Mafkuraviy jarayon
Globallashuv jarayoni natijalari
Download 456 Kb.
|
mafkura va geosiyosat
Globallashuv jarayoni natijalari
Madaniy identifikatsiyalash (ajratish) madaniy o’ziga xoslikni saqlab qolishga intilish. “Globallashuv madaniyat sohasidagi plyuralizmga jiddiy xavf solmoqda: tabiiy bo’lgan an’analarning buzilishi va e’tiqod, qadriyat va yashash tarzlarini tanlash imkoniyatining paydo bolishi. Asosli ravishda aytish mumkinki, bu jarayon individual, shuningdek jamoaviy erkinlikning ortib borishiga olib boradi. Erkinlikni qadrlagan kishi bu rivojlanishni, u qanchalik qimmatga tushmasin, qoralanishi gumondan holi”. Piter Berger. “Axborotlashgan jamiyatda hokimiyat fundamental pog’onada madaniy kodlarga kirib boradi. Odamlar va institutlar esa ular orqali hayotni tasavvur etаdilar va tegishli qarorlar, jumladan, siyosiy qarorlar qabul qiladilar. Shu ma’noda hokimiyat, u real bo’lganda moddiy bo’ladi”. Manuel Kastel’s. Shunday ekan, globallashuvga quyidagicha ta’rif berish mumkin: “Globallashuv – ramzlar va ramz doirasidagi o’zgarishlarning umumjahoniy jarayoni bo’lib, uning davomida har bir jamiyatda mavjud bo’lgan qadriyatlar, me’yorlar, ijtimoiy-madaniy ko’nikma va amaliyot hamda ravshanlik kategoriyasi soxtalashtiriladi va yoki qayta tavsiflanadi”. Global dunyoda davlat yoki hududlarning ramzlari ziddiyatga kirishadi va bir paytning o’zida birga mavjud bo’lib, birga yashash zaruratini his etadi. O’z-o’zidan ayonki, kuchli davlatlar o’z hayotiy ramzlarini himoya qilish uchun barcha vositalarni ishga soladilar, jumladan, o’z “yashash tarzlari”ni boshqa hududlarga yoyishga harakat qiladilar. Boshqa so’zlar bilan aytganda, o’z ramzlari kompleksini intervensiyasini amalga oshiradilar. Janub davlatlari atigi 4% kompyuterlarga ega, telefonlarning 75% dunyoning 9 ta eng boy davlatlarida jamlangan. Yaponiyaning o’zida Afrikaning 50 ta davlatidan ko’ra telefonlar ko’p. 39 ta rivojlanayotgan davlatlarda 1 ta ham gazeta yo’q, yana 30 tasida faqat 1 ta. Bir paytning o’zida Yaponiyada 125 ta kundalik gazeta bor, AQSHda 1687. Boy davlatlarda 1000 kishiga 911 ta radio (447 ta televizor) to’g’ri keladi, kambag’al davlatlarda 142 ta radio (36 ta televizor) Bu axborot oqimining yo’nalishini ham belgilaydi. Shimolda janubga 100 barobar ko’p axborot boradi. Masalan, Yevropa Afrikaga yiliga 855 soat translyatsiya qiladi. Afrika esa Yevropaga 70 soat. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko’ra dunyo 80% axborotni London, Parij va Niyu-Yorkdan oladi. Ramzlar intervensiyasi – “manipulyatsiya qilish doirasini” oshirish orqali dunyoni o’z ta’siri ostiga olishning qulay vositasidir. _(AQSHning butun dunyoga demokratiya haqidagi o’z tushunchalarini yoyishi, SSSRning sotsializm haqidagi o’z talqinini targ’ib etishi, diniy missionerlik). Dunyoga egalik qilish uchun ramzlar orqali bosimni amalga oshirish kifoya. Download 456 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling