Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 422.09 Kb.
bet14/39
Sana28.01.2023
Hajmi422.09 Kb.
#1136911
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
Majmua

Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Stanislavskiy K..Aktyorning o‘z ustida ishlashi. T.Xo‘jayev tarjimasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2011.

  2. Mahmudov J., Mahmudova X. Rejissura asoslari.-Toshkent: O‘DSI bosmaxonasi, 2008.

  3. Norboy Ortiqov Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. –Toshkent: O’zbekiston, 1997.

  4. Qorabayev U. O‘zbekiston bayramlari.-Toshkent: O‘qituvchi,1991.

19.Qorabayev U. O‘zbek xalq o‘yinlari.-Toshkent: San'at, 2001.
20 Musulmonova О. Ма’vaviy qadriyatlar– sod’lom avlodni tarbiyalash vositasi. –Т.: 1995.
21.Nоrboy Оrtiqov Ма’naviyat: Мilliy va umuminsoniy qadriyatkar. –Т.: O’zbekiston, 1997.
Internet sayti:

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.google.ru

  3. www.fikr.uz


Amaliy mashg’ulot
6-Mavzu: Qaynota – qaynona hurmati
Reja:
1.Qaynota-qaynonaning oiladagi burchi mas’uliyati
2.Qaynotaning oiladagi o’rni
3. Qaynonaning oiladagi o’rni
4.Qaynona va kelin o’rtasidagi munosabatlar
Ishning maqsadi: Qaynota-qaynonaning oiladagi burchi mas’uliyati, qaynotaning oiladagi o’rni, qaynonaning oiladagi o’rni, qaynona va kelin o’rtasidagi munosabatlar qiz haqida bilimlarga ega bo’lish va bu boradagi bilimlarni mustahkamlash.
Ishning jihozi: Mavzuga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua materiallari va internet ma’lumotlari.
Ishning bajarish tartibi: Talaba amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi.
QAYNOTA HAM OTA
Kaynota ota, Kelin — qizu, kuyov — bola.
(Maqol)
Mavzuni yoritishga kirishar ekanman, ko'pdan-ko'p maktublar orasidan biri diqqatimni o'ziga tortdi: «Qaynona ham — ona» va «Kelin ham — qiz» deb nomlangan maqolalarni zo'r ishtiyoq bilan o'qib chiqdim. O’z rahmatimni izhor -etish va ko'nglimdagi bir gapni aytish uchun qo'limga qalam oldim. Har ikki maqola menda (imonim komilki, bir mendagina emas, boshqalarda ham), yaxshi taassurot qoldirdi. SHunga o'xshash xalq an'anaviy pedagogikasiga oid materiallardan tez-tez berilib turilsa ayni muddao bo'lur edi. Qaynona bilan kelin munosabatlari kishilar o'rtasidagi eng nozik, serqirra va muammoli masalalardan biridir. Bu boradagi xalq odobnomasining maqolada keltirilgan sahifalari qiziqarli -va ibratli ekan. Men ham bir masalada o'z fikr va mulohazalarimni aytmoqchiman. U ham bo'lsa, ko'pincha qaynona haqida yozishadi-da, yaxshisini maqtab yomonlarini koyigan bo'lishadi. Lekin oilada, xususan, kelin-kuyovlarning hayoti va taqdirida muhim rol o'ynovchi qaynota va uning oila baxti hamda kamolatida tutgan o'rni xususida deyarli gapirilmaydi. Axir, qaynotalar haqida ham har qancha yozsa bo'ladi-ku?! Balkim, xalq an'anaviy tarbiya usulida hamda og'zaki ijodi odobnomasida yaxshi-yomon qaynotalar haqida ham fikrlar bayon etilgandir. Hayotda esa, shaxsan men o'zining xush xulqi va xush muomalasi bilan kelin-kuyovlari qalbida otalik
mehrini uyg'ota olgan, bu borada qo'ni-qo'shni, mahal-
da-ko'y, qishloq, hatto tumanga ibrat bo'larli qayn talarni ko'plab uchratganman. Uzimning qaynotam ham ana shundaylardan biri. Ha, yosh oila mustahkamligi va rivoji, oiladagi ahillik, totuvlik va davomiylik ko'p jihatdan qaynotaga ham bog'liq. Afsuski, el bezor, oila buzar qaynotalarga ham duch kelganman...» (B. Esonov. Toshkent madaniyat institutining katta
o'qituvchisi.) Ushbu xatni o'qir ekanman, Xalq donishmandligining timsoli Oqilboboning so'zi xotiramda qayta tiklanadi. U shunday deydi: «Qaynota kelin-kuyovga ota, kelin-kuyov unga farzand», degan hikmatdagap ko'p, Men kelinlarimni o'z farzandlarim, ya'ni qizlarim, deb bilaman, o'zim yemasam yemaymanki, ular- ga yediraman, shirin so'zimni hecham ayamayman, ular bilan hamma vaqt xushmuomalada bo'lishga harakat qilaman. Shundan bo'lsa kerakki, olgan tuprog'ing oltin bo'lgurlar men bilan onalarini qo'ygani joy, o'ltir- g'izgani o'rin topolmay qoladilar. Tillaridan «oyi», «dada» so'zlari tushmaydi. «Qars ikki qo'ldan», chiqa-
di deydi mashoyixlar. Ha, qaynotaga ham ko'p narsa bog'liq». Haqiqiy dil so'zlari! Darhaqiqat, har qanday oilada bosh sanalgan qaynota aql bilan ish yurgizib, hamma vaqt oqilona yo'l tutsa, oilada o'zaro hurmat va sadoqatni yo'lga qo'ya olsa, o'z xulq-atvori hamda muomalasi bilan boshqalarga namuna bo'lsa kelin ham, kuyov ham oilaning o'z farzandiga aylanishi, o'zlariga
butunlay yot bo'lgan yangi oilada ham o'z baxtlarini topa olishlari, oqibat-natijada barqaror va totli oila qurib, uvali-juvali bo'lib ketishlari tabiiydir. Dono xalq deydi:
— Ey ota, o'z orzuyingga yetib, qiz kuzatib kuyov, ya'ni o'g'il ko'rding, o'g'il uylantirib kelinli, ya'ni qizli bo'lding. SHuni chuqur anglab ol: kelining — qizing, kuyoving — o'g'ling, ularni o'z farzandingdek ko'r, otalik mehr-muhabbatingni, sahovating va muruvvatingni ayama. SHunda sen xonadonning ko'rkiga aylanasan, kelin-kuyovlar ham seni o'z otalari kabi chuqur hurmat qilishadi, chin qalbdan suyushadi. Aksincha ular ga nisbatan qo'pol bo'lsang, bo'lar-bo'lmasga achib-sasisang, o'z farzandingga bir xil, kelin-kuyovingga boshqacha muomalada bo'lsang ular ham sendan sovib, hurmat qilmay qo'yadilar. Buning oxiri esa voydir... Qaynota bo'lma, ota bo'l, Shunda izzat topasan. Qaynona bo'lma ona bo'l, ShuYada izzat ko'rasan! QAINOTA! Axir bu — uyimizning ko'rki, qo'r-barakasi, tinch-osoyishta hayotimizning posboni! G'am-anduhlarimiz, tashvish-nadomatlarimiz, sevinch-quvonchlarimiz bilan o'rtoqlashuvchi, masdahatgo'y, g'amxo'r dono otaxon-ku. Otamiz o'rnida otaliq qiluvchi murabbiy, eng ulug' inson. Uzining tashvishi, ishlari boshidan oshib-toshib yotgani holda bizning o'ylovchi, ba'zi bir past-baland gaplarning oldini oluvchi qadrdon kishimiz-ku! Xonadonga yangi tushgan kelinini, yangi qo'shilgan kuyovini o'z farzandidek ko'rib, ularni zahmat chektirmay kamolat sari yetaklovchi, ahil, shirin-totuv oilani ta'minlovchi sahovatli qalb egasi. O’zbek xalq og'zaki ijodida hamda an'anaviy pand-
nomasida ana shunday qaynotalar alohida mehr bilan madh etilgani holda, otalik mehridan mahrum, o'zining xatti-harakati, achchiq tiliyu qo'rs muomalasi bilan qalblarni dog'lovchi noinsof qaynotalar tanqid ostiga olinadi, hajv, kulgu, piching, kinoya orqali fosh etiladi. Ana shunday o'rinlarda ham «Xalq bahosi — haq baxo»ligiga yana bir bor ishonch hosil qilasiz.
Darhaqiqat:Ota-ona el ko'rki.,
qaynona-qaynota dil Ko'rki.
Kaynotali kelin o'ktam, kelin,
qaynonali kelin ko'rkam kelin.
Qaynotali kuyov serka kuyov,
Qaynonali kuyov erka kuyov. - ,
Ota so'zi — el so'zi, saynota so'zi, — dil so'zi,
O’g'lini degan kelinisi der,
Kizini degan kuyovini.
Quyovini o'g'il qilgan qaynotasi
Kelinni. qiz krllgan qaynonasi.
Kaynota-kuyov tual bo'lsa,
Qizning baxti.
Qaynona-kelin tugal bo'lsa,
O’g'ilning baxti.
Qaynota yomoni — oila omonati,
Qaynona yomoni — oila kasofati.
Qaynotaning otalik hurmati bor,
Qaynonaning onalik,— kabi hikmatlar xalqimiz tomonidan bejiz yaratilmagan.
Naql qiladilar:
...Qadim zamonda ikki qo'shni bo'lib, ular bir-birlari bilan quda inoq va ahil yashar ekanlar. Vaqti-soati yetib, ular qizlarini kuyovga uzatibdilar. Qo'shnilardan birovi kuyoviga qaynotalik qilmabdi, aksincha, unga mehribon ota bo'libdi, kuyovini chuqur hurmat qilib, o'g'lim deb bilibdi. Kuyov ham qaynotasini behad qadrlar, ota deb uning gapidan chiqmaskan. Qaynota bilan kuyovning bunday inoqligini ko'rib, uygaFAYZ, BARAQA, TINCHLIK kirib kelibdi. «Ikki
yorti bir butun» deganlaridek, qaynota-kuyov kundan-kunga boyib, badavlat bo'lib ketishibdi.
Boshqa qo'shni bo'lsa kuyovini hecham hurmat qilmasdi, uni o'g'il deb bilish o'rniga «kuyov», ya'ni «kuyov-yot, yov» deb kamsitibdi. Eriga qo'shilgan qaynona ham «Begonadan ota bo'lmas, kuyovdan o'g'il» tarzida ish tutibdi. «Qars ikki qo'ldan chiqadi» deganlaridek, kuyov ham qaynotasini ota, qaynonasini ona demabdi. Natijada, oiladan baraka ko'tarilibdi, qaynota-kuyov
o'rtasida parda qolmabdi, tinch-totuvlik o'rnini janjal egallabdi, oxiri borib kuyov ketib qolibdi... Qarang-a, kuyov bilan fayz, baraka, osoyishtalik ham ketibdi. Qaynota bilan kuyov ahilligi qaynona va kelin ahilligidek zarur bo'lib, ular orasiga ola mushuk oralasa, oxiri voy ekan.
Xalq «Yor-yor» larida aytiladi:
Qaynotaning duosi
Oltin denglar, yor-yor,
Oltin denglar,
Quyov-kelin baxtga
Botsin denglar, yor-yor.
Botsin denglar.
Uchar qushning sanoti
Sinmasin, yor-yor.
Sinmasin.
Quyov bilan qaynota
Ahil bo'lsin, yor-yor,
Ahil bo'lsin.
Qaynotasi yaxshi bo'lsa,
Kuyov — o'g'il, yor-yor.
Kuyov — o'g’il!
Qaynotasi yomon bo'lsa, Kuyov — dushman, yor-yor
Kuyov dushman!
Yana bir misol:
Qaynotasin kuyova
Otam desin, yor-yor.
Otam desin!
Qaynotasi kuyovin
Bolam desin, yor-yor.
Bolam desin!
Qaynota bilan kuyov
Qo'sh qanotdir, yor-yor.
Qo'sh qanotdir!
Kelin-kuyov kirgan uy
Nurga to'lar, yor-yor,
Nurga to'lar!
Xalq an'anaviy pandnomasining talabiga ko'ra, el
kelin-kuyovlar:
Qaynotamning sarali,
Qalmoqqa ilar,
Qaynonamning qarashi
Idmoqrul ilar,— deb zorlanmasin! Aksincha, ular o'rtasidagi munosabadlar mehr-oqibat yaqin bo'lsin:
Ota bo'lsin qaynota,
Kuyoviga, yor-yor.
Ona bo'lsin qaynona,
Keliniga, yor-yor.
Masal:— Kuyoving namuncha inoq bo'lmasa, qarab tursam, seni o'tirg'izgani o'rin, qo'ygani joy topolmaydiya. Bunday muomala oldingdami desam, orqavorotdan ham izzatingni o'rniga qo'yib, ota degani-degan ekan. Sendan so'z ochdi, tilidan bol tomadi-ya! Go'yo sen chin ota-yu u haqiqiy farzand-a!—dedi Qovoqari Asal- ariga.— Qaynonasi bilan ham shuvdaymi, yo
— Qaynonasiga mendan ham ziyodroq— javob berdi Asalari. Kishi havasini keltiradigan bunday oqibatga qanday yetdinglar-a? Dilimiz bilan tilimiz bir bo'ldi. Dilimiz mehrini bo'shashtirmadi, tilimiz esa shirinligini qo'y- madi. «Dilda bori tilga ko'chadi», — degan hikmatni eshitmaganmisan?
Qissadan hissa:
Yaxshi so'zman ilon indan chiqadi, Yomon so'zdan pichoq qindan chiqadi. Yana rivoyat: Qadimda bir kishining yettita qizi bo'lib, bittayam o'g'li yo'q ekan. Qizlarimni kuyovga uzatsam o'zim yolg'iz qolaman, deb ko'p xafa bo'libdi. U keyin o'ylab-o'ylab, kimda-kim kuyov bo'lsa qizimni o'shanga beraman, debdi-da, bir-biridan go'zal yettita qasr soldiribdi. Qatta qizini kuyovga uzatib, uni ichkuyov qilib olibdi. Ammo oradan unchalik ko'p vaqt o'tman, bor boyligini qasrda qoldirib, kuyovi uydan chiqib ketibdi. Ikkinchi qizini ham ichkuyovga beribdi, u ham ketib qolibdi. Uchinchi, to'rtinchi, boringki, olti sizini ichkuyovga beribdi, hamma kuyovlari oz-moz turgan bo'libdi-da, xotinlarini olib jo'nab qolibdi. Bundan qattis xafa bo'lgan ota donishmandning oldiga borib bo'lgan voqeani aytibdi. «Sababini qizlaringdan so'ra» debdi u. Qatta qizidan so'ragan ekan: «Quyovingiz, dadam men bilan yaxshilar-u, ammo senga qo'pollik qiladilar, keyincha menga ham qo'pollik qilsalar ajab emas. SHuning uchun «Esing borida etagingni yop», deganlaraga amal qildim deydilar»,— debdi qizi. Keyingi qizidan so'ragan ekan»
u ham: «Dadam men bilan senga yaxshilar, hurmat-izzatimizni qiladilar-u, onayagga qattiq gapiradilar, bu mening boshimga ham tushib qolmasin deb o'ylab uydan chiqib kechdim»,— dedilar, debdi qizi. Hamma qizi ning eri otasini maqtabdi-yu, ammo biri uning o'z qiziga qo'polligini, ikkinchisi onasiga qo'rsligini, uchinchisi qo'shnisiga dag'alligini aytibdi...
— E, gap bu yoqda ekan-da,— deb kenjasini kuyovga uzatibdi-da, kuyovi oldida baqirib-chaqirmabdi, qo'polligini tashlab, barchaga baravar xushmuomalada bo'libdi. Buni ko'rgan kuyovlari birin-ketin uyga qaytishibdi, bir oiladek ahil bo'lib yashay boshlashibdi. Qissadan hissa:Kelining oldida Yollingni koyima. Kuyoving oldida Qizingni koyima. Qaynotaning burchi, kelin-kuyovlar oldidagi mas'uliyati, ibratli xulq-atvori, oilada tutgan o'rni borasidagi xalq an'anaviy tarbiya usulining yo'l-yo'riqlarining katta-kichik yoshlar uchun ahamiyati shundaki, bu
gungi o'smir ertaga biron-bir xonadonga kuyov-o'g'il bo'g’ilishi, undan keyin ota, so'ngra esa qaynotalikka yetish tabiiy, bu hayot qonunidir. Shunday ekan, u ota-bobolarning qaynotalik an'analarini yaxshi o'zlashtira olib, unga amal qilishi, davom ettirishi, xalqning
tarbiyaviy udumlari talablarini bajo keltirishi shart. To'g'ri, qaynona,. kuyov yo kelin odobi bo'yicha bitilgan qo'llanma yoxud biron-bir risola yo'q. Ammo, xalq an'anaviy, o'gitnomasining qaynota bora sidagi sahifalari nihoyatda boy, serqirradir. Shuningdek, hayotning o'zidan ham ayni shu masalada har qancha ta'lim olsa arziydi......Bir davrada quvnoq do'stimiz qaynotasidan so'z ochib: «Qaynonam tuzukku-ya, ammo qaynotamning mazasi yo'qroq-da. Erkak kishi bo'la turib hamma ishga aralashadi, tumshug'ini suqmagan joy yo'q. Shu boisdan unchalik jinim suymaydi»,— deb qoldi. Shu bo'ldi-yu qaynota bilan qaynona ma'lum muddatgacha bahtimiz
obyektiga aylandi-qoldi. Suhbatdoshlardan birovi qaynotasi haqida gapirib: «Xotinim mendan ko'ra ham .ko'proq otasidan hayiqadi, shuning uchun ko'proq uningizmida bo'ladi»,— desa, ikkinchisi og'ir tin olib:«Qaynotamning tiliga ilon po'st tashlaydi»,— dedi. Boshqa birov qaynotasining so'pol muomalasiyu zahar so'zlaridan zada bo'lgan yurak to'kib soldi... To'g'ri,
qaynona so'zini alohida faxr va qoniqish hissiga to'lib-toshgan holda tilga olganlar ham bo'ldi. Qasbi shofyor bo'lgan A. ismli tanishimiz qaynonasi bilan qaynotasi xususida so'zlab, hammani qoyil qoldirdi: «Qaynonam bilan qaynotamning hecham tengi yo'q, ular o'z ota-onamday. Ishdan qaygdim deguncha atrofimda parvonaday girdikapalak bo'lchshadi, tillaridan bol tomadi. Ba'zan menga ko'rsatayotgan muruvvatlaridan xijolat tortaman. Olti bolam bor, ularni ardoqlashlarini bir ko'rsangiz edi. Bo'lmasa menga hecham qaram joylari yo'q. Ikkovlariyam nafaqada». Xullas,
qaynona va qaynotalarimizni uzoq muhokama qildik o'shanda. Ammo, KIM nima desa dedi, lekin suhbatdosh- larimizdan biri: «Bilasizlarmi, «qaynona» degan so'zning ma'nosi nima? «Qay» — «yot», degani, demakqaynona» — «yot ona». Qaynota ham xuddi shunday.
«Yet ota» ma'nosini bildiradi. Demak, ular nomlariga yarasha-da»,— deganida, bu g'ayri insoniy fikrga hech kim qo'shilmadi. Darhaqiqat, yo'q yerdan dunyoga keltirib, o'z bag'rida asrab voyaga yetkazgan aziz nuridiydasini ikki qo'llab ne-ne umid-orzular bilan senga tutqizsa-yu, qanday qilib oilaning ota-onasi senga yot, o'gay bo'lsin. Aslo! Qaynota-qaynona va kelin-kuyovlarning chin ota va o'g'il, ona va qiz bo'lishlari yoxud tamomila aksiga aylanishlari o'zimizdan. Ha, qaynotaning ham, kuyovning ham o'zidan, dili bilan tilidan! Xalq odobnomasining Qaynota ham ! ota» bobi har qancha o'rgansa, ibrat olsa arzigudek ana shunday fazilatlarga ega bo'lganidek, undagi «Qaynona ham ona» deb nomlangan «qaynonanoma» (agarta'bir joiz bo'lsa) sahifalari ham shunchalik qiziqharli va o'rgansa arzigulikdir.

Download 422.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling