Keys yuzasidan savollar
|
Keys vaziyatning taxlili
|
1
|
Qanday omillar davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan?
|
|
2
|
Uy-joy qurilishi bilan bog‘lik qaysi sohalar rivojlantirilgan?
|
|
3
|
Eneolit davridagi uy-joylar nimalardan qurila boshlagan?
|
|
“Firavn ilohi . Misrning afsonaviy ehromlari”
“Fir’avn ilohi”
Qadimgi Misrda podsholik qilayotgan fir’avnni ilohiylashtirish alohida o‘rin egallagan. Qohinlar ta’limotiga ko‘ra, fir’avn inson qiyofasidagi xudo, ya’ni, ham inson ham xudo tabiatiga ega bo‘lgan xudo-inson bo‘lgan. Uning dunyoga kelishiga esa, ota-xudo , masalan, Ra, Amon-Ra va erdagi fir’avnning onasi o‘rtasidagi muqaddas nikoh sabab bo‘lgan. Erda fir’avn-xudo Gorning ro‘yobi sifatida hukmron qilgan bo‘lsa, faqat vafotidan so‘ng xudoga aylangan va er osti dunyosining hukmdori Ossiris bilan tenglashtirilgan.
Fir’avn shaxsini ilohiylashtirish ko‘mish marosimida yaqqol namoyon bo‘lgan. Fir’avn go‘ri ustida qurilgan ehrom – nafaqat ulkan yodgorlik bo‘lib qolmay, ko‘p pog‘onali dafn lavasi bo‘lib, unda jamiyat a’zosi –har bir misrlik uchun joy ajratilgan. Ehromning o‘zi quyoshga olib chiqadigan zinani hamda quyoshni anglatadi: qadimda quyosh nurlarini uchburchak shaklida belgilashgan. Nil daryosi bo‘ylab olib kelingan fir’avn jasadining qirg‘oqqa etib kelishi bilan boshlangan dafn marosimining oxirgi bosqichi ehromlar bo‘lgan.
1- Vazifa: O‘zingizni fir’avn shaxsini ilohiylashtirishni bekor qilmoqchi va xalqni hokimiyatning yangi shakliga o‘tishga da’vat etayotgan qadimgi Misr islohotchisi deb tasavvur qiling. Davlatni yangi shaklda boshqarishni talab qilayotgan yangi davr kelganini asoslab beruvchi xalqqa qaratilgan alangali nutq tayyorlang.
2-Vazifa: Tutanxamon go‘rini ochish uchun arxeologlarga muqaddas sonni ochish kerak bulgan. Bu son – 3000. Mana shu son va uning sirli mazmunini ochib beruvchi kichik esse yozing.
“Misrning afsonaviy ehromlari”
Do'stlaringiz bilan baham: |