Magistranti isayeva maftuna mirkomil qizi
Download 18.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Isayeva Maftuna 2-mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoshlar tarbiyasi — jamiyatdagi muhim masala! Yoshlar har bir millatning kelajagidir. Bu esa yoshlarga jiddiy ahamiyat berilishi lozimligini
- Tarbiya haqida Imom Gʻazzoliyning «Ihyou ulumud din» kitobida bunday deyiladi: “Bola – ota-ona qoʻlidagi omonat. Uning qalbi turli naqsh va rasmlardan xoli.
- Buyuk vatandoshimiz shayxurrais Abu Ali ibn Sino yosh avlod tarbiyasining ibtidosi qanday va nimalar bilan boʻlishi haqida quyidagilarni aytgan edi: “Yosh bola
- Etiboringiz uchun rahmat
MAVZU .AXLOQIY QADRIYATLAR UMUMMILLIY ASOSLARINING HOZIRGI ZAMON SIVILIZATSIYASIDA SHAXS AXLOQIY TARBIYASIGA TA'SIRI . TAYYORLADI FALSAFA YO'NALISHI 1 -KURS MAGISTRANTI ISAYEVA MAFTUNA MIRKOMIL QIZI • Yoshlar tarbiyasi — jamiyatdagi muhim masala! Yoshlar har bir millatning kelajagidir. Bu esa yoshlarga jiddiy ahamiyat berilishi lozimligini bildiradi. Har bir shaxsning kim bo‘lishligi yoshlik paytidan bilina boshlaydi. Yoshlik paytida shakllanib qolgan sifatlar insonga butun umri davomida hamroh bo‘ladi. Shuning uchun jamiyatda yoshlarning odobli, aqlli, halol, tarbiyali inson bo‘lishlari uchun harakat qilinadi. • Tarbiya haqida Imom Gʻazzoliyning «Ihyou ulumud din» kitobida bunday deyiladi: “Bola – ota-ona qoʻlidagi omonat. Uning qalbi turli naqsh va rasmlardan xoli. Qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil boʻlaveradi. Agar yaxshilikka undalsa va oʻrgatilsa, saodatli boʻladi. Ota-onasi hamda odob, taʼlim-tarbiya bergan ustozlar uning savobiga sherik boʻldi. Agar yomonlikka undalsa, halok boʻladi”. • Buyuk vatandoshimiz shayxurrais Abu Ali ibn Sino yosh avlod tarbiyasining ibtidosi qanday va nimalar bilan boʻlishi haqida quyidagilarni aytgan edi: “Yosh bola boshlangʻich taʼlim va tilga doir qoidalarni yod olganidan keyin u mashgʻul boʻlishi mumkin boʻlgan kasb-hunar va sanʼatga moyilligiga qarab, uni shunga yoʻllaymiz. Agar u kotiblikni xohlasa, til, xat yozish, nutq soʻzlash va odamlar bilan muomala qilish kabilarga dalolat qilamiz. Albatta, bu oʻrinda, bolaning mayli ahamiyatga ega” (“Islomiy tarbiya va uning falsafasi”. Muhammad Atiya, 197-bet) • Bundan roppa-rosa bir asr oldin maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy tarbiya haqida kuyinib bunday degan: «Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga javoban: birinchi – uy tarbiyasidur. Bu Onalarning vazifasidur. Ikkinchi – maktab va madrasa tarbiyasidur. Bu Otalar, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur. • Yoshlar tarbiyasini – hayot-mamot masalasi, deb taʼriflagan mutafakkir naqadar haq ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Chunki tarbiyasi moʻrt yoshlardan jamiyat, mahalla yoki oila uchun hech qanday naf yoʻq. Yoshlarning hayotda adashishi, tuzatib boʻlmas xatolari tarbiyada yoʻl qoʻyilgan xato yoki befarqlikning achchiq inʼikosidir. • Yoshlarda maʼnaviyatni shakllantiradigan muhim omil bu taʼlim-tarbiya tizimidir. Ilmu- maʼrifatga, taʼlim-tarbiyaga inson kamoloti, millat ravnaqining asosiy sharti deb qarash lozim. Shu sababli maktab, yoshlarning taʼlim-tarbiya masalasi davlat nazoratida ekanligi Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan. • Mamlakatimizda yoshlar maʼnaviy tarbiyasida falsafiy, ijtimoiy, siyosiy va gumanitar fanlar ahamiyati beqiyos, shu sabab bu fanlar vakillari oʻzlarining oʻta masʼuliyatli vazifalarini bugungi kun talabi darajasida bajarishlari lozim boʻladi. Bu sohadagi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, adabiyotlarning hamda mutaxassislarning ham saviyasi yuqori boʻlishi talab etiladi. • Xulosa qilib xurmatli Prezidentimiz nutqlari bilan yakunlamoqchiman. • Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya o'z nutqlaridan birida shunday so'zladilar Prezidentimiz. •Etiboringiz uchun rahmat Document Outline
Download 18.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling