Magazinga tashrif buyurganlarni ro’yxatdan o’tkazish


Download 262.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana26.10.2023
Hajmi262.59 Kb.
#1724371
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
maishiy texnikani internet orqali masofaviy xarid qilish maqsadida elektron magazinini ishlab chiqish

 
23 


III.BOB 
 PHP VA MYSQL YORDAMIDA ELEKTRON 
MAGAZIN UCHUN INTERNET SAYTINI YARATISH
 
3.1 PHP va MySQL bog’liqligi va mysql ma’lumotlar bazasini 
 
boshqarish tizimi  
PHP tili turli ma’lumotlar bazasi bilan bog’lana oladi, bu esa uning 
yo’tuklaridan biri hisoblanadi. Bu bo’limda MySQL ma’lumotlar bazasi haqida 
so’z boradi. Gap shundaki MySQL keng tarqalgan bepul ma’lumotlar bazasi 
bo’lib, u PHP – senariylar yaratishda qo’llaniladi. MySQL dastur interfeysi SQL 
tili buyruqlaridan foydalaniladi. Har bir ma’lumotlar bazasi o’zining dasturiga ega 
bo’lgani kabi MySQL ham dastur interfeysiga ega. MySQL dasturi o’rnatilgandan 
so’ng mysql.exe fayli yordamida konsol oynali dastur ishga tushadi. Bazadan 
ma’lumotlarga murojat umumiy protsedurasini keltiraiz. 
MBBT() ga bog’lanish 
SQL() buyruqlari 
MBBT() tizimidan chiqish 
?>
MySQL - bu eng mashhur va juda ko‘p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini 
boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan 
ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta 
tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. 
Hozirgi kunda juda ko‘p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT 
saqlanadi.Ho‘sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, 
ma'lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya'ni fayl 
ochilib kerakli ma'lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. 
Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya'ni faylni 
ochish, o‘qish, yopish,.. ko‘p vaqtni olib qo‘ygan, u yerdan qidirish, xullas juda 
24 


ko‘p), ma'lumotlar bazasiga o‘tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt 
foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan 
kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o‘xshash juda 
ko‘p ma'lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma'lumotlarni o‘zida 
saqlaydi.MySQL - juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda 
ishlash juda sodda va uni o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi.MySQL tizimi tcx 
kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida 
ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida 
yoyildi.So‘rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion 
ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan 
tashkil topgandir.MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, 
ya'ni MYSQLni ko‘chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va 
GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL 
shartiga ko‘ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu 
dasturingiz ham GPL(tekin) bo‘lishi kerak. Bu esa dasturchiga to‘g‘ri kelmaydi. 
Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik 
litsenziyasini sotib olishingiz kerak. 
Mysql [-h tugun] [-u foydalanuvchi_nomi] [ma’lumotlar_bazasi_nomi]
Kvadrat qavslar ularning qo’yilishi muhim emasligini bildiradi. Tugun – bu 
MySQL ishlab turgan kompyuter nomi. Agar bu parametr ko’rsatilmagan bo’lsa, u 
holda MySQL lokal kompyuterda ishlab turibdi deb hisoblanadi. Agar 
foydalanuvchi nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda kompyuter yuklanganda 
ro’yxatdan utgan foydalanuvchi ishlatayotganligi tushuniladi. Agar ma’lumotlar 
bazasi nomi ko’rsatilmasa, MySQL mavjud bazasi ishlab turganligini bildiradi. 
parametri faqatgina MySQL ishlash uchun parol suragan takdirdagina ko’rsatiladi. 
Agar mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasiga bog’lanish uchun USE buyrug’idan 
foydalaniladi. Masalan cars bazasiga bog’lanish uchun
USE cars; 
25 


buyrug’i ishlatiladi. Shundan so’ng ekranda baza tanlanganligi haqidagi 
xabar chiqadi. 
Database changed 
Agar ro’yxatdan o’tish paytida baza MySQL serverida baza tanlanmagan bo’lsa va 
USE buyrug’idan oldin boshqa buyruqlar ishlatilgan bo’lsa, u holda quyidagi 
xatolik ekranda paydo bo’ladi. 
ERROR 1046:p No Database Selected 
Ma’lumotlar bazasini bilan ishlashdan oldin ma’lumotlar bazasini o’zini yaratish 
va undan so’ng jadvallar yaratish mumkin. Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun 
SQL buyrug’i CREATE DATBASE buyrug’idan foydalanish mumkin.
CREATE DATBASE cars; 
MySQL bu surovni Qayta ishlagandan so’ng quyidagi xabarni chiqaradi.
Query Ok, 1 row affected (0.07 sec) 
Jadval yaratish uchun SQL tilining CREATE TABLE buyrug’idan 
foydalaniladi.Masalan quyidagicha 
CREATE TABLE Equipment 
(Equip_ID INT UNSIGNED NOT NULL AUTO INCREMENT PRIMARY KEY, 
Equip INT UNSIGNED); 

Download 262.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling