Magistral neft quvurlarining texnologik loyihasi Reja: Quvurlarni texnologik loyihasi uchun birlamchi ma’lumotlari


Download 259.75 Kb.
bet1/9
Sana02.06.2024
Hajmi259.75 Kb.
#1834731
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Magistral neft quvurining texnologik loyihasi


Magistral neft quvurlarining texnologik loyihasi
Reja:
1.Quvurlarni texnologik loyihasi uchun birlamchi ma’lumotlari
2.Neft va uning mahsuloti quvurlarini gidravlik hisobi


Kirish
Neft va gaz insoniyat tomonidan iste’mol qilinadigan asosiy yoqilg‘ilardan biri hisoblanadi. Neft nisbatan juda uzoq muddat davomida qazib olinadi va foydalanib kelinmoqda, lekin neft konlarini jadal sanoat miqyosida ishlatish ХIХ – asrning oxirida ХХ – asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Neft qazib olish hajmi va o‘sish ko‘rsatgichi bo‘yicha hozirgi vaqtda Rossiya davlati dunyoda birinchi o‘ringa chiqqan.
Olimlar neftni qazib olishning zamonaviy texnikalarini va texnologiyasini yaratish bo‘yicha o‘lkan hissalarini qo‘shganligi bugungi kunda Rossiya, Qazog‘iston va boshqa davlatlarda shu jumladan respublikamizda ham neft va gazni qazib olish va qayta ishlash sohasidagi taraqqiyotdan ko‘rinib turibdi.
XX asrning oxirida neft va gazga hamda uning iste’moliga bo‘lgan talabning keskin oshganligini tavsiflash mumkin. Hozirgi vaqtda energiya iste’molining 70% dan ko‘p qismi neft va gaz hisobiga qoplanadi. Dunyoda neftni va gaz zahiralarining chegaralan-ganligini hisobga oladigan bo‘lsak, energetikadagi muammolarni hal qilish atom va termoyadro asoslari bilan bog‘liqdir *.
Shu bilan birgalikda neft va gazdan xom-ashyo sifatida neftkimyo sanoatida keng foydalanilmoqda (buni Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi misolida ko‘rish mumkin), undan sun’iy oqsillarni, formatsevtik preparatlarni, plastmassa va boshqalarni olish mumkin.
Neft qazib olish hajmini kengaytirish uchun yangi konlarni ishlatishga kiritish zarurdir. Bugungi kunda og‘ir neft mahsulotlariga bo‘lgan talab juda yuqoridir. Shuning uchun og‘ir neftlarni qazib olish va uning tarkibidagi bitumni ajratib olish uchun ko‘pgina ishlarni amalga oshirish zarur hisoblanadi. Agar oddiy neftning qovushqoq-ligi 5-10 mPa·s. dan oshmasa, og‘ir neftning qovushqoqligi 0,05 - 1 Pa·s.ga teng bo‘lganda, bitumning qovushqoqligi 10° da 103 Pa·s. ni tashkil qiladi.

Download 259.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling