Annotatsiya Ushbu dissertatsiyada Qo’qon xonligining tashkil topishi,undagi ijtimoiy –siyosiy hayot,xonliklar davrida Qo’qonda hunarmandchilik savdo-sotiqning rivojlanishi,Qo’qonning madaniy hayoti
Download 21.38 Kb.
|
ANATATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- Keywords
Annotatsiya Ushbu dissertatsiyada Qo’qon xonligining tashkil topishi,undagi ijtimoiy –siyosiy hayot,xonliklar davrida Qo’qonda hunarmandchilik savdo-sotiqning rivojlanishi,Qo’qonning madaniy hayoti,Qo’qon xonligida Qo’qon muxtoriyatining tashkil topishi va barham topishi.Shuningdek mustaqillik yillarida Qo’qon shahridagi o’zgarishlar,Jahon hunarmandlar shahri nomini olishi, Qo’qon shahrining O’zbekiston tarixidagi hunarmanmandchilik markazi sifatidagi o’rni ahamiyati yoritib o’tilgan. Kalit so’zlar: Hunarmandchilik,savdo-sotiq,xalq amaliy san'at,me'morchilik yodgorliklar,Amir Umarxon,Xudoyorxon,madaniyhayot,muxtoriyat,qurultoy, jahand hunarmandlar kengashi. Аннотация В данной диссертации рассмотрено становление Кокандского ханства, его социально-политическuй быт, развитие ремесленной торговли в Коканде в период ханств, культурная жизнь Коканда, основание и ликвидация Кокандской автономии в Кокандском ханстве.Также были освещены изменения в городе Коканде за годы независимости,получение им звания мирового города ремесленников, роль города Коканда как центра ремесленничества в истории Узбекистана. Ключевые слова: ремесла, торговля, народное творчество, архитектурные памятники, Амир Умархан, Худоярхан, культурная жизнь,автономия, Курултай, Всемирный совет ремесленников Annotation This dissertation examines the formation of the Kokand Khanate, its socio-political everyday life, the development of handicraft trade in Kokand during the khanates, the cultural life of Kokand, the foundation and liquidation of the Kokand autonomy in the Kokand Khanate.The changes in the city of Kokand during the years of independence, its obtaining the title of the world city of artisans, the role of the city of Kokand as a center of handicrafts in the history of Uzbekistan were also highlighted. Keywords: crafts, trade, folk art, architectural monuments, Amir Umarkhan, Khudoyarkhan, cultural life,autonomy, Kurultai, World Council of Artisan Xulosa O’zbekiston tarixiga nazar soladigan bo’lsak,tarixda xonliklarning aloxida o’rni,ularning tarixi,tashkil topishi,ijtimoiy –siyosiy ahvoli,rivojlanishi va hokazolarni ko’rish mumkin.Qo’qon xonligi O’zbekiston tarixida aloxida o’ringa ega xonliklardan biridir.Qo’qonning tashkil topishi,iqtisodiy ahvoli,uning o’ziga xos madaniyati,aholisining yashash tarzi,hunarmandchilikning turli soxalari bilan shug’ullanishi xalqimizning azaldan boy tarixga ega ekanligidan darak beradi.Qo’qon xonligi xaqida Temurshunos, Boburshunos fransuz olimi Oi Lyusen Kern ham o’zining ilmiy asarlarida juda ko’p ma’lumotlar keltirgan.Qo’qon xaqidagi ma’lumotlarda yozilishicha:Qo’qon xonligidagi hukmdorlar 1805-yildan boshlab,rasman “xon” deb yuritila boshlangan.Undan oldin esa ular “biy” yoki “bek” deb atalganlar.Qo’qon xoni taxtiga Umarxon kelgach,u o’zini “amir”deb atagan. Qo’qonda Amir Umarxon davridan boshlab,hunarmandchilik juda keng rivojlana boshladi.Qo’qonda XIX asr oxiri XX asr boshlarida hunarmandchilik juda keng rivojlangan,ustaxonalar va hunarmand ustalar soni ko’paygan.XX asrning 70-yillariga kelib,Qo’qon xonligida hunarmandlar sopol idishlarni chinni idishlarga aylantirish uchun gazdan foydalana boshlanishi bu-hunarmandchilikning yanada rivojlanishiga sabab omillardan biri bo’ldi.Rishton kulolchilik maktabi XIX asrning o’rtalarida kelib juda rivojlangan edi. Sifat borasida Rishton o’zining sopol-idishlari bilan shu qadar mashhur ediki, hattoki Yevropa kulolchilik buyumlari bilan bellasha olgan edi.Bu esa hunarmandchilikning bu turiga katta axamiyat berilganidan darak beradi. Shuningdek Amir Umarxon davrida san’at va madaniyat juda ommalashgan davrlardan edi.Uning davrida she’riyat ancha rivoj topadi.Shoir va shoiralar Navoiy ,Fuzuliy,Bobur,asarlarini chuqur o’rganadilar.Shoira Nodirabegim Amir Umarxonga turmushga chiqqandan so’ng,she’rlar yozishni ijod eta boshalaydi.Nodirabegim Uvaysiy bilan tanishganidan so’ng bolalar va saroy kanizaklariga muallimalik qilishga taklif etgan.Bu esa Qo’qonda ayollar va bolalarning bilim olishlari uchun sharoitlar yaratilganligi,ilm-fanning ancha ilgarilab ketganidan yaqqol darak beradi. Qo’qon xonligida Amir Umarxon davrida tarixnavislikga ham juda katta e’tibor qaratilgan.Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarning,tarixiy voqealarning asosiy sababi Qo’qon xonligida Amir Umarxon davrida tarixnavislik ham juda katta e’tibor qaratilganligidandir.Amir Umarxon o’z hukmronligi davrida ilm-fanning rivojiga juda e’tiborli bo’lgan,hatto uning o’zi ham “Amiriy” taxallusi bilan yozgan g’azallari bizgacha yetib kelgan. Qo’qon xonligidagi ichki nizolarning kelib chiqishi,taxt uchun kurashlar Rossiya hukumatiga qo’l keldi.Xudoyorxonning qochishi Qo’qon xonligining parokanda bo’lishi va Rassiya tasarrufiga o’tish sabablaridan biri bo’ldi.Rossiya Qo’qon xonligiga kirib kelgandan so’ng,Qo’qon muxtoriyatini tuzdi.Xalqimizning erkinligi to’laqonli Rossiya hukumati qo’liga o’tdi..Mustamlakachilik yilllarida xalqimiz juda ko’p qiynoqlarga solinib, ularga juda qattiq jazolar qo’llanildi. O’zbek xalqining boy madaniy me’rosining aksariyat qismi yo’qotildi,talon-taroj qilindi.Ijodkorlar qo’rqib ijod etishar edi.Ularning yozgan asarlarini Rossiyaga qarshi deb,ularni qo’lga olib “xalq dushmani” deb qatag’on etdilar.O’zbek xalqiga nisbatan juda qattiq qiynoqlar joriy qilingan,begunoh insonlar qatl etilgan. Sobiq ittifoq Respublikalari orasida O’zbekistonda birinchi bo’lib “prizidentlik” lavozimi ta’sis etildi.1990-yil 24-martda O’zbekistonda birinchi prizident etib I.A.Karimov saylandi.1991-yil 31-avgustda O’zbekiston mustaqil suveren davlat deb e’lon qilindi.1-sentabr “Mustaqillik kuni” milliy bayrami deb e’lon qilindi.Mustaqillikka erishgandan so’ng,O’zbekistondagi barcha viloyat,tuman,shaharlar asta-sekinlik bilan o’zgara boshladi,Yangi binolarning qad ko’tarishi,shaharlarning o’zgarishi xalqning tinch va osoyishta xayot boshlashi o’zbek xalqining xar soxada rivojlanishiga turtki bo’ldi. Qo’qon shahri ham mustaqillikdan keyin juda katta o’zgarishlar guvoxi bo’ldi.Qo’qonda hunarmandchilik mustaqillik yillaridan keyin juda katta yutuqlarga erishishni boshladi.Jahon bozorida o’zining o’rnini topa boshladi. Qo’qon shahrida hunarmandchilikning rivojlanishi va unga bo’lgan e’tiborning mevasi sifatida,Jahon hunarmandchiligi kengashi Qo’qon shahrini “Jahon hunarmandlar shaharlari”ro’yxatiga kiritdi. O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o’tkazish to’g’risida” gi 2018 –yil 18-noyabrdgi PQ-3991 ga muvofiq, 2019-yil 10-15 sentabr kunlari Qo’qon shahrida “ Xalqaro hunarmandchilik festivali” o’tkazish aytildi. Prizident qarorida shuningdek ushbu festivalni xar ikki yilda bir marta Qo’qon shahrida o’tkazilishi bu -esa Qo’qon shahrining hunarmandchiligiga bo’lgan e’tiboridan darak beradi.Bu festivalda hunarmandlar 5ta naminatsiya bo’yicha bellashib,taqdirlan dilar. “Eng yaxshi hunarmand”- 15 000 AQSh dollari “Eng yosh hunarmand” -10 000 AQSh dollari “Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi” -10 000 AQSh dollari “Qadimiy sulola davomchisi”-5000 AQSh dollari “Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand” -5 000 AQSh dollari pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.Bu o’zbek xalqiga va hunarmandlarga bo’lgan e’tiborning yuksakligidandir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 iyuldagi “Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 430-sonli qaroriga asosan “Men Qo‘qonga boraman”ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichlari 2022 yilning mart oyida Navro‘z umumxalq bayramida o‘tkazildi.40 Qo’qonda hunarmandchiligigaa bo’lgan e’tiborning kattaligi,hunarmandchilik maktablarining ko’payishiga va yosh avlodning hunar o’rganishga bo’lgan talabini,mehrini oshirishga sabab bo’lmoqda.Bu O’zbekistonning dunyoga tanilishiga,yuksalishiga olib kelomoqda.Ozbekiston tarixida Qo’qon hunramandchiligining o’rni beqiyosdir… 40 handicraftman.uz Download 21.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling