Magistratura bo’limi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/49
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254038
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Bog'liq
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari

Yoshga doir 

pensiya

 

 

Nogironlik 



pensiyasi 

 

Boquvchisini 

yo‘qotganlik 

pensiyasi

 

Davlat pensiyasining turlari 

 



 

26 


 

bо‘lgan  shaxslar  pul  ta’minotining  barcha  turlari  fuqaro  shaxslarning  ish  haqi 

singari bir xilda hisobga olinadi. 

    O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tasdiqlaydigan  rо‘yxatlarga 

muvofiq  fuqarolarning  ayrim  toifalari  imtiyozli  shartlarda  pensiya  olish 

huquqiga ega bо‘ladilar, Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan 

ishlab  chiqarishlar,  muassasalar,  ishlar,  kasblar  va  lavozimlarning  1-sonli 

rо‘yxati; umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish 

huquqini  beradigan  ishlab  chiqarishlar,  muassasalar,  ishlar,  kasblar,  lavozimlar 

va  kо‘rsatkichlarning  2-sonli  rо‘yxati;  umumiy  belgilangan  yoshni  5  yilga 

qisqartirilgan  holda  pensiya  olish  huquqini  beradigan  ishlab  chiqarishlar, 

muassasalar, 

ishlar, 

kasblar, 

vazifalar 

va 


kо‘rsatkichlarning 

3-sonli 


rо‘yxati.Imtiyozli  shartlarda  pensiya  olish  huquqiga  urush  nogironlari, 

bolalikdan  nogiron  farzandlarning  onalari,  liliputlar  va  pakanalar  ham  ega.  

Pensiya  miqdori  ish  stajining  muddatiga  bog‘liq  bо‘lib,  quyidagilardan  tarkib 

topadi: 


  pensiyaning tayanch miqdoridan; 

  ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan; 

  pensiyaga qо‘shiladigan ustama haqlardan. 

    O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  byudjetdan  tashqari 

Pensiya  jamg‘armasi  bо‘limlari  pensiyalar  tayinlash  masalalari  yuzasidan 

tushuntirish  va  ma’lumotlar  berishlari,  shuningdek  arizachiga  zarur  hujjatlarni 

olishida  kо‘maklashishlari  shart.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

huzuridagi  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi  bо‘limlari  korxonalar, 

tashkilotlar  va  ayrim  shaxslardan  tegishli hujjatlarni talab  qilish,  zarur  hollarda 

esa, ularning berilishi asosliligini tekshirish huquqiga ega 

     .Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisoblanishi uchun) 

hujjatlarni  о‘z  vaqtida  taqdim  etmaslik  yoki  ishonchsiz  ma’lumotlari  bо‘lgan 

hujjatlarni  taqdim  etish  oqibatida  pensionerga  etkazilgan  zarar  uchun  uning 

oldida  qonun  hujjatlarida  belgilanganidek  javobgar  bо‘ladilar.  Korxona  yoki 

pensioner  tomonidan  ma’lumotlari  ishonchsiz  hujjatlar  taqdim  etilganligi 



 

27 


 

oqibatida  davlatga  zarar  etkazilgan  taqdirda,  etkazilgan  zararning  о‘rni 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  byudjetdan  tashqari 

Pensiya  jamg‘armasiga  qoplanadi.  Bunda  korxona  tomonidan  etkazilgan 

zararning  о‘rni  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bо‘limidan tegishli xabarnoma olingan 

kundan e’tiboran qoplanadi. 

 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling