Magistratura bo’limi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/49
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#254038
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
Bog'liq
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari

YaIMning  qisqarishi 

ishsizlikning o’sishi 

Pensiya fondining  moliyaviy barqarorligini  

kuchayishi 

soliq tushumlarining qisqarishi 

pensiya    tizimini    isloh    qilishga    bo’lgan  

ehtiyojning ortishi 

ishlab chikarish sur’atlarining pasayishi 

 

Moliyaviy-



iqtisodiy 

inqirozning 

pensiya tizimiga 

ta’siri  


 

64 


 

mamlakatlar  pensiya  tizimida  о‘tkazilayotgan  islohotlarga  yordam  berish 

maqsadida  Londondagi  iqtisod  maktabida  Pol  Jonson  tomonidan  kompyuterda 

ushbu tizimni takomillashtirishning modeli yaratildi. Bu model Jahon bankining 

Iqtisodiy  rivojlantirish  institutini  konsultantlari  tomonidan  Qozog‘iston 

Respublikasida  sinab  kо‘rildi.  Taqdim  qilingan  model  yordamida  1995  yildan 

2075  yilgacha  yillik  prognozlar  qilindi,  ushbu  model  yordamida  har  xil 

parametrlar  va  kombinatsiyalar  bilan  kelgusi  davrlar  uchun  xulosalar  qilish 

imkoni yaratiladi. Mazkur model ikkilamchi pensiya fondlarini jalb qilish yо‘li 

bilan  pensiya  tizimini  fundamental  qayta  qurish  yо‘lini  kо‘rsatdi.  Modelda 

Jahon  banki  ma’lumotlari  asosidagi  aholi  tarkibi  о‘zgarmas  element  bо‘ladi. 

Pensionerlarning  umumiy  soni,  badal  tо‘lovchilarning  soni,  о‘rtacha  ish  haqi, 

о‘rtacha  pensiya  miqdori,  pensiyani  moliyalashtirish  uchun  kerak  bо‘ladigan 

majburiy ajratmalar stavkasi о‘zgaradi. Agar shu parametrlar har yilga kiritilsa, 

2075  yilgacha  bо‘lgan  davr  uchun  tahlil  natijalarini  olish  mumkin.Mazkur 

modelda xulosa sifatida har yilgi pensiya tizimini moliyalashtirish uchun kerak 

bо‘ladigan  badal  stavkalari,  pensionerlar  bilan  badal  tо‘lovchilar  о‘rtasidagi 

munosabat, har yilgi pensiyalarning boshlang‘ich yildagi pensiyaga nisbatan real 

qiymati,  har  yilgi  davlat,  xususiy  va  kombinatsiyalashgan  tizimdagi  о‘rtacha 

pensiya


 

miqdori,  badal  stavkalari  kabi  ma’lumotlar  aniqlanadi.  Jahon  banki 

mutaxassislarining  takliflari  asosida  pensiya  yoshini  asta-sekin  erkaklar  va 

ayollar uchun 65 yoshga kо‘tarish kо‘zda tutilgan.

 

Rivojlangan mamlakatlarda davlat pensiya ta’minoti tizimi bilan bir qatorda 



davlat  tasarrufida  bо‘lmagan  xususiy  pensiya  ta’minoti  ham  mavjud.  Uning 

zarurligi  quyidagi  ikki  asosiy  sabablardan  kelib  chiqadi.  Birinchidan,  bozor 

munosabatlari  va  demokratiya  fuqarolarga  kо‘proq  erkinlik  va  davlat 

tasarrufidan  mustaqil  bо‘lish  imkonini  berish  bilan  bir  qatorda,  ularga  о‘z 

hayotlarini  farovon  qilish,  jumladan,  ijtimoiy  jihatdan  ta’minlanish  borasida 

katta  mas’uliyat  yuklaydi.  Ikkinchidan,  har  bir  davlat  qanchalik  rivojlangan 

bо‘lishidan qat’iy nazar, moliyaviy imkoniyatlarining che-garasi mavjud. Davlat 

fuqarolarni,  ular  mehnat  qobiliyatlarini  yо‘qotgunlariga  qadar  bо‘lgan  ijtimoiy 




 

65 


 

himoyalanganlik  darajasida  ijtimoiy  ta’minlash  imkoniga  ega  emas.  Shuning 

uchun  har  bir  davlat  fuqarolarning  ijtimoiy  ta’minlanganlik  darajasini  о‘z 

imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  belgilaydi.  Amaldagi  pensiya  tizimi 

keskin  islohotlarni  jadal  davom  ettirish,  Pensiya  jamg‘armasi  balansida  yuzaga 

keladigan  taqchillikni  bartaraf  qilish  va  aksincha,  ijobiy  qoldiqqa  erishish 

imkoniyatlarini beradi.  


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling