Singli - singlisi, manbayi - manbasi singari so‘zlardagi -i va -si erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘ladi va shuning uchun ular bir morfemaning turli variantlari hisoblanadi.
Yuqorida bayon qilinganlardan shu narsa ayon boladiki, distributsiya tahlili asosan segmentlarning shakliy qur- shoviga, distributsiyaga tayanadi. Shuningdek, distributiv tahlilda tayanch tushuncha bo‘lgan distributsiyaning o‘zi aniq izohini topmaydi.
Savollar:
Falsafiy va mantiqiy metod haqida gapiring.
Tavsifiy metod nima?
Qiyosiy-tarixiy metodning mazmun mohiyati nimada?
Distributsiya modellari nima?
Adabiyotlar:
Нурмонов А. Лингвистик тадқиқ методологияси, методикаси ва методлари. –Т. 2010.
Бушуй Т., Сафаров Ш. Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси. – Тошкент, 2007.
Расулов Р. Умумий тилшунослик. -Т., 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |