. Qaytadan o'zi onaga,kelin qizga, kuyov o'g'ilga aylanibdi. Hayot yana shirin bo'libdi, uyga Hurmat, Oqibat, Qulgu,
Tabassum qaytib kelibdi..,
Bu naql, shuningdek xalqning:
Qaynona yaxshi bo'lsa,
Kelinni sulton qilur.
Qaynona yomon bo'lsa,
Kelinni ulyun qilur.
Qizing yoki chiroqni
Kelining ham yosadi.
Qaynonamas onabo'lsang —
Kuyoving ham boqadi,
O’g'lingni sevsang,
Keliningni ham sev.
Nabirangni suysang,
Onasini ham suy.
Kuyoving — farzanding,
Kelining — dilbanding.
Kuyovga yetgan yetadi,
Yetmagan yitadi,
Kuyov uy ko'rki,
Kelin uy bezagi,—kabi donishmandnomalarining har birida qanchadan-qancha purhikmat ma'no bor! Darhaqiqat, xalq ommasi o'z asarlarida qaynona (bilan kelin o'rtasidagi munosabatlarni eng nozik qirralarigacha tasvirlaydi. Ko'pchilik folklor asarlavda, xalq an'anaviy pandnomasi namunalarida qaynonaning oila totuvligi va bola tarbiyasida muhim o'rin tutishi qayta-qayta uqtiriladi:
Xalq «yor-yor»larida aytiladi:
Qaynona-kelin ola bo'lsa,
Qayg'u kelar, yor-yor!
Qaynona-kelin ahil bo'lsa,
Omad kular, yor-yor!
Yana bir misol:
Qaynona-kelin yomon bo'lsa,
Uy buzildi, yor-yor!
Uy buzildi!
Xalq yana va yana ogohlantiradi:
Qaynonasi kelinni
Bolam desin, yor-yor,
Bolam desin!
Qelini, qaynonasin
Onam desin, yor-yor.
Onam desin!
Shunday qilib, xalq kelinni qiz deb bilishlikni ta'kidlaydi, ulardan onalik mehrigiyosini ayamaslik, bo'lar-bo'lmasga ko'ngil qolar gaplarni aytmaslik, nojo'ya xatti-harakatlarga yo'l qo'ymaslik, aksincha ro'zg'orning ko'rki, guli, toji bo'lishga harakat qilishga chaqiradi. Darvoqe, xalqning:
Kelimingni sarg'ama,
Ug'lingga uradi.
Kuyovingni qarg'ama,
Qizingga uradi,—tarzida kuyib-pishganda ham qanchalar hayot haqiqati bor!
Masal:
— Hoy ovsin, namuncha yashnab ketmasang. Bir joyga borib, yoshingni yashab, oshingni oshab qolibsan ham-ki, tetiksan, baquvvatsan. Yuzingda tirish, sochingda bitta oqing ham yo'q-a?! Bunchalik yasharib yurish sirini bizga ham aytsang-chi?— so'rabdi Tovuq Tovusdan.
«Tushirganimga o'ttiz yil bo'lchbdiki, ‘gilimiz sizdan senga bormadi. Ha, kelin bolam mendan, men undan mehrigiyomizni, shirin so'zimizni ayamadik».
Qissadan hissa:Yaxshi qaynona — ona
Kelin unga — bola.
Xalq deydi:— Ey ona, taqdiri azal taqozosi bi
lan qo'lingga tushgan farzandni kelin deb emas, qi-
zim deb bil, uni sev, ardoqla, undan onalik mehringli darig' tutma, chunki bugunmas-erta qizing ham qaynona bo'ladi.
— Ey ona, kelin tushirib, aziz farzanding — qizing bitta edi, ikkita bo'ldi, ikkita edi — uchta bo'ldi. Birovning ko'z qorachug'ini ham aziz deb bil, chunki sening hayotingni bezovchi, umringga umr qo'shuvchi uyingni nurga, tabassumga to'ldiruvchi bir-biridan
qandu asal jajji o'g'il-qiz nabiralarni senga shu kelining tuhfa etadi, u ham xuddi sening o'zing kabi muqaddas ona!
...Yangiyo'l shahrida Nurmatov Rixsivoy degan bir tanishim bor. U pensiyaga chiqqan bo'lishiga qaramas dan ishlaydi, bog'bon. Xotini Shahodat opa uy bekasi. Kimda-kim qaynona bilan kelinlar o'rtasidagi oqibat-natijasini o'z ko'zi bilan ko'rmoqchi bo'lsa, favqullodda nozik oilaviy munosabatlarning ayni shu bobida ibratli darajadagi bu xonadonga tashrif buyursin. SHahodat opaning besh o'g'liyu olti qizi bor. Yo'g'-ye, qizi aslida tanho, ammo bu oilada kelin ham qiz hisoblanadi. Ular eng mo''tabar, eng aziz, eng shirin farzanddirlar. Katta o'g'li Bahodir — avtobazada il- g'or shofyor, rafiqasi Erkina o'qituvchi, ular ikki bolaning ota-onasi; Baxtiyor —» oliy ma'lumotls mutaxassis, xotini Saodat musiqa o'qituvchisi, ularning uchta farzandlari bor; Berdiyor RTS xodimi, umr yo'ldoshi Madina oliy ma'lumotli mutaxassis; Doniyor ofiser, yostiqdoshi Gavhar diplomli fizik va hokazo. Oilaning kenjasi tufayli bu xonadonda yana bir qiz
paydo bo'lishiga imonim komil. Shahodat opa deydi: Bizning uyimizda «kelin» degan iboraning o'zi yo'q, «qizim» so'zi bor! Dadalari bilan men kelinchaklarni «Ona qizim» deb chaqiramiz,
doimo shirin muomalada bo'lamiz. «Ha, ular uyda katch (galarga rpa, kichiklarga singill bamisoli bir qorindan talashib tushishganu chaqaloqlikdzn birga-birga va katta bo'lishgan... Men ona qizlarimga, ya'ni kelinlarimga uni qilinglar, buni qilinglar, demayman, nimaiki yumush bo'lsa, ularning o'zlari bilib bajarishaveradi.
Xalq deydi:
Kelinning yaxshiligin
Qaynonadan so'ra.
Quyovning yaxshi-ligin
Qaynotadan so'ra.
Shahodat opa o'z hikoyasini davom ettirdi: — Urtancha kelinim, yo'g'-ye, ona qizim — Saodatxonni tushirib kelishdan oldin so'rab borganimizda qizi, bo'ldi. Onalari; «Qizimni o'qish hamda musiqaga qatnashtirib, buning ustiga-ustak, yolg'iz farzand bo'lganidan uni uy ishlariga' kamroq aralashtirganmiz.. Sizga qiyin bo'larmikan...» deb qoldilar. Masala ravshai
edi. Demak, Saodatxon oilada tanho farzand bo'lganligidan qozon-tovoq, kir-chir deganlaridek, uy ishlari bilan unchalik oshno emas. Ushanda men: «Hechqisi yo'q— o'rganib ketadilar. Men ishlayotganimda tepamda tursalar bo'lgani», dedim-da, hech ikkilanmay quda-anda bo'lib, qizni tushirib keldim. «Boshga tushganni ko'z ko'rar», degan ran bor. Saodatim kir yuvsam —
yonimda, ovqatga unnasam — ro'paramda, non yopsam —qarshimda, nevara boqsam — qoshimda bo'ldi. Qarab-sizki, ishlash bilan birga binoyidek uy bekasiga ay-landi-qoldi. «Ikki yorti bir butun» degan ekan donolar, kelin bilan qaynona ahil bo'lsa, bir-birovini; tushunsa, ro'zg'orning og'ir-yengilini barobar tortadi (bunda yoshini yashab bir yerga borib qolgan qaynona hayotini endigina boshlagan kelinga o'rnak, saboq bo'lishi lozim), hech qanday ortiqcha gap-so'z yoki dimog' firoqqa o'rin qolmaydi. Mana, oldi uch bolali bo'lib bolalari maktabda o'qiyotgan bo'lishlariga qaramay shu kunga qadar bironta kelinjonlarim bilan bir og'iz yomon so'z yoki adi-badiga bormaganman. To'g'ri, ro'zg’orning o'z tashvishi, qiyinchiliklari bor. Senga butunlay yot bo'lgan xonadon nuridiydasining ko'nglini birdaniga topish qiyin. Ammo qaynona emas, ona bo'lishga harakat qilsang hamma ish joyida bo'ladi. «Kelinim unday, kelinim bunday» deb (o'z nuridiy dalariga aylanib qolishi tamomila muykin bo'lgan- zqin kishisini) shikoyat, arz-dod qilib yuruvchi ba'zi bir qaynonalarni ko'rib hayron qolasan kishi. To'g'ri-da, birov aziz jigarbandini qanchadan-qancha umidlar bilan yo'q yerdan paydo qilib, ne-ne mashaqqatlar bilan voyaga yetkazib, ikki qo'llab senga tutqazsa-yu, sen bo'lsang «uni undoq — buni bundoq» deb nontepkilik qilsang. Io'q, kelinni yomonlash, o'z qizingday bo'lib qolgan, uyingning ko'rki, aziz farzanding dilini og'ritib, uning sha'niga nomatlab so'z aytish, xatti-harakating bilan ranjitish hech bir insonga to'g'ri kelmaydi. Axir «Qelinni kslin qilgan — qaynonasi, kuyovi — kuyov qilgan — qaynotasi»,— degan ran bor-ku! Kimda-kim o'z kelinini yomonlasa — o'zini, o'g'lini, na- biralarini yomonlagan bo'ladi-ku». Qaynonadan chiqqan-bu so'zlarni tinglar ekanman, xalqning «Yer-yor» qo'shig'idagi ushbu misralar beixtiyor xotiramda tiklanadi:
Qaynonayu kelinni qo'sh uzuk deng, yor-yor,
Ulardagi, inoqlik
oltinga teng, yor-yor.
Qaynotayu kuyovni.
qo'sh qanot deng, yor-yor,
Ulardagi ahillik
dunyoga teng, yor-yor.
Qaynona! Shu birgina so'zning mazmunida qanchadan-qancha ma'no, sevinch va tashvish, oilaparvar va oila-buzar, chin odamiylik munosabatlari va aksi yotadi!
Axir, shahodat opadek (bunday oila totuvligi va umr boqiyligi yo'lida jonbozlik ko'rsatuvchi bag'ri keng, kelinlarning yaqin yordamchisi, munis-mehribon, haqiqiy onasi bo'lib qolgan qaynonalardai yana ko'plab keltirish mumkin) kelinlari o'rtasidagi iliq totuvlik, hurmat-e'tiqod hamda sadoqat asosiga qurilgan qaynona va kelin munosabatlari bilan birga juda ham ehtiyotkorlik va donishmandlarcha yondoshiladigan «bu masalaga nihoyatda yengil-yelpi, yuzaki qarovchi oilalar ozmuncha deysizmi?
Kelinning tantiqligiyu erkatoyligi, qaynonaning injiqligiyu takabburligi (va ba'zi hollarda ularga qaynotaning beparvoligiyu qaynog'a-qaynisingillarning bema'ni xatti-harakatlari qo'shilishgan holda), bir so'z bilan aytganda, odamiylikni unutib, oqilona ish dutmaslik, kaltabinlik natijasida endigina kurtak ota boshlagan oila zil ketishi, inson uchun xoh u asl, xoh u erkak, eng aziz tuyg'u—muhabbatning chilparchin bo'lishi, ne-ne umid-orzular bilan bir yotsiqqa bosh qo'ygan ikki qalbning bir umr armonli bulib qolishi va ikki o'rtada yosh nihollarning sarson-sargardon holga tushish hollari kammi?
Har tomonlama odamiy, yuzidan nur, tilidan bol to- madigan, xushmuomala, oqila qaynonalar bilan birga,. qiyinchiliklardan hech birini o'z zimmasiga olmaydigan, oilabuzar, har qadamda kelinga zahar-zaqqum yutdiradigan, ichi pichingu shum niyatga to'la qaynonalar oz deysizmi?! «Shu yashamagur shumoyoq kelin keldiyu bolam aynidi-qoldi»,— deb hech bir asossiz o'z kelinidan: zorlanuvchi; yu.mushini tugallab birpas nafasini rostlash uchun endigina o'tirgan kelinga o'shqirib, «Hoy kelin poshsho, sizni taltayib o'tirib. damini olsin, deb olmaganman, anavini qiling—manavuni qiling»,—deyyuvchi, «qizim senga aytaman — kelinim sen eshit»
qabilida ish tutib, hech bir andishaga bormay zahar-zaqqum so'zlarni aytuvchi johil qaynonalar kammi?
Biz folklorshunos olim sifatida ana shunday qaynonalar tilidan to'rt yuz to'qson olti nomdagi qarg'ishni yozib oldik.
Shunisi xarakterliki, ayrim qaynonalar qarg'ii kishiga nisbatan- ruhiy hujumning eng ta'sirchan eng o'tkir, eng kuchli vositalaridan biri ekanligini anglagan holda bo'lar-bo'lmasga kelinlarini qarg'ishga ko'mib tashlaydilar. Bu qarg'ishlarning biri kelinning bolasini burnidan keltirsa, ikkinchisi tu- g'olmay o'lishga olib keladi. Uchinchisi laxatda chiritsa, to'rtinchisi tuzalmas dardga chalintirib, bevaqt xazon bo'lishni tahminlaydi va h. k.
Darhaqiqat,-qarg'ish, (biz bu haqda quyiroqda alohida to'xtalib o'tamiz) har qanday kishi ruhiga kuchli,-ta'sir qiladi, uni ezadi, ruhan tushkunlikka tushiradi, qo'rqitib vahimaga soladi, umidsizlantiradi,; itoatgo'y qulga aylantiradi, ba'zi qaynonalar yosh kelinlarini tobe qilish, qo'rqitish, itoatgo'y qulga aylantirish uchun qarg'ishga zo'r beradilar.
Shu birgina faktning o'zidanoq qaynona bilan bog'liq qanchadan-qancha muammolar borligini anglash qiyin emas.
Qaynona-kelin o'rtasidagi munosabatni dutor ipiga o'xshatgingiz keladi. Ehtiyotkorlik va noziklik bilan chertsang, bamisoli bulbulday sayraydi, bordiyu ozgina bo'lsa-da jahlni ishga solib, qattiqroq chertsang, tor iplari uziladiyu qo'shiq o'rnini dilxunlik egallaydi. Bir do'stimning onasi nabirasini jon-jonidan suyadi, bor mehri bilan ardoqlaydi, u bilan quvonadi, u bilan ovunadi. Bir nafas ko'rmasa, chidab turolmaydi... Ammo... ana shu ona suyukli va ardoqli nabirasining oyisini, ya'ni o'z kelinini yoqtirmaydi, yoqtirmaydigina emas, yomon ko'radi, hech sig'dirmaydi. Axir, o'sha hayotim ziynati, o'ligim egasi deb bilgan nabirasi yomon degan onaning jigarbandi-ku?
Bolam jonim bolasi,
Qandak o'rik donasi.
Kichik o'rik tutqazgan
Omon bo'lsin onasi.
«Bolangizning bolasi — qandak o'rik donasi» ekan, uni dunyoga keltirib, sizga olam-olam shodlik hadya etgan ona — keliningizdan ham siz qaynonalar onalik mehringizni darig' tutmang! Ana unda kelinjonlarning munisligiyu mehribonligini, shirin zabonu xushmuomalasini bir ko'rib qo'ygan bo'lar edingiz. Shunday qilib, kuyov va kelin, qaynona va qaynotaning o'zaro ahilliklari, bir-birlarini yaxshi tushunishlari, hurmat va sadoqatda bo'lishlari, qadriyatlarini qadrlashlari, har birlari o'z burchlarini iymon bilan oqilona bajarishlari oilaning barqarorligini, shirinligiyu tinch-totuvligini ta'minlaydi... Mana shu yerda kelin-kuyov, qaynota-qaynona munonobatlari haqida fikrlarga yakun yasaymiz. Zero, murg'ak go'daklar o'sib-ulg'ayib balog'atga erishadi, oila qurib, endi o'zlari farzand kutishmoqda. Xalqimizda «Ota bo'lmay — otaning, ona bo'lmay — onaning qadriga yetmas», degan maqol bor. Kelin-kuyov ota-ona bo'layotgan ekan, xuddi shu o'rinda ota-ona qadriyati haqida to'xtalsak maqsadga muvofiq bo'lar deb o'ylaymiz.



Download 422.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling