O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
“MADANIYATSHUNOSLIK”
FANIDAN
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Toshkent -2016
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
__________________S.Aliyev
2016 yil “____” “_________”
“MADANIYATSHUNOSLIK”
FANIDAN
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
(2016-2017 o’quv yili uchun)
Toshkent -2016
Tuzuvchi: YU Xusanboyeva Ijtimoiy Fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchi: I.Shamsiyeva Jaxon Iqtisodi va Deplomatiya Universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti
O’quv-uslufiy majmua Toshkent Farmatsevtika insitutining soha uslubiy kengashining 2016 yil 15.06 dagi 15 sonli qarori bilan nashirga tavsiya qilingan
Soha uslubiy kengashining kengash raisi_________ K.K.Ismailov
O’quv-uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi
________2016 _________sonli bayonnomasi
Kelishildi; Markaziy uslubiy kengash raisi ______ S.U.Aliyev
MUNDARIJA
I.ISHCHI DASTUR 4
37
II. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI. 37
8-mavzu. xvi-xix asr birinchi yarmida mintaqa xalqlari madaniyati 89
7-mavzu. xvi-xix asr birinchi yarmida mintaqa xalqlari madaniyati 142
I.ISHCHI DASTUR
Kirish
O‘zbekistonning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi tufayli halqimizning asriy orzusi ushaldi, o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi yaratadigan bo‘ldi. Tarixan qisqa davrda jamiyatimiz ijtimoiy – siyosiy hayotining barcha sohalarida keskin burilish yasaldi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator islohatlar o‘tkazildi. Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, halqimiz ma'naviyatini asrash va yanada yaksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta'siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini har tomonlama va chuqur tadqiq etish, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak avlodga haqiqiy tariximizni o‘qitish orqali ularni yuksak ma'naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
- insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi faoliyatini hamda kishilarning ma’naviy turmushiga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat;
- Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham bajaradi;
- Madaniyatshunoslik tinglovchilarni turli tarixiy davrlar madaniyatlari va sotsial guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi to‘g‘risidagi bilimlar bilan boyitadi. Tarixiy va gumanitar bilimlarni tartibga keltiradi, ijtimoiy turmush voqeliklarini yagona mazmun asosida anglashga yordam beradi. Ko‘plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon sivilizatsiyasining birligi va xilma-xilligini ko‘rsatadi;
- Madaniyatshunoslik fanining yana bir muhim vazifalaridan biri – bu kishilarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir. Madaniyatshunoslik yangi ma’lumotlar berish bilan birga, yoshlarda madaniyat voqeliklari bilan munosabatda bo‘lish malakasini hosil qiladi.
- Madaniyatshunoslik talabalarda jahon madaniyati va uning tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston madaniyatini rivojlanish tarixi, xususiyatlari, o‘zaro aloqadorligi, muammolari va istiqbollari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan birga, ayni paytda, milliy madaniyatga va o‘zga millatlar madaniyatlariga, qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalashda, madaniyat yodgorliklariga ijobiy munosabatda bo‘lishida, ma’naviy jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |