Madrimov shahzodning bank menejmenti va marketingidan tayyorlagan mustaqil ishi. Bajardi: madrimov sh
Xodimlarni baholash, rivojlantirish va mukofotlar qo'mitasi
Download 0.57 Mb.
|
bank menejmenti AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit qo’mitasi.
Xodimlarni baholash, rivojlantirish va mukofotlar qo'mitasi.Bank xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirish; qo'yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun bank va uning tarkibiy bo'linmalarining sanoqli xodimlarini monitoring qilish va optimallashtirish; korporativ qadriyatlarni rivojlantirish va bankning korporativ madaniyatini joriy etish; bankning barcha xodimlariga individual ustamalar va boshqa turdagi rag'batlantirish to'lovlarini belgilash to'g'risida qaror qabul qilish (zarur bo'lganda); bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlariga ish haqi va boshqa to'lov turlari bo'yicha ustamalar shkalasini belgilash; bank xodimlarini o'qitish (qatnab o'qish va kechki o'qish) uchun to'lash to'g'risida qarorlar qabul qilish; kollegial qarorga muhtoj bo'lgan xodimlar bilan ishlash masalalarini ko'rib chiqish. Bank Boshqaruvi qoshida Kredit qo’mitasi.Bankning doimiy ravishda faoliyat ko'rsatadigan, kreditor uchun kredit shartlarini tasdiqlovchi va unga kredit berish yoki bermaslik bo'yicha yakuniy qaror chiqarish uchun mas’ul jamoaviy organi. Moliya qo‘mitasi.Moliya qo‘mitasining funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: Bankning adekvat to‘lovga layoqatliligida likvidlilik va daromadlilikning optimal nisbatini ta’minlash. Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: bankning biznes-rejasi va siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish; bankda likvidliligi bilan birgalikda olib boriladigan avtiv operatsiyalarning daromadliligini nazorat va tahlil qilinishi, hamda passiv operatsiyalarning xarajatdorligini ta’minlovchi, bank aktivlari va passivlari tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha uslublar, sxemalar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish; tahliliy ishlarni aktiv-passiv operatsiyalarni boshqarishga nisbatan zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun adekvat ma’hlumotlar olinishini ta’minlaydigan darajada tashkil etish, muvofiqlashtirish va olib borish; bankning bank xizmatlari bozorida va moliya bozoridagi jozibadorligini ta’minlash uchun innovatsion loyihalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling