Mafkuraviy jarayon


Download 456 Kb.
bet28/33
Sana22.04.2023
Hajmi456 Kb.
#1382422
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
mafkura va geosiyosat

Birinchidan. Ikki qutbli dunyo, “sovuq urush” muhiti barham topdi va insoniyatning yagona makonda yakdil maqsad sari yashashi uchun imkoniyat paydo bo’ldi.
Ikkinchidan. Dunyo xaritasida asosan, Markaziy Osiyo, Boltiqbo’yi va Sharqiy Yevropa mintaqalari hisobiga yangi milliy davlatlar paydo bo’lib, demokratik rivojlanish yo’liga kirdi.
Uchinchidan. Inson huquqlarini amalda ro’yobga chiqarish, dunyo xalqlarining yagona maqsadi – tinch va farovon hayotini barpo qilish va integratsiyalashish yo’nalishlarida amaliy ishlar boshlandi.
Bu o’zgarishlar jahon taraqqiyotiga oid eski andoza va qoliplarni qayta ko’rib chiqish imkonini beradi.
Jahon tarixida iz qoldirgan ko’plab olim va mutaxassislar, siyosatchi va davlat arboblari “taraqqiyot” tushunchasiga oid o’z qarashlarini bayon etgan. Ularning aksariyati “taraqqioyot” faqat quyidan yuqoriga qarab borish g’oyasini yoqlab chiqadi.
Biri taraqqiyotning eng yuqori cho’qqisi kommunizm deb ta’riflasa, boshqasi uni “G’arb demokratiyasi” deb atagan. Amalda esa har ikkalasi mohiyatan bitta bo’lib, u hayot faoliyatining quyidan yuqoriga qarab harakatidan iborat ekani haqidagi fikrni ifoda etadi. Bu jarayonni bir tomonlama tushuntirishga intilish “5 formatsiya” nazariyasida o’z aksini topgan. Uning tarafdorlari nazarida taraqqiyot ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va pirovardida kommunizm bosqichlarining ketma-ketligidan tashkil topgan. Mazkur ta’limot hech qaysi millat bu chiziq doirasidan chiqa olmasligi va chiqishi mumkin ham emasligi barcha millatlar ana shi 5 ta formatsiyani bosib o’tishi shart ekanligini ta’kidlab kelgan.
Masalan, Malayziya davlatini olaylik. U o’ziga xos rivojlanish yo’lini tanlab, taraqqiyotning yuqori cho’qqisini zabt etdi. Yohud Xitoy tanlagan taraqqiyot yo’li ham butun jahon hamjamiyatini hayratda qoldirdi desak, xato bo’lmaydi. Marksistik nuqtai-nazardan qaraganda, ularning taraqqiyoti to’xtagan davlar sifatida qabul qilishimiz kerak edi. Hayot esa buning aksini tasdiqlamoqda.
Demak, bundan xulosa qilib aytish mumkinki, dunyoda turli jamiyat yoki davlat qancha ko’p bo’lsa, taraqqiyot yo’llari va modellari shuncha ko’p bo’lishi mumkin ekan. Zero har bir davlat yoki millat tarixiy tajribasi, urf-odatlari va an’analaridan kelib chiqqan o’ziga xos taraqqiyot yo’nalishini belgilash imkoniyati va huquqiga ega. Har bir davr esa yangicha yondoshuv va fikrlashni taqozo etadi. Aks holda jamiyat hayotida faoliyat va tafakkur tanballigi paydo bo’lishi hech gap emas.
Shunday ekan, bugungi kunda yangi tarixiy bosqich, ya’ni yangi davr haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq. Ko’z o’ngimizda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olib, aksariyat olimlar insoniyat “qaltis davrga qadam qo’ydi”, deb ta’kidlayotgani bejiz emas.
Jumladan, XX asrning 80-yillarida amerikalik olim Emmanuel Vallerstayn o’z asarlarida, “…hozirgi mojarolar holva, agarda jarayon shu tarzda kechadigan bo’lsa, XXI asrning o’rtalariga borib ko’z ko’rib, quloq eshitmagan voqealar sodir bo’lishi mumkin” deya bashorat qilgan. Bu xulosa qanchalik keskin bo’lmasin hamda dalil, isbot talab etmasin, u ko’pchilikning diqqatini jalb etayotgani sir emas. Bizningcha bunday murakkab vaziyatda davrni aniq belgilab, ma’lum to’xtamga kelishning o’zi g’oyatda qiyin masala.
Ma’lumki, XX asrning zabardast faylasufi Karl Yaspers “Smisl i naznacheniye istorii” kitobida “davr – o’ziga xos tahdid” degan fikrni ilgari surgan. Uning fikricha insoniyat tarixi faqat bir yo’l – davrlar orqaligina kechadi. Va har bir tarixiy davr o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Uni aniq tasavvur etish va bu jarayondagi muammolarning yechimini topishga bo’lgan intilish esa davr tahdidiga berilgan javob hisoblanadi.
Shubhasiz, davrga nisbatan befarqlik har qanday millatni tarix sahifasidan butunlay o’chib ketishga olib kelishi mumkin. Davrni chuqur anglab yetgan, unga hamnafas bo’lishga intilgan millat esa abadul-abad yashab qoladi. Boshqacha aytganda, davrni chuqur o’rganib, uning talablariga javob berishga qodir millatgina barhayotdir. Demak, bir tomondan, davr talabi va ikkinchi tomondan, davrni anglash jarayonlari bir-biri bilan dialektik bog’langan bo’lib, taraqqiyot uchun zamin hozirlaydi. Davrga nisbatan befarq bo’lgan millat esa daraxtdan uzilgan shoh singari qovjirab qolishi bashariyat tarixida ko’p bora isbotlangan.
Millatlarning davr talabiga hamnafaslik darajasini belgilaydigan muayyan mezonlar mavjuddir.
Birinchidan, o’z rivojlanish tamoyillariga amal qilgan holda qoqilmay olg’a intilayotgan millat davr bilan hamnafas taraqqiy etadi, degan xulosaga kelish mumkin.
Ikkinchidan, biror bir millat davr talabini vaqtida anglab yetmasa, har qadamda qoqilsa, dunyo hamjamiyati oldidagi obro’-e’tibori pasayadai, u davr talablaridan ortda qolib ketaveradi. Dunyoda bunday davlatlar oz bo’lsada uchrab turadi. Ilmiy adabiyotda “muammoli davlat” deganda aynan ana shunday davlatlar nazarda tutiladi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarga tayangan holda hozirgi davr xususiyatida noaniqlik mavjud ekanligini ta’kidlash zarur. Bu uning quyidagi ijobiy va salbiy tendensiyalarida namoyon bo’ladi.

Download 456 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling