Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi
-MAVZU BEVOSITA ISHTIROKCHILAR VA TRANSFORMATSIYA METODI
Download 295.08 Kb.
|
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.
16-MAVZU
BEVOSITA ISHTIROKCHILAR VA TRANSFORMATSIYA METODI Reja:
Bevosita ishtirokchilar metodi. Transformatsiya metodi. Tayanch so‘z va iboralar: bevosita ishtirokchilar metodi, konstruksiya, graduallik (darajalanish), simvol, indeks, L. Blumfild. transformatsion metod, an’anaviy, struktur, generativ (tug‘diruvchij lingvistika, empirizm, ratsionalizm, mentalizm va antimentalizm, yadro gap, transformatsiya qoidasi, hosila gap, operand, transformatsiya operatori. Deskriptiv lingvistika vakillari jumlani eng kichik ma’noli qismlariga ajratishda, ya’ni segmentlarga bolishda bevosita ishtirokchilar (BI) asosidagi tahlilga ham tayanadilar. Bu metodga ishora L.Blumfildning «Til» asarida uchrasa ham, uning aniq tamoyillari R.Uellz va Y.Naydalar tomonidan ishlab chiqildi. BI metodiga muvofiq, tayanch nuqta konstruksiya hisoblanadi. Konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar (BI) ajratiladi. Konstruksiya atamasi ostida ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik tushuniladi. Ishtirokchilar deb, kattaroq konstruksiya tarkibiga kirgan so‘z yoki konstruksiya (yoki morfema)ga aytiladi. Muayyan konstruksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir necha ishtirokchilarga bevosita ishtirokchilar deyiladi1. Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk saharolib ketdi gulning totini... (H.Olimjon) jumlasi konstruksiya hisoblanadi. Uning tarkibida ishtirok etgan barcha ma’noli so‘zlar ishtirokchilar, bevosita aloqaga kirishgan so‘zlar esa bevosita ishtirokchilar (BI) sanaladi. Shabboda so‘zi bilan totini so‘zi o‘rtasida ma’lum ma’noda bog‘lanish (biri gapning boshlovchisi, ikkinchisi gapning yakunlovchisi) bolsa ham, lekin ular o‘rtasida bevosita aloqa mavjud emas. Aksincha, gulning so‘zi totini so‘zi bilan ilk sahar so‘zi olib ketdi so‘zi bilan, shabboda qurg‘ur so‘zi olib ketdi so‘zi bilan o‘zaro zich bog‘langandir. BI metodi asosidagi fonologik tahlil Ch.Xokketning «Fonologiya boyicha qo‘llanma» (1955-yil) asarida aniq namoyon bo‘ldi. Fonologik sathda ham BI asosidagi tahlil uchun zarur bo‘lgan pog‘onali (iyerarxik) munosabat ko‘zga tashlanadi. Ch.Xokket fonologik tahlilning asosiy nuqtasi deb jumlani bo‘g‘inlarga ajratishni biladi. Har bir bo‘g‘in strukturasida uch element mavjudligi ko‘rsatiladi: bo‘g‘in boshlanishi, bo‘g‘in cho‘qqisi va bo‘g‘in oxiri. Bu elementlar BI asosida tahlil etiladi. Masalan, o‘zbek tilidagi tol so‘zining bo‘g‘in boshlanishidagi tovushi birinchi BI sifatida ajratiladi. Qolgan bo‘g‘inning cho‘qqisi va bo‘g‘in oxiri qismlari ikkinchi BI sifatida o‘zaro birlashtiriladi. Ya’ni t-o-l sxemasini oladi. Bolinishning ikkinchi bosqichida bo‘g‘inning cho‘qqisi va bo‘g‘in oxiri qismlari bir- biridan ajratiladi. Til elementlarining ketma-ketligi va ular o‘rtasidagi munosabatni o‘rganishga qaratilgan BI metodi struktur tilshunoslikning dastlabki davrlarida ancha muvaffaqiyatga erishgan va tilshunoslarning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etgan bo‘lsa ham, lekin keyinchalik lingvistik tahlilning obyektiv va aniq bolmog‘i uchun, unda bir qator ojiz tomonlar mavjud ekanligi malum bolib qoldi. S.K.Shaumyanning fikricha, bu metodning eng ojiz tomoni shundaki, BI metodi lingvistik tadqiqotlarda invariantlilik muammosini hal qilishda yetarli kuchga ega emas. Quyidagi gaplarni qiyoslaymiz: O‘quvchi kitob o‘qiyapti. Kitobni o‘quvchi o‘qiyapti? Kim kitob o‘qiyapti? Har qanday kishi birinchi gapning darak, ikkinchi va uchinchi gapning so‘roq gaplar ekanligini yaxshi biladi. Lekin BI metodi bu gaplarni farqlashning formal olchovlarini bermaydi. Agar formal olchov sifatida so‘z tartibini oladigan bolsak, birinchi va uchinchi gaplarni bir guruhga kiritishimiz kerak bo‘ladi. Agar ohang asosida chegaralaydigan bolsak, ikkinchi gapdagi so‘roq ohangi uchinchi gapda boshqacha. Shunday qilib, yuqoridagi metod bilan zidlanuvchi darak va so‘roq gaplar asosida yotgan invariantni belgilash qiyin. Yoki rus tilidagi quyidagi gaplar tashqi strukturasiga ko‘ra bir paradigmani tashkil etadi. Ularning hammasi qaratqich-qaralmish munosabatini ifodalaydi.
Download 295.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling