Mafkuraviy jarayon


Information xavfsizlikning ob’yektlari


Download 456 Kb.
bet25/33
Sana22.04.2023
Hajmi456 Kb.
#1382422
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
mafkura va geosiyosat

Information xavfsizlikning ob’yektlari: davlat, jamiyat, shaxs manfaatlariga tegishli bo’lgan informatsiya, shuningdek, ularni qayta ishlovchi, uzatuvchi vositalar va infrastrukturalar.
Information xavfsizlikning sub’yektlari: axborot resurslarining shakllanishi va ishlatilishida ishtirok etuvchi, o’z vakolati doirasida information xavfsizlik sub’yektlari orasidagi munosabatlarni boshqaruvchi davlat va hokimiyat organlari: axborot resurslarini ishlab chiqaruvchi, mulkdori va foydalanuvchisi bo’lgan davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar; information xavfsizlikni ta’minlashning vositalari ustida ilmiy tadqiqot o’tkazuvchi, ishlab chiqarish hamda yaratish bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar; mulkchilik shaklidan qat’i nazar ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, information borliqda shaxs, jamiyat va davlatning information xavfsizligini ta’minlash quyidagi zaruriy omillarning mavjudligiga bog’liqligi kelib chiqadi. Ya’ni;

  • shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining shakllanishini ta’minlovchi information borliqning himoyalanganlik holati;

  • infratuzilma tizimi (ob’yekt, davlat) ning holati, ya’ni informatsiya faqat maqsad bo’yicha ishlatilib, uni ishlatish jarayonida tizimga (ob’yekt, davlat) salbiy ta’sir etmaslik;

  • informatsiyaning holati, ya’ni informatsiyaning manfiylik, yaxlitlik va foydalanish imkoniyati kabi xususiyatlarining buzilishining keskin qiyinlashishi yoki istisno etilishi.

Information xavfsizlik ta’minlanadigan eng asosiy sohalarga siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, huquqni saqlash, shuningdek, mudofaa sohasi va jamoat ongini kiritishimiz mumkin.
Information xavfsizlik mezonlari deganda, informatsiyaning yo’q bo’lib ketishi, tashqariga chiqib ketishi kabi o’z qimmatini yo’qotuvchi shakllardan himoyalanganlik holati tushuniladi.
Information xavfsizlik tizimida information resurslarning ahamiyati katta bo’lib, ular jamiyat ishlab chiqarish mahsuli hisoblanadi hamda egalik qilish va foydalanish huquqlarining ob’yektlaridir.
Information xavfsizlikka tahdid esa, information sohada shaxs, jamiyat va davlatning muhim manfaatlariga zarar yetkazish imkoniyatlarini o’zida jamlagan omillar yig’indisi tushuniladi.
Information xavfsizlikka tahdidlar tashqi va ichki tahdidlarga bo’linadi.

Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling