Ijobiy tendensiyalar.
Bipolyar (ikki qutbli) tizim va “sovuq urush) – ning barham topishi
Milliy ozodlik harakatida yangi bosqich bo’lgan yangi mustaqil davlatlarning qaror topishi.
Totalitarizmning barbod bo’lishi.
Polipolyar (ko’p qutbli) dunyo sari tendensiyalarning paydo bo’lishi va kuchayishi, yangi taraqqiyot yo’llari va imkoniyatlarining vujudga kelishi.
Axborot-kommunikatsiya asrining kirib kelishi.
Fuqorolik jamiyatini shakllantirishga bo’lgan ehtiyojning ortishi, ijtimoiylashuv jarayoning kuchayishi.
II. Salbiy tendensiyalar.
Monopolyar (bir qutbli) dunyoni shakllantirishga bo’lgan moyillikning kuchayishi (AQSH, Buyuk Britaniya).
Polipolyar dunyo sari taraqqiyotni qabul qilolmaslik alomatlarining kuchayishi.
Demokratiyani suiiste’mol qilish, ya’ni undan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinish va unga tayyor kuchlarning paydo bo’lishi.
Agressiv millatchilik va milliy ayirmachilikning kuchayishi.
Buyuk davlatchilik shovinizmining saqlanib qolayotganligi.
Axborot maqomida raqobatning xavfli tus olishi.
Davrga xos salbiy tendensiyalar jahon taraqqiyotiga xavf-xatar va tahdidlar hamon saqlanib qolayotganidan dalolat beradi. Fikrimizcha, buning quyidagi ob’yektiv va sub’yektiv sabablari mavjud:
Ob’yektiv (bilvosita) sabablar:
Ijtimoiy taraqqiyotning manfaatlar (kuchlar) to’qnashuvidan, ya’ni ziddiyatlardan iborat ekanligi.
Ijtimoiy taraqqiyotning tasodiflarga boy ekani va barcha hollarda uni modellashtirish (andozaga solish) mumkin emasligi.
Rivojlanishda ilgarilab ketgan (badavlat) va orqada qolayotgan (nochor) davlatlar o’rtasidagi tafovutning kuchayishi.
Ba’zan kutilmagan voqea-hodisalar rivoji qarshisida inson tafakkurining ojiz qolayotgani.
Do'stlaringiz bilan baham: |