Magistrantning ilmiy-tadqiqot ishlari. Magistrlik dissertatsiyasi strukturasi texnologiyasi


Ilmiy tadqiqot mavzusining turlari: (amaliyot, nazariya, aralash yo’nalishlar)


Download 24.37 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi24.37 Kb.
#1490415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Magistrantning ilmiy

Ilmiy tadqiqot mavzusining turlari: (amaliyot, nazariya, aralash yo’nalishlar)

- Amaliyotga bag’ishlangan mavzular ta`lim muassasalari faoliyatini tahlil etish, o’rganish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladi.

- Faqat nazariy masalalar ilmiy tadqiqotlar, asosan ilmiy-metodik adabiyotlar manbaidan foydalanib amalga oshiriladi.

- Aralash mavzudagi ilmiy izlanishlar amaliy va nazariy aspektlarini o’z ichiga qamrab oladi.

YUqorida keltirilgan fikrlarning tasdig’i uchun ayrim dissertatsiya mavzularini shakllantirish bo’yicha misollar keltiramiz.

Masalan, «Ta`lim jarayonida harakatli o’yinlardan foydalanish» (boshlang’ich sinflarning jismoniy tarbiya darslari misolida).

Bu ishda tadqiqotning ob`ekti boshlang’ich sinflarning jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlardan foydalanish jarayoni, predmeti etib: boshlang’ich sinflarning jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlardan foydalanish yo’llari, shakllari, mazmuni, metodlari va vositalari olingan.

Umuman olganda ilmiy tadqiqot mavzusi ma`lum mezonlarga mos kelishi kerak va ta`lim oldida turgan dolzarb muammolarning echimiga qaratilmog’i maqsadga muvofiqdir.

Misol uchun, boshlang’ich ta`lim bo’yicha magistrlik dissertatsiyalari uchun ayrim dolzarb mavzularni keltirib o’tamiz.

- Boshlang’ich sinf o’qituvchilari faoliyatiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishning shart-sharoitlari.

- O’quv predmetlarini o’qitish jarayonida o’quvchilarning huquqiy madaniyatini shakllantirish (boshlang’ich sinflar misolida).

- Boshlang’ich sinf o’quvchilarini matnlar ustida ishlash orqali erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirish.

- Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish.

- Badiiy kitoblar o’qish ko’nikmasini hosil qilish asosida o’quvchilarni tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirish.

- Innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali o’quvchilarni umumsavodxonligini oshirish (boshlang’ich sinflar misolida).

- Interfaol ta`limni o’quv jarayoniga tatbiq etish asosida o’quvchilarning ta`lim standartlarini o’zlashtirish omillari (boshlang’ich sinflar misolida).

- Boshlang’ich sinf o’quvchilarini bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishda darsdan tashqari ishlarni amalga oshirish omillari.

- O’quvchilarni ertaklar dunyosiga olib kirish orqali xotirada saqlash qobiliyatlarini o’stirish.

- O’quvchilarning so’z va matnlar ustida ishlash ko’nikmalarini hosil qilish orqali xotirada saqlash qobiliyatlarini o’stirish.

- O’quvchilarning so’z va matnlar ustida ishlash ko’nikmalarini hosil qilish orqali erkin fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish.

- O’quvchilarni erkin mavzuda mustaqil bayon yozish ko’nikmalarini shakllantirish orqali yozma va og’zaki nutqini o’stirish.

- Badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish orqali o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

- O’quvchilarni darslarga qiziqtirish va motivatsiya orqali o’quv-biluv mas`uliyatini oshirish.

- Boshlang’ich sinf o’qituvchilari orasida ijodiy muhitni rivojlantirishning shart-sharoitlari.

- Mustaqillik yillarida boshlang’ich ta`lim mazmunini takomillashtirish omillari.

- Boshlang’ich sinflarda o’quv jarayonini liberallashtirish.

- Boshlang’ich ta`limda o’quvchilarni mustaqil ta`lim olish ko’nikma va malakalarini hosil qilish shart-sharoitlari.

Umuman kafedrada boshlang’ich ta`lim oldida turgan dolzarb mavzular bo’yicha magistrlik dissertatsiyalari bankini yaratish, magistrlarni ilmiy-tadqiqot ishini istiqbolli yo’nalishiga va kelgusida fan nomzodlik tadqiqotlarini muvafaqqiyatli olib borishlariga zamin yaratiladi.




Download 24.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling