Magistranti isayeva maftuna mirkomil qizi


Download 18.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.11.2023
Hajmi18.76 Kb.
#1787584
Bog'liq
Isayeva Maftuna 2-mavzu.



MAVZU .AXLOQIY QADRIYATLAR 
UMUMMILLIY ASOSLARINING HOZIRGI 
ZAMON SIVILIZATSIYASIDA SHAXS AXLOQIY 
TARBIYASIGA TA'SIRI
.
TAYYORLADI FALSAFA YO'NALISHI 1 -KURS 
MAGISTRANTI ISAYEVA MAFTUNA 
MIRKOMIL QIZI


• Yoshlar tarbiyasi — jamiyatdagi muhim masala!
Yoshlar har bir millatning kelajagidir. Bu esa 
yoshlarga jiddiy ahamiyat berilishi lozimligini 
bildiradi. Har bir shaxsning kim bo‘lishligi yoshlik 
paytidan bilina boshlaydi. Yoshlik paytida shakllanib 
qolgan sifatlar insonga butun umri davomida 
hamroh bo‘ladi. Shuning uchun jamiyatda 
yoshlarning odobli, aqlli, halol, tarbiyali inson 
bo‘lishlari uchun harakat qilinadi.



• Tarbiya haqida Imom Gʻazzoliyning «Ihyou ulumud din» 
kitobida bunday deyiladi: “Bola – ota-ona qoʻlidagi 
omonat. Uning qalbi turli naqsh va rasmlardan xoli. 
Qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil 
qilinsa, moyil boʻlaveradi. Agar yaxshilikka undalsa va 
oʻrgatilsa, saodatli boʻladi. Ota-onasi hamda odob, 
taʼlim-tarbiya bergan ustozlar uning savobiga sherik 
boʻldi. Agar yomonlikka undalsa, halok boʻladi”.



• Buyuk vatandoshimiz shayxurrais Abu Ali ibn Sino yosh 
avlod tarbiyasining ibtidosi qanday va nimalar bilan 
boʻlishi haqida quyidagilarni aytgan edi: “Yosh bola 
boshlangʻich taʼlim va tilga doir qoidalarni yod 
olganidan keyin u mashgʻul boʻlishi mumkin boʻlgan 
kasb-hunar va sanʼatga moyilligiga qarab, uni shunga 
yoʻllaymiz. Agar u kotiblikni xohlasa, til, xat yozish, 
nutq soʻzlash va odamlar bilan muomala qilish 
kabilarga dalolat qilamiz. Albatta, bu oʻrinda, bolaning 
mayli ahamiyatga ega” (“Islomiy tarbiya va uning 
falsafasi”. Muhammad Atiya, 197-bet)



• Bundan roppa-rosa bir asr oldin maʼrifatparvar 
bobomiz Abdulla Avloniy tarbiya haqida kuyinib 
bunday degan: «Tarbiyani kimlar qilur? Qayda 
qilinur? degan savol keladur. Bu savolga javoban: 
birinchi – uy tarbiyasidur. Bu Onalarning vazifasidur. 
Ikkinchi – maktab va madrasa tarbiyasidur. Bu 
Otalar, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur.



• Yoshlar tarbiyasini – hayot-mamot masalasi, deb 
taʼriflagan mutafakkir naqadar haq ekanini 
barchamiz yaxshi bilamiz. Chunki tarbiyasi moʻrt 
yoshlardan jamiyat, mahalla yoki oila uchun hech 
qanday naf yoʻq. Yoshlarning hayotda adashishi, 
tuzatib boʻlmas xatolari tarbiyada yoʻl qoʻyilgan 
xato yoki befarqlikning achchiq inʼikosidir.


• Yoshlarda maʼnaviyatni shakllantiradigan 
muhim omil bu taʼlim-tarbiya tizimidir. Ilmu-
maʼrifatga, taʼlim-tarbiyaga inson kamoloti, 
millat ravnaqining asosiy sharti deb qarash 
lozim. Shu sababli maktab, yoshlarning 
taʼlim-tarbiya masalasi davlat nazoratida 
ekanligi Konstitutsiyamizda belgilab 
qoʻyilgan.


• Mamlakatimizda yoshlar maʼnaviy tarbiyasida 
falsafiy, ijtimoiy, siyosiy va gumanitar fanlar 
ahamiyati beqiyos, shu sabab bu fanlar vakillari 
oʻzlarining oʻta masʼuliyatli vazifalarini bugungi kun 
talabi darajasida bajarishlari lozim boʻladi. Bu 
sohadagi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, 
adabiyotlarning hamda mutaxassislarning ham 
saviyasi yuqori boʻlishi talab etiladi.


• Xulosa qilib xurmatli Prezidentimiz nutqlari bilan 
yakunlamoqchiman.
• Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala –
bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan 
aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat 
bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq 
his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining 
talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham 
unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, 
degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga 
sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan 
erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya 
o'z nutqlaridan birida shunday so'zladilar Prezidentimiz.


Etiboringiz uchun rahmat 

Document Outline

  • Slide 1: MAVZU .AXLOQIY QADRIYATLAR UMUMMILLIY ASOSLARINING HOZIRGI ZAMON SIVILIZATSIYASIDA SHAXS AXLOQIY TARBIYASIGA TA'SIRI. TAYYORLADI FALSAFA YO'NALISHI 1 -KURS MAGISTRANTI ISAYEVA MAFTUNA MIRKOMIL QIZI
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11
  • Slide 12
  • Slide 13
  • Slide 14

Download 18.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling