Magistratura bo’limi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy himoya tizimi va unda pensiya tizimining rivojlanish yonalishlari
Yoshga doir
pensiya
pensiyasi Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi Davlat pensiyasining turlari
26
bо‘lgan shaxslar pul ta’minotining barcha turlari fuqaro shaxslarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan rо‘yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bо‘ladilar, Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli rо‘yxati; umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va kо‘rsatkichlarning 2-sonli rо‘yxati; umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va
kо‘rsatkichlarning 3-sonli
rо‘yxati.Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bо‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
pensiyaning tayanch miqdoridan; ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan; pensiyaga qо‘shiladigan ustama haqlardan. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bо‘limlari pensiyalar tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar berishlari, shuningdek arizachiga zarur hujjatlarni olishida kо‘maklashishlari shart. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bо‘limlari korxonalar, tashkilotlar va ayrim shaxslardan tegishli hujjatlarni talab qilish, zarur hollarda esa, ularning berilishi asosliligini tekshirish huquqiga ega .Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisoblanishi uchun) hujjatlarni о‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchsiz ma’lumotlari bо‘lgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga etkazilgan zarar uchun uning oldida qonun hujjatlarida belgilanganidek javobgar bо‘ladilar. Korxona yoki pensioner tomonidan ma’lumotlari ishonchsiz hujjatlar taqdim etilganligi
27
oqibatida davlatga zarar etkazilgan taqdirda, etkazilgan zararning о‘rni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qoplanadi. Bunda korxona tomonidan etkazilgan zararning о‘rni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bо‘limidan tegishli xabarnoma olingan kundan e’tiboran qoplanadi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling