O’zbekiston Raspublikasi Bosh vaziriga


Download 16.88 Kb.
Sana16.11.2021
Hajmi16.88 Kb.
#174854
Bog'liq
MUROJAATNOMA




O’zbekiston Raspublikasi Bosh vaziriga

18.12.2020 Jizzax viloyati Baxmal tumani Barlos QFY

Muzbel qishlog’i xalqi va faollari tomonidan

Ariza – Murojaatnoma

Uzoq yillardan buyon qishlog’imiz aholisini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar to’g’risida sizni xabardor qilmoiqchimiz.

1. Kelajagimiz poydevori bo’lgan 6 yoshgacha bo’lgan 300 nafar bolalarimiz uchun MTM mavjud emas Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil qilingandan so’ng ,2017-2020 yillar davomida davlat hisobidan 100 o’rinli bolalar bog’chasi qurib berilishini so’rab bir-necha bor xalq qabulxonasiga murojaat yo’lladik ,biroq hech qanday ijobiy natijaga erisha olmadik .

2. Maktabimiz ichimlik suvi bilan taminlanmagan Maktabimizdan 300 metr uzoqlikda joylashgan artezan minorasidan suv tortib keltirib berishni so’rab qilgan murojaatlarimiz ham besamar ketmoqda.

4. Qishlog’imiz hududining 94 konturidan oqib o’tuvchi “Tuya tortar”kanali ustidan 1980 –yillarda qurilgan ko’prik o’tib bo’lmas ahvolga kelgan .Bu ko’prikdan farzandlarimiz maktabga qatnashadi ularning xavfsizligi biz ota onalarni tashvishga solmoqda.

5. Muzbel va kichik Muzbel qishlog’ini bir-biri bilan bog’lovchi 4km tuproqli yol mavjud Yozda tizza bo’yi tuproq ,yog’ingarchilikda esa tizza bo’yi loy hatto texnika bilan o’tib bo’lmas yo’l muammosi qiynamoqda.Shu yo’ldan loy kechib o’quvchilar maktabga qatnashga qiynalishmoqda.

6. Qishlog’imizning asfalt qoplamali 5,5 km ichki yo’llari ham abgor ahvolda.

7. Qishlog’imiz hududida 1994 yilda barpo etilgan va bugungi kunda Baxmal tumani qishloq aholisining extiyojlarini qondirishda xizmat qilayotgan “PAYSHANBA”bozormizida uzoq yillar davomida yechimini kutayotgan juda ko’p muammolar mavjud. Bozorda avtomobillar uchun avtoturargoh yo’q. Oziq-ovqat bozori , mol bozori ,dehqon bozori,don va yem-xashak bozorlarida aholining savdo-sotiq qilishi uchun umuman sharoyit yo’q. Bozor hududi yog’ingarchilikda yurib bo’lmas balchiqqa aylanib qoladi.

YUQORIDA KO’RSATILGAN MUAMMOLAR TO’G’RISIDA TEGISHLI YUQORI TASHKILOTLARGA VA PREZIDENTNING XALQ QABULXONASIGA BIR- NECHA BOR QILGAN MUROJAATLARIMIZ BESAMAR KETMOQDA.

Ushbu muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam berishingizni umid qilgan holda Muzbel qishlog’I xalqi nomidan imzo chekuvchilar

1.Odilov Xasan / / 2.Bektemirov Shohrux / / 932904510 933549487 4.Safarov Otabek / / 3.Azimov Abbos / /



946524882 946644273
Download 16.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling