Magistratura bo’limi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari
30
II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYUDJETINING IJTIMOIY MAQSAD XARAJATLARINING TAHLILI 1.Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlarining tarkibi O’zbekiston Respublikasida «...Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora- tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig‘i ta’lim, 14,5 foizdan kо‘prog‘i sog‘liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yо‘naltirildi. 2013-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini о‘rtacha 23 foizdan kam bо‘lmagan darajada oshirish, 2013-yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar kо‘paytirish vazifasi qо‘yilmoqda. 2013-yilda ham Davlat byudjetining ijtimoiy yо‘naltirilganligi saqlab qolinadi. Uning xarajatlar qismining 60 foizdan ortig‘i ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishga qaratilgan» 1 . Davlat maqsadli fondlarining daromadlarini bozor tamoyillari asosidagina emas, balki mazkur jamiyat uchun eng maqbul bо‘lgan ijtimoiy adolat tamoyillariga kо‘ra maqsadli qayta taqsimlash taqozo etiladi. Jamiyat manfaatlari yо‘lida ijtimoiy, madaniy faoliyatni amalga oshiradigan pensiya tayinlovchi tashkilotlar tarixan davlat tuzilmasining bir qismiga aylanib qolgan. Pensiya jamg‘armalaridagi fuqarolar va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning majburiy va ixtiyoriy jamg‘arma badallari ularni davlatning moliyaviy ishtiroki
1 Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz-keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so‘zi. 2013 yil. 19 yanvar.
31
asosida shakllanuvchi, muayyan jamg‘arma tashkil etgan aholi toifalariga tо‘lovlarni amalga oshirish va ijtimoiy himoyalash uchun mо‘ljallangan mustaqil pul jamg‘armalari sifatida ta’riflash imkonini beradi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling